Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mahmudov e. X. Isoqov m. Yu. Biznes rejalashtirish



Download 1,46 Mb.
bet33/34
Sana31.12.2021
Hajmi1,46 Mb.
#235921
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
Бизнес режалаштириш фанидан Маъруза матни 32460bfc47028e120062a44c7eb4f791

Korxona missiyasi (korxona falsafasi) - xo'jalik subyektining qisqacha ta'rifi, un­ing maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me 'yorlari va mintaqa, jamiyat- ning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o 'rni aniqlanadi.

Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo'jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo 'yicha, vako- latli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi. Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko'rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste'molchilar talabiga faol ta 'sir ko 'rsatishni o 'rganish asosida boshqarish tizimi.

Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko 'zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari - mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg'i va energiya,

asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.

Mahsulot rentabelligi - mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarx­iga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko ’rsatkichi.

Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo ’lmagan, mahsulotning xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asMavzu-uskunalar bilan ta ’minlangan maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi.

Mahsulot sifati - masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui.

Mahsulot sifatini boshqarish -mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni iste ’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta ’minlash va qo ’llab-quvvatlash

maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.

Mahsulot sifatini boshqarish tizimi - sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan

resurslar, _ jarayonlar va_ javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.

Mahsulotning material sig’imi - xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig’imini ka­maytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko’paytirish, mahsulot tannarxini ka­maytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratadi.

Mahsulotning mehnat sig’imi-mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.

Mahsulotning texnik darajasi - baholanayotgan mahsulotning texnik takomil- lashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi. Mahsulotning hayotiylik davri - mahsulot hayotining beshta bosqichinining al- mashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorn- ing to’yinishi va ma ’naviy eskirish.

Mehnat unumdorligi -insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xo- dim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.


Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish