”Buyuk ipak yo’li”ning xalqlar iqtisodiyotiga ta’siri - O’rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog’lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
- Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo’lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo’lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog’u toshlardan , qum cho’llardan olib o’tish osonmidi, buning uchun ma’lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko’rish kerak bo’ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo’lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan.
Forobiyning mulkchilik to’grisida qarashlari - Abu Nasr Forobiy mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’g’risidagi ilg’or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar uchun zarar keltiradigan boylik to’plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o’tadi.
A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari - O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri.
- Farobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi.
Hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklanishi - Hozir ham Markaziy Osiyoni Evropa va Osiyo bilan bog’lab turuvchi avtomobil va temir yo’llarning asosiy qismi davlatimiz hududidan o’tadi. Hozirgi paytda jadal sur’atlar bilan Toshkent-Andijon-O’sh-Irkeshtom-Qashqar yo’li qurilmoqda. Bu yo’lning asosiy qismi O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. Ana shu yo’l Evropa va Osiyoning eng katta shaharlarini, ya’ni Parij va Shanxayni bir-biri bilan bog’laydi. Qadimdan davlatlar o’rtasida yo’llar har jihatdan qulay joylarda o’rnatilgan. “Buyuk ipak yo’li” ham qumli cho’llar, baland tog’lar, bepoyon dashtlar orqali o’tib, shaharlar va qishloqlarni birlashtirgan. Hozirgi serqatnov katta avtomobil yo’llarining ko’pchiligi “Ipak yo’li”ga to’g’ri keladi. 1998 yil sentyabr oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Evropa –Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini (TRASEKA) rivojlantirish bo’yicha xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Una 32 davlatning rahbari, 10dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |