Quyidagi omillar ta’siri oqibatida asosiy auditorni tayinlash zarurati tug’iladi: - asosiy auditor tomonidan tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga kiritilgan bo’linma moliyaviy axborotining hajmi;
- asosiy auditorning bo’linma faoliyatiga oid bilim darajasi;
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmalari moliyaviy axborotini jiddiy buzib ko’rsatishlar xatari.
- Asosiy auditor boshqa auditor ishining natijalaridan foydalanishni rejalashtirayotganda, boshqa auditorning tekshirilayotgan sohadagi kasbiy bilimdonligini baholashi kerak. Buning uchun asosiy auditor:
- taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra boshqa auditor tanlovini o’tkazishi;
- boshqa auditor auditorning malaka sertifikatiga ega ekanligiga ishonch hosil
- qilishi;
- bo’linma faoliyati haqidagi bilimini baholash maqsadida boshqa auditor bilan suhbat o’tkazishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |