66
8-mavzu: Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarish
Darsning maqsadi:
Talabalarga Mehnat jamoalari xodimlarini boshqarishga
oid koʻnikmalar berish. Kichik biznesni boshqarish va tashkiliy jihatlari bilan
tanishtirish.
Amaliy mashgʻulot rejasi:
8.1. Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari.
8.2. Taʼsir oʻtkazish va hukmronlik.
8.3. Nizolarni boshqarish.
8.4. Xodimlarni boshqarish.
8.5. Kichik biznesni boshqarish va tashkiliy jihatlari.
Darsga oid jihozlar
: Markerlar, flamaster, slaydlar, kerakli adabiyotlar,
tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi
: Tashkiliy daqiqa, guruhlarda ishlash, bahs-munozara, dars
yakuni.
Amaliy mashgʻulotga kirish.
Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar
birlashmasi tushuniladi. Ular bir birlari bilan shunday oʻzaro hamkorlik qiladilarki, har biri boshqa
shaxsga taʼsir koʻrsatadi va bir vaqtda uning taʼsiri ostida boʻladi. Mehnat jamoalari ishlab
chiqarish, savdo va boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti amalga oshiralayotgan
vaqtda rahbarlikni yaratadilar. Bu birlashma tashkiliy yagonalikka ega va umumiy maqsadlar bilan
birlashgan. Boshqaruv yagona irodaga asoslanishi kerak, bu mulk egasi tomonidan tayinlangan
yoki saylangan rahbarni mavjudligi bilan taʼminlanadi.
Rasmiy tuzilma - bu odamlar tashkilotning asosiy vazifalariga nisbatan bajaradigan rollari
va vazifalarning tizimidir. Bu tuzilmani rivojlanishida tashkilotlarga berilgan hokimiyat,
vakolatlarning roli juda kattadir. Quyidagilar uning asosiy elementlaridir:
• mehnat taqsimoti (gorizontal ixtisoslashish tizimi);
• lavozimlarning vertikal boʻyicha subordinatsiyasi;
• kommunikatsiyalar tizimi;
Hukmronlik - bu boshqa odamlar hulqiga taʼsir koʻrsatish imkoniyatidir. Hukmronlik yakka
shaxsga, guruhga va umuman tashkilotga tegishli boʻlishi mumkin. Tashkiliy jarayonni
hukmronlik sifatida belgilash quyidagilarni koʻzda tutadi:
• hukmronlik - bu uning foydalanuvchisida mavjud boʻlgan salohiyatdir, yaʼni u nafaqat
qoʻllanayotgan vaqtda mavjud boʻladi;
• hukmronlikda kim foydalanishi va u kimga nisbatan qoʻllanishining oʻrtasida oʻzaro
bogʻliqlik mavjud;
• hukmronlik qoʻllanilanayotgan shaxs harakatlarning baʼzi bir erkinligiga egadir.
Menejer tomonidan nizoli vaziyatlarni hal qilishda tashkilotning qadriyatli moʻljallari (hulq
meʼyorlari)ga oʻzgarishlarni tashkiliy kiritish yoʻli boʻyicha borish; har xil manfaatlarni hisobga
olish mexanizmlarini ishlab chiqish; qarashlardagi yagonalikni ishlab chiqish uchun tadbirlar
kiritish (guruhlar bilan muzokaralar olib borish, ishontirish usulidan foydalanish, maslahatlar
oʻtkazish, rozi boʻlish) tavsiya etiladi.
Xodimlarni boshqarish - bu jamoa va alohida xodimlarga ulardan muvofiq foydalanish,
ularni faoliyat yuritishi va rivojlanishi boʻyicha maqsadga qaratilgan, tashkilot maqsadlariga
erishishga yoʻnaltirilgan taʼsir koʻrsatishdir.
Xodimlarning tashkilot ichidagi safarbarligini ishning unumdorligi va sifatini oʻsishining
zarur sharti boʻlgan xodimlar tarkibining maʼlum barqarorligi bilan birlashtirish kerak.
Xodimlarning joyini oʻzgartish jarayonini ularning yoshiga muvofiq sekinlashtirish kerak.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |