Tuzuvchi: «_______________ » ass: Vafoxojayeva D.
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
«Buxgalteriya hisobi, moliya, soliq va statistika”
kafedrasi mudiri: «______________ » Dots. M.Xolmurzaev
"Statistika"fanidan 2-kurs, 3-semstr yakuniy nazorat
8-Bilet
1.Statistik jadval qanday unsurlardan tashkil topgan ?
Ega xarakteriga qarab statistic jadvallar:
Oddiy
Guruhiy
Aralash jadvallarga bo’linadi
Oddiy jadvalar deyilganda, egasi faqat hodisalar, yillar (oylar) ob`yektlar ro’yxatidan tashkil topgan jadvallar tushiniladi. Bu yerda ega hech qanday ishlov bermasdan, to’g’ridan-to’g’ri boshlang’ich kuzatish materiallaridan olinadi.
Jadval egasi biron-bir belgi bo’yicha guruhlarga ajratilgan bo’lsa, bunday jadvallar guruhlash jadvallari deyiladi. Agar muhim belgi bo’yicha guruhlangan jadval egasi yana guruhchalarga ajratilsa yoki jadval kesimi ham guruhlngan ko’rinishda bo’lsa, u holda bunday jadvallar aralash jadvallar deb yuritiladi.
2. Statistik jadvallarni tuzishda qanday qoidalarga rioya qilish kerak ?
Jadval tuzishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab bo’lsa, u holda uni bitta emas, balki bir-biri bilan bog’langan ikki-uchta jadval yordamida ifodalash kerak.
Jadvalning umumiy nomi, ega va kesimi aniq, qisqa va tushunarli tilde ifodalanishi lozim.
Ko’rsatkichlarning o’lchov birliklari qaysi joyga va vaqtga(davrga) taalluqli ekanligi aniq ko’rsatilishi lozim.
Ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tartibida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
Agar jadval egasi va kesimini guruhchalarga bo’lish lozim bo’lsa, u holda egadagi guruhchalarni “a”, “b”, “v” va hokozolar bilan kesimdagi guruhchalarni esa raqamlar bilan belgilash maqsadga muvofiq.
Shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim. Agar ma`lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (…) qo’yiladi yoki “ma`lumot yo’q” deb yoziladi. Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi, hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka (x) qo’yiladi. O’rganilayotgan yil ma`lumoti bo’lmsa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo’yib , qaysi yilga taalluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
Ma`lumotlarning hammsi bir xil aniqlikka xisoblangan bo’lishi kerak (0.1; 0.01; 0.001 va hokozo)
Jadval hamma tomondan yakunlangan ko’rinishda bo’lishi ya`ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy jadval bo’yicha yakunlar chiqarilgan bo’lishi kerak.
3. Masala. Oraliq qatorlarda o`rtacha ish haqqini hisoblang
O’rtacha ish haqqi bo’yicha ishhilar guruhlari (so’m)+x
|
Ishhilar soni, f
|
Guruhlar bo’yicha ish haqqi
|
O’rtacha oraliqlarning ishchilar soniga ko`paytmasi
( f)
|
200 so’mgacha
200-220
220-240
240 undan yuqori
∑
|
20
30
40
10
∑f=100
|
|
∑ f=?
|
Bu yerda shuni qayd qilish kerakki, oraliq kattaligi qanchalk kichik bo’lsa, o’rtacha shuncha aniq bo’ladi. Teng miqdorli oraliq asosida hisoblangan o’rtacha teng bolmagan oraliq asosida hisoblangan o’rtachaga nisbatan aniqdor bo’ladi, chunki teng oraliqli qatorlar darajasi guruhiy o’rtachalarga yaqinroq.
4. Masala. Bitta smenada har bir ishchi tomonidan ishlab chiqarilgan “A” mahsulot miqdorlari quydagilar bilan tavsiflanadi:
IshchilarningRaqamlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
Bittasmenadaishlabchiqarilganmahsulot(dona)
|
16
|
17
|
18
|
17
|
16
|
17
|
18
|
20
|
10
|
18
|
O’rtalashtirilayotgan belgi miqdorlari (xillari) bir yoki teng marta takrorlangan paytda oddiy arifmetik o’rtacha qo’llniladi. Uni aniqlash uchun dastlab o’rtalashtirilayotgan alohida miqdorlar yig’indisi aniqlanadi, so’ngra olingan natija ularning soniga bo’linadi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
Progressivva regressive o’rtachalarqandayhisoblanadi ?
Izoh: Kafedraning 2020 yil ____ ______________ yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan (____– sonli bayonnoma)
Do'stlaringiz bilan baham: |