Uzoq muddatli bahoni belgilash. Iste’molchilarda ma’lum bir mahsulot to’g’risida va uning belgilangan bahosi to’g’risida tasavvurlar paydo bo’lishi uchun baho o’zgarmasdan qoladi hamda bozor o’zgarishlariga berilmaydi. Bunday barqaror baholarni shunday mahsulotlarga qo’yish kerakki, ularga bo’lgan talab ham barqaror o’zgarmas bo’lsin.
O'zgaruvchan (qayishqoq) baholarni belgilash. Mahsulot bahosi bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga ko’ra belgilanadi. Baholar bir kunning ichida ham bir necha marta o’zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |