MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
Ma'lumki har qanday faoliyat turi mеnеjmеnt asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko`zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdеk, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag`batlantirish chora tadbirlari bishqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bir tomondan, moddiy resurslar (xom ashyo, asbob-uskunalar va hokazolar)dan va ikkinchi tomondan, inson resurslaridan, ya’ni kasb-malakalari va bilimlariga ega bo’lgan xodimlardan iborat bo’ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, mamlakat aholisining bir qismi bo’lgan inson resurslari moddiy resurslar bilan bir qatorda iqtisodiy rivojlanish omili sifatida ham namoyon bo’ladi. Biroq bu omillar o’z xususiyatlariga qarab bir-biridan muhim belgilari bilan farqlanadi.
Inson resurslari – bular odamlardan, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Odamlar o’zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan unchalik bir emaslar. Bunda ularning jinsi, yoshi, sog’lig’i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi.
Mehnat sohasida odamlarning muhim ehtiyojlari ham ro’yobga chiqavermaydi. Shuning uchun ham mehnatdan samarali foydalanish uchun insonning shaxs sifatidagi talablarini esda tutish muhimdir. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishishuni taqozo qiladiki, murakkab xo’jalik mexanizmini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun amalga oshirilgan hamma sohada inson va iqtisodiyot manfaatlariga rioya qilish lozim. Shuning uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish degan g’oya tabora ko’proq qaror topayotgani bejiz emas. Bu g’oya mohiyati va mazmunida asosiy e’tibor insonga qaratiladi. Bu tabiiydir, chunki odamlarning ehtiyojlari tabora tezroq ortib boradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda bilimlarning, jamiyat aqliy potensialining roli orta boshladi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyati turlaridan shaxsga doir sifatlar, xodimning qobiliyatlari ko’proq tanlana boshlaydi va ular yanada chuqurlashib boradi. Masalan, yaxshi jarrox bo’lish uchun birgina tibbiyot bo’yicha mutaxassislik diplomining o’zi kifoya qilmaydi. Bunda mazkur mutaxassis bajaradigan vazifalarga mos keladigan insoniy sifatlar eng ko’proq zarur bo’ladi1.
Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan islohiy o’zgarishlar davrida hamma narsani inson ehtiyojlari va taqdiri bilan muvofiqlashtirish muhimdir.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi faqat iqtisodiyotga va insonga umumiy jihatdan ta’sir etib qolmasdan, uning ta’siri ostidagi nazariy tushunchalar ham mazmunan o’zgarib bormoqda. Masalan, “mehnat resurslari”, “ishchi kuchi” kabi iqtisodiy tushuncha va kategoryalarning ham ijtimoiy-iqtisodiy ma’nosi bir muncha o’zgarib bormoqda. Bu tushunchalar faqat ilmiy adabiyotlarda emas, balki kundalik amalyotlarimizda ham keng foydalaniladi. Ularga beriladigan har xil talqinlar ko’p xollarda ilmiy-amaliy faoliyatlarining xarakteriga ta’sir etib qolmaydi.
“Mehnat resurslari atamasi” sho’rolar xokimyatining dastlabki yillarida paydo bo’lgan va undan mamlakat inson resurslarini boshqarish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun iqtisodiyotni markazlashgan usulda boshqarish muhtida keng foydalanilgan. Mehnat xuquqlariga binoan xar bir mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qishi qonun yo’li bilan mustahkamlangan sharoitda uzursiz sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy ta’qib qilingan va ozodlikdan mahrum etib jazolanish mumkin bo’lgan. Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy moddiy va moliyaviy resurslari bilan bir qatorda qat’iy statistik hisobga olinishi iqtisodiyotni markazlashgan usulida rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Ushbu kurs ishini yozish mobaynida biz bir qancha adabiyotlarni o’rganib chiqamiz va ulardan ayrimlariga qisqacha sharh berib o’tamiz.
1. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 01.07.2011
Mehnat kodeksi 16 bob 294-moddadan iborat. Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i Kenges qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
2. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 17.04.2018. PF-5418-son
Mamlakatda qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo’jaliklari uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
4. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017.
Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan:
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
5. Dadaboyev T., Mirzaabdullayeva G. O’zbekiston qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida olib borilgan islohot natijalari//Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. -№ 1, 2018 1/2018 (№ 00033) www.iqtisodiyot.uz
Qishloq xo’jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada ushbu sohaning mamlakatda oshitrilayotgan islohotlar natijasida erishilgan natijalar tahlili va uni rivojlantirish bo’yicha taklif hamda tavsiyalar bayon etilgan.
6. Q.X. Abdurahmanov, X.X. Abdurahmanov “Mehnat resurslarini boshqarish”, o‘quv qo‘llanma - Toshkent: Ilm Ziyo, 2014
Mehnat resurslarining takror barpo bo'lishi aholining ish bilan bandligi va ishsizligi, mehnat bozorini tartibga solish va boshqarish, mehnat resurslari balansini tuzish uslubiyoti, korxonalarda xodimiarni boshqarish strategivasi va taktikasining mohiyati, mazmuni va xususiyatlari yuqori malakali kadrlarni shakllantirish va xodimiarni boshqarishning mezonlari, o‘lchovlari va ko'rsatkichlari xodimlarni professional tanlash, o'qitish, malakasini oshirish va lavozimlarga biriktirish va ko‘tarish masalalari, xodimiarni ishga qabul qilish va undan bo'shatish hamda xodimiarni boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslari, mehnat resurslarini boshqarish bo'yicha ish yuritish asoslari va zaruriy hujjatlarni to‘gri va tez rasmiylashtirish, xodimiarni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni oshirish yo‘llari yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |