Injener-texnik xodimlar va boshqaruv xodimlari
|
82
|
Hozirgi kunda “FOTON” AJ da faoliyat ko‘rsatuvchi jami xodimlar soni 521 kishini tashkil etadi. Shulardan ma’muriy-boshqaruv sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarning umumiy soni 44 kishi (8,5%) ni, ishlab chiqarish xodimlarining umumiy soni bo‘lsa, 395 ta (75,8%) ga tengdir. Injener-texnik xodimlar va boshqaruv xodimlarining soni 82 kishi (15,7%) ni tashkil etadi. O‘z navbatida ishlab chiqarish xodimlari tarkibi asosiy ishlab chiqarish xodimlari va yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga bo‘linib, asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lganlar, asosan, yarim o‘tkazgichlar, televizorlar, tekshiruv-kassa mashinalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda ishtirok etishib, ularning soni 389 nafar kishini, ya’ni umumiy ishlab chiqarish xodimlariga nisbati 98,5 foizga tengdir. Yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lganlarning soni umumiy ishlab chiqarishda band
bo‘lganlarning 1,5 foizini, ya’ni 6 kishini tashkil etadi.
jadval
“FOTON” AJ ning ish haqi umumiy fondi (ming so‘m)22
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
Jami
|
2019 y.
|
2020 y.
|
2021 y.
|
2021 yilda
2019 yilga nisbatan %
|
1.
|
Ishlab chiqarish
xodimlari
|
11.139.068
|
2.747.414
|
4.017.495
|
4.374.159
|
159,2
|
2.
|
Shu jumladan
|
|
|
|
|
|
3.
|
mutaxassislar
|
1.959.604
|
519.412
|
631.689
|
808.503
|
155,7
|
4.
|
Shundan:
|
|
|
|
|
|
5.
|
Ishlab chiqarish bo‘limlarining
rahbarlari
|
157380
|
39.986
|
52.159
|
65.235
|
163,1
|
6.
|
Asosiy ishchilar
|
8.581.619
|
2.115.706
|
3.161.640
|
3.304.273
|
156,2
|
7.
|
Yordamchi ishchilar
|
440.465
|
72.310
|
172.007
|
196.148
|
271,3
|
8.
|
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lmagan xodimlar
|
189.205
|
62.456
|
84.741
|
42.008
|
67,3
|
|
Jami
|
11.328.273
|
2.809.870
|
4.102.236
|
4.416.167
|
157,2
|
Korxonaning ish haqi umumiy fondi bo‘yicha keltirilgan jadval ma’lumotlaridan shuni ko‘rishimiz mumkinki, ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi umumiy fondi so‘nggi uch yil mobaynida 11 139 068 ming so‘mga teng bo‘lgan. Shulardan mutaxassislarga ajratilgan pul mablag‘lari 1 959 604 ming so‘m, ishlab chiqarish bo‘limlarining rahbarlariga 157 380 ming so‘m, asosiy ishchilarga 8 581 619 ming, yordamchi ishchilarga 440 465 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘langan. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xodimlarga 189 205 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari to‘lanishi bilan ishlab chiqarish xodimlariga to‘langan pul mablag‘lari summasi 2019-2021 yillardagi korxona ish haqi umumiy fondi umumiy hisobda 11 328 273 ming so‘mga tengdir. Tahlil natijasida shuni ko‘rishimiz mumkinki, 2021 yilda 2019 yilga nisbatan ishlab chiqarish xodimlariga to‘langan ish haqi 59,2% ga o‘sgan. Shulardan, mutaxassislarning umumiy ish haqi fondi 55,7% ga, ishlab chiqarish bo‘limlari
rahbarlarining ish haqi fondi 63,1% ga, asosiy ishchilarda 56,2 % va yordamchi ishchilarda bo‘lsa, 171,3% ga oshgan. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan xodimlar ish haqining umumiy fondi 32,7% ga pasayganini ko‘rishimiz mumkin. 2019 yilda korxonaning ish haqi umumiy fondi 2 809 870 ming, 2021
yilda bo‘lsa, 4 416 167 ming so‘mga teng bo‘lganligidan kelib chiqib 2021 yilda 2019 yilga nisbatan foiz o‘zgarishi 57,2% ga teng bo‘lishini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |