Ekspert asosan quyidagi ishlarni bajarish uchun taklif qilinishi kerak: - 1) mulklarning ayrim turlarini baholash (er, binolar, mashina va uskunalar, san’at asarlari, zargarlik buyumlari, qimmatbaxo toshlar va b.);
- 2) mol-mulklar miqdori va sifatini aniqlash (konlardagi qazilma boyliklar zaxiralari, mashina va uskunalarning xizmat muddatlari va b.);
- 3) maxsus usullar va amallar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish (aktuar baholash va b.)
- 4) bajarilmagan shartnomalar bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan, bajarilgan ishlar va xizmatlarning hajmini o’lchash. Bu realizatsiya qilinganligini tan olish uchun zarur;
- 5) ta’sis shartnomalari, me’yoriy hujjatlar va xo’jalik shartnomalarini yuridik baxolash va interpretatsiyalash (talqin qilish).
Do'stlaringiz bilan baham: |