Mahsulot-pleysment deganda tovarni siljitish va joylashtirishning shunday shakli tushuniladiki unga ko’ra mediadasturlarda (kino, video va televizion dastur-
larda) mahsulotni yoki xizmatni reklama qilish bilan mahsulotni bozordagi holatini yaxshilashni birgalikda olib boriladi.
Brendingni ma’lum bir tovarning alohida brend-imidjini yaratish va iste’molchi ongiga singdirish bo’yicha reklama beruvchining, savdo tashkilotlarining hamda reklama agentligining birgalikdagi ijodiy ishi sifatida tushunish mumkin.
Xozirda tovarlar raqobati brendlar raqobati darajasiga ko’tarilganini mutax- asislar e’tirof etilmoqda.
Brend - bu xaridorning raqobatchi mahsulotlardan farq qiluvchi ma’lum bir tovar markasi haqidagi tasavvurlari. Masalan, ''Mersedes bents'' engil avtomobillarning dunyo bozoridagi kuchli brendlaridan biri.
Marketing byudjeti.
Biznes-rejaning ushbu moddasida marketingga oxirgi uch yilda qilingan xa- rajatlar va rejalashtirilayotgan davrdagi xarajatlar keltiriladi.
Xozirgi davrgacha byudjetni shakllantirishning yagona uslubiyati ishlab chi- qilmagan bo’lib, har bir korxona marketing bo’yicha xarajatlar moddalarini aniqlashda o’z yondoshuvidan foydalanadi va qanday axborotlarni unda aks ettirishni o’zi belgilaydi.
Marketing byudjetini hisoblashda quyidagi uslublardan foydalanishi mumkin.
«imkoniyatlarga ko’ra» moliyalashtirish uslubi - marketing va iste’molchilardan ko’ra ishlab chiqarishga ustivorlik beruvchi korxonalar tomonidan qo’llanadi. «Qancha mablag’ ajratish imkoniyatiga egasiz» tamoyiliga asoslanadi;
qat’iy foizlar uslubi - marketinga ajratiladigan mablag’lar sotish xajmining o’tgan davrlardagi, joriy yoki kelgusi miqdoriga nisbatan ulushlarda ajratiladi;
v) «raqobatchiga mo’ljallangan» uslub - marketingga xarajatlar darajasi bozorda resurslari va ulushiga ko’ra o’ziga yaqin turgan raqobatchining xarajatlariga ko’ra belgilanadi;
g) maksimal xarajatlar uslubi - «iloji boricha ko’proq xarajatlar marketingga» tamoyiliga asoslanadi;
d) maqsad va vazifalarga asoslangan uslub - korxonada qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun marketing tadbirlarini olib borish xarajatlari kalkulyatsiyasiga asoslanadi.
Byudjetning hajmi aniqlangandan so’ng bajariladigan tadbirlar bo’yicha taqsimlanadi.
Qisqa xulosalar
Biznes-reja tuzilmasida marketing rejasi korxonaning mahsulot sotuv bozorlarini va raqobatchilarini baholash hamda marketing strategiyasini asoslab berishi mo’ljallangan.
Marketing rejasi doirasida bozor sig’imi haqidagi, bozorning to’yinganligi va sig’imining o’zgarishi haqidagi ma’lumotlar shakllantiriladi, bozorni segmentlashtirish usullari aniqlanadi, sotuv hajmi va raqobatchilar hatti-harakatlari bashorat qilinadi, tovarni tarqatishning printsipial sxemalari, bahoni shakllantirish usullari ishlab chiqiladi. Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o’z ichiga quyidagi vositalarni oladi: reklama, sotuvni rag’batlantirish, shaxsan sotish, jamoatchilik bilan ishlash, to’g’ridan-to’g’ri marketing, sponsoring, mahsulot-
Muhokama va nazorat savollari
Marketing majmui qanday va u qay tariqa muvaffaqiyatga olib keladi?
Barcha bozor segmentlari bo’yicha marketing strategiyasi qanday amalga oshiriladi?
Korxonaning marketing strategiyasida qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlar.
Taqsimlash kanallarini tanlashni belgilab beruvchi omillar (geografik joylashuv, bojxona cheklovlari, mavsumiy sharoitlar va hokazo).
Marketing rejasining bo’limlarini izohlab bering.
Tovar belgilari va «firma stili»dan foydalanish nimani anglatadi.
Korxonaning baho taktikasi.
Korxonada reklama turlari.
Korxonaning marketing faoliyati sxemasini tushuntirib bering.
Marketing kommunikatsiyalari kompleksi o’z ichiga qanday vositalarni
oladi?
Asosiy adabiyotlar ro’yxati
Ыzbekiston respublikasining «Maщsulot belgilari va xizmat kыrsatish belgilari tы\risida»gi +onuni (1998 va 2001 yilda ыzgartishlar kiritilgan). Ыzbekiston Respublikasining YAngi =onunlari, 25-son T.: «Adolat», 2004.
Ыzbekiston respublikasining «Mualliflik щu=u=i va turdosh щu=u=lar tы\risida»gi +onuni (1998 va 2001 yilda ыzgartishlar kiritilgan). Ыzbekiston Respublikasining YAngi =onunlari, 25-son T.: «Ado- lat», 2004.
«Bozor isloщotlarini chu=urlashtirish va i=tisodiyotni yanada erkinlashtirish soщasidagi ustuvor yыnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari tы\risida»gi Ыzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni // Щal= sыzi. - 2005. - 15 iyun.
I.Karimov «Ыzbekiston i=tisodiy isloщotlarni chu=urlashtirish yыlida». T., «Uzbekiston», 1995.
Maxmudov E.X., Isakov M.YU. Biznes planirovaniye. Uchebnoe posobiye.
T.: Izdatelstvo Literaturnogo fonda Soyuza pisateley Uzbekistana, 2004.
Maxmudov E.X., Isakov M.YU., Najimadinov R.D. Biznes - reja- lashtirish. Ma’ruzalar matni. - T.: TDIU, 2005.
«Ыz Ishingizni yarating yoki tadbirkor nimalarni bilishi lo- zim» - Toshkent shaщri, YUNIDO, «Biznes maslaщat markazi» loyiщasi, 2003.
Brink I.YU., Saveleva N.A. Biznes-plan predpriyatiya. Teoriya i praktika / Seriya «Uchebniki i uchebnыe posobiya» - Rostov n/D. «Feniks», 2003. -384 s.
Goremыkin V.A., Nesterova N.V. Entsiklopediya biznes - planov: Metodika razrabotki. 75 realnыx obraztsov biznes - planov. - M.: «Os-89», 2003. - 1104s.
Maxmudov E.X., Isakov M.YU. Marketing as an instrument of the enterprise’s commercial success // Business partner. - 2005. - 24 February
Maxmudov E.X., Isakov M.YU. Marketing - instrument kommercheskogo uspexa predpriyatiya // Delovoy partner Uzbekistan. - 2004. - 30 dekabr.
Biznes plan: Zdes Vы mojete posmotret boleye 100 biznes- planov besplatno. [Elektronnыy dokument]. - (www.alti.ru/bizplanavto.html).
Biznes planirovaniye. Podrobnoe rukovodstvo po sostavleniyu, sozdaniyu i vnedreniyu. [Elektronnыy dokument]. - (plan-business.ru).
Biznes-planirovaniye. V. Galenko, G. Samarina, O. Straxova. Belarus. Minsk. [Elektronnыy dokument]. - (oz.by/books/more108961.html).
Marketingovыe issledovaniya rыnkov, biznes-planirovaniye, razrabotka biznes-planov. [Elektronnыy dokument]. - (www.rbmarketing.ru).
Biznes-planirovaniye i biznes-plan v Ukraine i Germanii : yevrokonsalting [Elektronnыy dokument]. - (www.ek-ua.com/business-plan-pro.htm).
Goroxov M. YU., Maleyev V. V. Biznes-planirovaniye i investitsionnыy analiz., Filimonova N. N. Biznes-planirovaniye. [Elektronnыy dokument]. - (eup.ru/Documents/2002-10-05/F73E.asp).
Izdatelstvo Dialektika - Katalog knig - Temы - Biznes- planirovaniye. Russian computer and economic books, kompyuternыe knigi i knigi po ekonomike na russkom yazыke. [Elektronnыy dokument]. - (www .dialektika. com/ cgi-bin/list.cgi?id=12346).
MAVZU. ISHLAB CHIQARISH REJASI
Ishlab chiqarish rejasi tarkibi va ko’rsatkichlar tizimi
Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi bo’limi quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin19:
ishlab chiqarish texnologiyasi;
ishlab chiqarish kooperatsiyasi;
ishlab chiqarish jarayoni nazorati;
atrof muhit muhofazasi tizimi;
ishlab chiqarish dasturi;
ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;
ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.
xarajatlar bashorati
Noishlab chiqarish firmalari uchun uzoq muddatli aktivlar va aylanma mablag’larga bo’lgan talab va harajatlar bashorati «Moliyaviy reja» bo’limida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish rejasining tarkibini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish mumkin.
9.1-rasm. Ishlab chiqarishni rejalashtirish
Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ushbu bo’limning muhim tashkil etuvchilari- dan biri ishlab chiqarish jarayonini bayon etish, ta’riflashdir. Unda ishlab chiqarish shakli (donalab, seriyalab, ommaviy), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish tsi- kli (davri) tuzilmasi aks ettiriladi. Texnologik jarayon chizmasini hamda yuk oqimi chizmasini keltirish mumkin. Mavjud texnologiyani quyidagi yo’nalishlar bo’yicha baxolanadi:
texnologiyaning zamonaviy talablarga mos kelishi:
ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashganligi darajasi:
ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligi, qayta sozlashga sarfla- nadigan vaqtni qisqartirish:
mahsulot chiqarishni tezda qisqartirish yoki ko’paytirish imkoniyatlari.
Biznes-rejada ko’zda tutilgan texnologiyani takomillashtirish va rivojlantirish-
ning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Biznes-rejada texnologiyadagi taklif etilayotgan o’zgarishlar natijasida mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot bahosidagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish kerak.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan bo’lsa, buni biznes-rejada alohida qayd etish lozim. Kooperatsiya to’g’risidagi qarorning asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlarining minimumlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. Hamkorlarni tanlashda ularning ishonchliligi, ishlab chiqarish, moliyaviy, xodimlar bo’yicha imkoniyatlari, nufuzi hisobga olinadi.
Biznes-rejada subpudratchi-firmalarning nomi, joylashgan joyi va manzilgohi, ular tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish. Korxonada foydalaniladigan mahsulot (xizmat) sifatini boshqarish tizimi ko’rib chiqiladi. Mahsulot sifatini nazorat qilishning uslublari va vositalari, tarkibi bayon qilinadi. Mahsulot tayyorlash, xizmat ko’rsatish sifatini tartibiga soluvchi me’yoriy-texnik xujjatlar ko’rsatilishi mumkin. Bundan tashqari tannarxga kiruvchi materiallar, mehnat va boshqa elementlar bo’yicha xarajatlarni nazorat qilish uslublari ko’rsatilishi ham mumkin.
Atrof muxitni himoya qilish tizimi. Biznes-rejada atmosfera, suv resurslari kabilarga ta’sirni baholash keltiriladi. Chiqindilarni qayta ishlash, yo’q qilish bo’yicha tadbirlar xarajatlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturi bozorni o’rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv hajmini bashorat qilishdan so’ng ishlab chiqiladi. Gap shundaki, loyihalarning aksari qismi uchun korxona ish boshlagan dastlabki yildayoq muvaffaqiyatga erishishi real vazifa emas. Ishlab chiqarish faoliyati boshlangan zahoti belgilangan quvvat bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga bo’lgan engil va oziq-ovqat sanoati uchun ham birinchi yilda ishlab chiqarish hajmi korxona quvvatlari yo’l qo’yishi mumkin bo’lgandan kamroq miqdorda rejalashtiriladi. Biroq bu doimiy qoidaga aylanib qolmasligi kerak.
Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish xajmi va uning oxirgi uch yildagi o’zgarishlari to’g’risidagi hamda bu ko’rsatkichlarning kelgusi 3-5 yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko’rsatkichlari yalpi mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi.
Tayyor (tovar) mahsulot hajmi ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, har bir mahsulot turi uchun belgilangan narxlar bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:
a b n
Do'stlaringiz bilan baham: |