TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI IQTISODIYOT FAKULTETI
RAQAMLI IQTISODIYOT YO’NALISHI
22-GURUH TALABASI BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM MAVZUSI
BOSHQARUV USLUBLARI VA LIDERLIK
NAZARIYASI
BAJARDI_______________________RO’ZIMURODOV AVAZBEK
TEKSHIRDI________________________ORIPOV ZARIFBOY
BOSHQARUV USLUBLARI VA LIDERLIK
NAZARIYASI
REJA:
Kirish
1. Boshqaruv nazariyasi asaschilari
2. Boshqaruv psixologiyasida boshqarish muammosi, rahbarlik..
3. Liderlikka oid nazariyalar. Liderlik uslublari haqida tushuncha 4.Boshqaruvning avtoritar, demokratik va liberal usullari
KIRISH
Malumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsim lash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o ‘z ta ’sirini o‘tkazadi. Mustaqilligimizni qo’lga kiritmasimizdan oldin iqtisodiyotda mamuriy-buyruqbozlikka ham da markaziy rcjalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega bo’lgan markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanishiga to‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o’zini oqlamaganligi tarixdan malum.
0‘zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narxnavo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o ‘tishi tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqaruv tizim ini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o ‘zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot tarm oqlari va sohalarini boshqarish borasida ulam ing xususiyatiga mos keladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllarvujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor m unosabatlari sharoitida butun jam iyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o ‘rganishda, iqtisodiyotning butun tarm oqlarida, boshqaruvni am alga oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda «Boshqaruv nazariyasi» fani muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblatiib, uning tashkil etilishi, samaradorligi k o ‘p jihatdan rahbar egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa uning muhim xislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu fanning maqsadi, vazifalari ham shularni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o’rni madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.
Boshqaruvning mohiyati, maqsad va vazifalari Boshqaruv tushunchasi tor ma’noda biror-bir tashkilot maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur bo'lgan rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda keltirishi, samara berishi, faoliyat yo'nalishini to‘g‘ri tanlay bilish, qarorlar qabul qila olishga hamda uning boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayonning borishiga bog‘liq bo‘ladi.
Boshqaruv nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir jamiyat, davlatni o ‘z tanlagan yo‘li maqsad va intilishlariga yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexanizmga aylantirishda muhim tasir etuvchi kuch hisoblanadi.
Boshqaruvni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini hisobga olgan holda o ‘rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab chiqarish munosabatlari bilan bo’liq bo’lib, boshqaruv maqsadlarini belgilaydi.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ularni ijtimoiy himoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni ta ’m inlash va aholining kam ta ’m inlangan qatlamlarini qo'llab-quw atlashdan iboratdir.
Boshqaruvning mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy m unosabatlar darajasi,ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarningmurakkablashuvi bilan kengayib bo rad i. Boshqaruv ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |