20-mavzu. Xalqaro moliya institutlari, ularning maqsadi va funksiyalari
Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi. Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo infratuzilmalarni investisiyalash banki, Xalqaro moliya korporasiyasi va ularning maqsadi va funksiyalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: muammoli ta’lim, aqliy hujum.
Adabiyotlar: A2; A3; A6; Q1; Q5; Internet saytlari.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi. “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi, keyslar mazmuni o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Ko‘rgazmali materiallar va axborot multimedia qurilmalari yordamida o‘tkaziladi.
V. Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
- ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzular bo’yicha axborot (referat, taqdimot) tayyorlash;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanning bo’lim yoki mavzulari ustida ishlash;
- talabalarning o’quv-ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanning bo’lim va mavzularini chuqur o’rganish;
- keys-stadiylar va o’quv loyihalarini mustaqil bajara olish;
- faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlarini o’zlashtirish;
- ilmiy maqola, tezislar, turli ilmiy anjumanlarga ma’ruza tayyorlash va h.k.
Mustaqil ishni tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatma va tavsiyalar, keys-stadi, vaziyatli masalalar to’plami ishlab chiqiladi. Unda talabalarga asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha amaliy topshiriq, keys-stadilar yechish uslubi va mustaqil ishlash uchun vazifalar belgilanadi.
Mustaqil ta’lim ishlarini talabalar quyidagicha rasmiylashtirishlari va ularni o’qituvchiga topshirishlari mumkin:
1.Og‘zaki shaklda.
2. Referat shaklida (A4 formatli qog‘azda yoki umumiy daftarda).
3.Kompiyuterda bajarilgan referatning internet axborot resurslaridan foydalanilgan holda izlab topilgan materiallarini elektron versiyasi.
4.Talabaning mustaqil ta’lim bo’yicha o’zlashtirish darajasi suhbat o’tkazish yoki test sinovi orqali aniqlanadi va reyting tizimida baholanadi.
5. Prezentatsiya shaklida.
4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |