Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


-chizma. Selektiv va intensiv taqsimlash



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

6-chizma. Selektiv va intensiv taqsimlash 
Ulgurji savdo idoralari ko‘pincha tovarlarning o‘ziga ega bo‘lmaganligi 
sababli tovarlar bilan fizik operatsiyalarni amalga oshirmaydilar. Ularning asosiy 
vazifasi iste’molchi bilan aloqa o‘rnatish, mol yetkazib berish, buyurtmalar 
to‘plash, ularni tarqatish, firma omborlaridan tovarlarni tranzit yetkazib berishni 
tashkil etishdan iborat. 
3. Vakil, tovar brokerlari, dallollar va boshqa vositachilar tovarga egalik 
qilish huquqiga ega bo‘lmaganliklari sababli ularning qadrsizlanishi, buzilishi bilan 
bog‘liq bo‘lgan zararlarni ko‘rmaydilar. 
Broker
- savdo vositachilarining faol turi sanaladi. Ular sotuvchi va 
xaridorlar bilan uzoq muddatli shartnoma munosabatlariga kirmaydilar, vositachi 
rolini o‘ynagan holda vaqtincha oldi - sotdida qatnashadilar. Ularning asosiy 
vazifasi sotuvchi va xaridorlarni uchrashtirish va savdo aloqalarini o‘rnatish. 
Mavjud taxminlar asosida xaridorlar talabiga mos keladigan ma’lumotlarni taklif 
qilish brokerlar faoliyatining so‘nggi jarayoni hisoblanadi. Broker ixtisoslashgan 
bozorni to‘liq biladi, ko‘plab ishbilarmonlar bilan aloqaga kirishadi, alohida 
vazifalarni bajaradi. Shartnoma tugatilgandan so‘ng, unga yollangan tomon 
vositachi haqini beradi. 
Ulgurji savdo qiluvchi vakil mol yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli 
aloqalar o‘rnatadi va ishlab chiqaruvchi firmalarning savdo gumashtalariga (agent) 
mos vazifalarni bajaradi. 
Ular operatsiyalarni kafillikka olib, shaxs nomi va hisobidan savdo - sotiq 
yo‘li bilan o‘z ulushlarini ajratib oladilar, shuningdek raqobatlashmay, tovarlar 
chiqaradilar. Bir necha ishlab chiqaruvchi firmalarga xizmat qilishlari mumkin. 
Jug‘rofiy nuqtai nazardan, ular unchalik katta bo‘lmagan hududda yoki bir necha 
viloyatlarda xizmat ko‘rsatilishlari mumkin. Yirik firmalar mazkur tumandagi 
savdo - sotiq imkoniyati past bo‘lgan paytda ulgurji savdo qiluvchi vakillar 
xizmatidan foydalanadilar. O‘rta va kichik sanoat firmalari esa bunday turdagi 
vositachilarga mazkur hududda ularning savdosi hajmi yetarli darajada yuqori 
emas va shaxsiy savdo vakiliga ega bo‘lishdan manfaatdor bo‘lmaganida 
murojaat qiladi. O‘rta sanoat korxonalari endi vakilga hududda barcha 
mahsulotlarni sotish huquqini beradilar. Bunday hollarda vakillar muzokaralar olib 
borilayotgan paytda ba’zi huquqlarga ega bo‘ladilar. Ishlab chiqarish vositalari 
bozorining ulgurji savdo qiluvchi vakillari, asosan, elektrotovar, asbob - uskuna 
va mashinalar bilan savdo qiladilar. 
Tarmoq haqi va uning mahsulotlari to‘g‘risida mufassal bilimlarga ega 
bo‘lganliklari sababli, ulgurji savdo qiluvchi vakillar yuqori natijalarga erishadilar. 
Ularning mehnatlariga vositachi haqi, asosan, haq to‘lanishi ular ko‘rsatadigan 
xizmatlar ishlab chiqaruvchi firmalar uchun foydali hisoblanadi. Ulgurji savdo 
qiluvchi vakilning asosiy vazifasi - savdo-sotiqni vaqtida ta’minlash, manfaatdor 


47 
tomonlarga talab va taklif to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berish. Vaqtning o‘zi esa 
tovarning so‘nggi qiymati o‘rnatilishiga ta’sir qilmaydi. Yuqorida qayd etib 
o‘tilganlardan ko‘rinib turibdiki, ularning vazifalari ko‘p jihatdan brokerlar 
vazifalari bilan o‘xshash ekan. Farqi shundaki, vakil brokerdan farqli ravishda o‘z 
mijozlari bilan aloqalar o‘rnatadi, ishlab chiqarish vositalari bozorida ish olib 
boradi va ba’zilari jamlash vazifasini ham o‘z zimmasiga olib, mol yetkazib 
berilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari ulgurji savdo qiluvchi vakillar asosan 
iste’molchilar bilan o‘rnatilgan aloqalar natijasida mahsulotlarning yangi turlarini 
(juda tez) sotadilar. Yangi tovarlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatadigan 
xizmatlari uchun vositachilar yuqori darajada dallollik haqi oladilar. (Savdo 
hajmining 10 - 15 %). 
Vakillarda, odatda realizatsiya qilinishi zarur bo‘lgan tovarlar mavjud 
bo‘ladi, ular tovarlarni o‘z nomlaridan, lekin tovar egasining hisobidan sotadilar. 
Vakillar nazoratda, qabul qilish omborlariga egadirlar, tovarlarni saqlash va sotish 
ham ularning ixtiyoridadir. O‘z javobgarliklari ostida xaridorlarga kredit beradilar, 
bozor haqidagi ma’lumotlar, tovarlarni tashishda yordam ko‘rsatish, xomashyo 
sifati ustidan nazorat singari qo‘shimcha xizmatlarni taklif qiladilar. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish