Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mahmudov e. X. Isoqov m. Yu. Biznes rejalashtirish
Бизнес режалаштириш фанидан Маъруза матни 32460bfc47028e120062a44c7eb4f791
Har qanday mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish shaklini olgandan keyin bir qator tavsiflarga ega bo’ladi: sifat, xususiyatlar tarkibi, nomlanishi, tashqi jixozlanishi, qadoqlanishi va boshqalari. Ularni biznes-rejada mufassal bayon etish lozim bo’ladi. Tovar uni iste’molchi tomonidan qabul qilish nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi zarur. Bu maqsadda tovar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi: Ehtiyojlami tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat: tovar nomi; tovaming vazifalari, foydaliligi; tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foydalilik, ikkinchi darajali qo’llash sohalari (masalan, chang yutgichdan xonalarni bo’yashda foydalanish imkoniyati); tovarning o’ziga xosligini ta’minlovchi omillar. Sifat ko’rsatkichlari Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko’rsatkichlari bevosita bog’liq bo’ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko’rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig’indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar orqali o’lchanishi zarur. Iqtisodiy ko’rsatkichlar Iqtisodiy ko’rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim: iste’mol bahosi; bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda. Iste’mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat boTadi: sotish bahosi (narxi); transport xarajatlari; o’matish xarajatlari; xodimlarni o ’qitish xarajatlari; ekspluatatsiya xarajatlari; texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash xarajatlari; soliqlar; sug’urta badallari va hokazo. Tovarning tashqi bezalishi Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning funktsiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi va boshqalarni ko’rsatish lozim. Yangi tovarni tavsiflash Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor yangiligi» talablariga javob berishi ko’rsatiladi. Bu atama bilan belgilanuvchi tovarlar quyidagi xislatlarga ega boTadi: iste’molchilar uchun eng yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochib beradi (pioner tovar); oddiy, ma’lum bo’lgan ehtiyojni bir pog’ona yuqoriga ko’taradi (oq-qora televizor o’miga rangli televizor); iste’molchilarning kengroq doirasiga ma’lum darajada ehtiyojni qondirishga imkon beradi. Boshqa tovarlar bilan sotishtirish Tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqishda bozorda mavjud bo’lgan tovarlar va korxona taklif qilayotgan tovar xususiyatlari o’rtasidagi farqlar ko’rsatiladi. Yangi yoki mavjud tovarning raqobatchilar tovarlaridan farqi aniq ko’rsatilishi lozim. Agar korxona taklif qilayotgan tovarning o’ziga xos xususiyatlari bo’lmasa, u bozordagi boshqa tovarlardan ajralib turmasa, bu belgilab qo’yilishi hamda biznes- rejada xaridorlarni nima hisobiga jalb qilishni mo’ljallanayotganligi ko’rsatilishi lozim. Bu xislatlar yoki xaridor uchun qo’shimcha foydalar biznes-rejaning marketingga bag’ishlangan bo’limida batafsil ko’rsatib o’tiladi. Patent huquqlari Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to’sqinlik qilishi mumkin boTgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi, patentlar tavsiflanadi: foydali modellar; tovar belgilari; tovarning kelib chiqish joyi nomlanishi. Ushbu obyektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko’rsatiladi. Eksport ko’rsatkichlari va uning imkoniyatlari Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo’lsa, eksportni tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini ko’rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo’yicha ichki bozorga mo’ljallangan mahsulotni chet ellik iste’molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlari ko’rsatiladi. Mahsulotni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari Ushbu bo’limda iste’molchilar so’rovlarini ko’proq qondirish maqsadida mahsulotni modernizatsiyalashning asosiy g’oyalari, yo’nalishlari va imkoniyatlari keltiriladi. Mahsulotni baholash usullari Tovar murakkab tushuncha bo’lib, bir qator xususiyatlar yig’indisini qamrab oladi. Ulardan asosiysi iste’molchilik sifatlari, ya’ni tovarning o’z egasi ehtiyojlarini qondira olishi hisoblanadi. Tovarning ko’pchilik tomonidan qabul qilingan ta’rifi - «sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuli» to’g’ri bo’lsada, tovarni pulga ayirboshlashdagi rolini emas, undan foydalanish imkoniyatlarining ahamiyatini ko’rsatish muhim: tovar bu - ma’lum bir ehtiyojni qondirish vositasidir. Tovarning boshqa yana bir ta’rifiga ko’ra - bu buyumning foydali xususiyatlari yig’indisidir. Shu sababli u iste’molchilar ehtiyojlarini moddiy qondirish uchun zarur bo’lgan barcha tarkibiy elementlarni avtomatik ravishda qamrab oladi. Tovarning iste’mol qiymati tovarning o’zi va unga qo’shimcha xizmatlar bilan bog’liq xususiyatlar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Korxonaning barqaror muvaffaqiyati uchun doimiy mijozlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish zarurligi sababli raqobatli bozorda tovar narxi, o’rovi (qadoqlanishi), dizayni, ergonomik xususiyatlari va unga tegishli hujjatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga avtomobil, traktor yoki stanok dizaynining ajoyibligi uni bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan himoya qila olmaydi. Tovarlarni tadqiq etishning pirovard maqsadi bozordagi tovarlar sifati va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarining xaridorlar so’rov va talablariga mos kelishi, shuningdek ularning raqobatbardoshligini tahlil qilish hisoblanadi. Tovarlarni tadqiq etish iste’molchi nimaga ega bo’lmoqchiligi, u mahsulotning qaysi iste’mol ko’rsatkichlarini (dizayn, ishonchlilik, narx, ergonomika, servis, funktsionallik) ko’proq qadrlashi haqidagi ma’lumotlarni olishga imkon beradi. Shu bilan birga reklama kampaniyasi uchun eng omadli dalillarni olish, to’g’ri keluvchi savdo vositachilarini tanlash ham mumkin. Tadqiqot obyektlari - o’xshash tovarlar va raqobatchi tovarlarning iste’mol xususiyatlari, iste’molchilarning yangi tovarlarga reaktsiyasi, tovar assortimenti, o’rovi, servis darajasi, iste’molchilarning istiqboldagi talablari hisoblanadi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos ravishda o’z tovar assortimentini ishlab chiqish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, tovar hayotiylik davrining bosqichlaridan kelib chiqqan holda faoliyat yo’nalishlarini tanlash, g’oyani izlab topish va yangi tovarlarni ishlab chiqish, tovar markalanishini takomillashtirish, firma stilini ishlab chiqish, patentlarni himoya qilish usullarini aniqlashga imkon beradi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tovar yoki mahsulotni to’g’ri ko’rsata bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda tovarning taxminiy narxi va uni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan xarajatlar miqdorini ko’rsatish tavsiya qilinadi. Ularga ko’ra har bir tovar birligi keltirishi mumkin bo’lgan foyda hajmini aniqlash mumkin. Tovarning asosiy xislatlarini, uning dizayni va o’rovining afzalliklarini aniq tavsiflash katta ahamiyatga ega. Bularning barchasi tashqi va ichki bozorda sotish uchun mo’ljallangan tovarlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar tovar xaridorlar talablarini qondira olmasa uni sotish uchun hech qanday hatti-harakatlar ko’ngildagidek tijorat natijalarini bermaydi. Ishlab chiqarilayotgan tovarning bozor talablariga mos kelmasligi hozirgi kun sharoitlarida katta moliyaviy yo’qotishlarga olib kelishi mumkin. Tovarning «sotiluvchanligi»ni baholashning eng samarali usuli tanlangan bozorlarda sinov tariqasida sotish hisoblanadi. Bu birinchi navbatda shaxsiy iste’mol tovarlariga taalluqlidir. Bozor sinovlarini tashkil qilishning qiyinligi va qimmatligi sababli ishlab chiqarish yo’nalishidagi tovarlarni sinov tariqasida sotish kamdan-kam amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish yo’nalishidagi tovarlar, ayniqsa, mashinalar, asMavzu-uskuna va qurilmalarni iste’molchilarga bepul asosda sinash uchun etkazib berish tavsiya qilinadi. Bunday sinov natijalari korxonaga mahsulot raqobatbardoshligini oshirish uning texnik darajasi va sifatini eng yuqori bozor talablariga etkazishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni beradi. Sinov natijasida olingan ma’lumotlar tovarni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashdan avval unga zarur o’zgartirishlar kiritish va uni muayyan bozorlarga moslashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Sinov tariqasidagi sotuvlar to’liq muvaffaqiyatsizlikka uchraganda tovar umuman ishlab chiqarishdan olib tashlanadi. Bo’limda mahsulot servisini tashkil qilish ham tavsiflanishi lozim (agar mahsulot texnik mahsulot bo’lsa). E’tiborni tovarning kamdan-kam uchraydigan xislatlariga qaratish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi bozorni maksimal qondirish, o’ziga xos iste’mol xususiyalariga ko’proq e’tibor qaratgan ma’qul. Bu yo’nalishda birinchi qadam o’z tovarini to’liq va yaxshi bilish, uning kutilayotgan xaridor uchun keltirishi mumkin bo’lgan foydalaridan xabardor bo’lish hisoblanadi. Tashqi bozor uchun mo’ljallangan tovarlarni tanlashda ichki bozorda sotuv natijalarini baholash katta foyda beradi. Tashqi bozor uchun mo’ljallanuvchi tovarlar narx, estetika va funktsiyalar nuqtai nazaridan o’ziga xos baholashni talab qilishini yoddan chiqarmaslik zarur. Javob topish lozim bo’lgan savollar quyidagilardan iborat: raqobatchilar mahsulotlarini baholash bo’yicha: raqobatchi mahsulotlarning funktsional va iste’mol xususiyatlarini tavsiflash; raqobatchilarda bahoni shakllantirish tamoyillari; raqobatchilar tomonidan qo’llanuvchi sotuvni rag’batlantirish usullari; tadqiqot va loyihalar davomida: rejalashtirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va ularning maqsadlarini bayon qilish; raqobatdosh firmalaming texnologik holati; mahsulotning kelgusidagi yangi avlodlarini rivojlantirish kontseptsiyasini bayon qilish. Tovarning kuchli va zaif tomonlarini jadval ko’rinishda aks ettirish mumkin (7.2-jadval).
Tovarning kuchli va zaif tomonlari
Download 1,46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |