II. O’QUV FANINING MAQSADI VA VAZIFASI
Fanning maqsadi – talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo’yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.
Fanning vazifasi - pulning kelib chiqishi va zarurligi, pulning mohiyati va pul muomalasi qonunlari, pul aylanmasi va pul tizimi, kreditning mohiyati va prinsiplari, kreditning shakllari va turlari, bank tizimi va uning tarkibi, tijorat banklari operasiyalari, nobank moliya kredit institutlari faoliyati, xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi nazariy va amaliy bilimlarni o’rganishlari hamda o’zlashtirishlari, bilim, ko’nikma va malakasiga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:
pul, kredit va banklar kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning evolyusiyasi;
pul nazariyalarining mohiyati, asoschilari va namoyondalari;
pul aylanmasi tushunchasining mohiyati;
pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari;
pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari;
inflyasiya va uning yuzaga kelish sabablari;
kredit tushunchasi va uning zarurligi;
kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shartsharoitlari;
banklarning dastlabki operasiyalari;
Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi;
tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari;
tijorat banklari aktiv va passiv operasiyalari;
nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi;
kredit tizimi va uning tarkibi;
valyuta munosabatlari asoslari;
xalqaro moliya institutlari faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;
pul, kredit va banklarning shakllari va turlarini;
pul nazariyalarining o’ziga xos xususiyatlarini;
naqd va naqdsiz pul aylanmasini;
pul agregatlari va ularning tarkibini;
pul tizimining elementlari va uning rivojlanishini;
inflyasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini;
kredit qonuniyatlari va munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini;
kreditning turlari, shakllari va funksiyalarini;
banklarning turlari va bank tizimining elementlarini; - Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi va funksiyalarini;
tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi va funksiyalarini;
tijorat banklari aktiv va passiv operasiyalarining tarkibini;
nobank kredit tashkilotlari resurs bazasining shakllanishi va aktiv operasiyalarini;
kredit tizimining elementlari va turlarini;
milliy valyuta tizimi va uning elementlarini;
xalqaro moliya institutlarining rivojlanishini bilishi va ulardan foydalana olishi;
pul, kredit va banklarning funksiyalari va ularning o’zaro aloqadorligiga baho berish;
zamonaviy pul nazariyalari ahamiyatini anglash;
pul aylanmasini tashkil etish;
pullarga bo’lgan talab va taklifni aniqlash hamda pul islohotlarini amalga oshirish;
pul muomalasini barqarorlashtirish;
kredit shakllaridan foydalanish;
kredit tizimining barqarorligini ta’minlash;
O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tartibga solish;
tijorat banklari aktiv operasiyalarining riskliligi va
daromadliligini baholash;
valyuta munosabatlarini barqarorlashtirish; xalqaro moliya institutlari faoliyatini tartibga solish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |