Korxona missiyasi (korxona falsafasi) - xo'jalik subyektining qisqacha ta'rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me 'yorlari va mintaqa, jamiyat- ning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o 'rni aniqlanadi.
Litsenziya - qonunda belgilangan muayyan xo'jalik operatsiyalari, jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operatsiyalarini amalga oshirish bo 'yicha, vako- latli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga beruvchi maxsus ruxsatnomasi. Marketing - korxonalarning mahsulot ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish yoki xizmat ko'rsatishga oid faoliyatini, bozorni va iste'molchilar talabiga faol ta 'sir ko 'rsatishni o 'rganish asosida boshqarish tizimi.
Mahsulot attestatsiyasi - mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko 'zda tutuvchi, tashkiliy- texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar majmuasi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari - mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xom ashyo va materiallar, yoqilg'i va energiya,
asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.
Mahsulot rentabelligi - mahsulot sotishdan olingan foydaning mahsulot tannarxiga nisbati (foizlarda) sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko ’rsatkichi.
Mahsulot sertifikati - mahsulot sifatini baholash va nazorat qilishning xalqaro normalarini qabul qilish va amalga oshirish jarayoni; mahsulot ishlab chiqaruvchilarga qaram bo ’lmagan, mahsulotning xalqaro standart normalariga mos kelishini nazorat qilish uchun kerakli asMavzu-uskunalar bilan ta ’minlangan maxsus markazlarni yaratish bilan amalga oshiriladi.
Mahsulot sifati - masulotning inson va jamiyatning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish qobiliyatlarini belgilovchi foydali xislatlari majmui.
Mahsulot sifatini boshqarish -mahsulotni yaratish va undan foydalanish yoki uni iste ’mol qilishda zarur sifat darajasini belgilash, ta ’minlash va qo ’llab-quvvatlash
maqsadida amalga oshiriluvchi xatti-harakatlar.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi - sifatni boshqarish uchun zarur bo’lgan
resurslar, _ jarayonlar va_ javobgarlikni aniq taqsimlovchi tashkiliy tuzilma.
Mahsulotning material sig’imi - xom ashyo, materiallar va boshqa moddiy resurslarning mahsulot birligiga sarflanuvchi xarajatlari. Material sig’imini kamaytirish tayyor mahsulot va materiallarni ko’paytirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va xom ashyo tarmoqlarini rivojlantirishga sarflanuvchi xarajatlarni kamaytirishga imkon yaratadi.
Mahsulotning mehnat sig’imi-mehnat unumdorligi ko’rsatkichlariga teskari bo’lgan kattalik. Moddiy ishlab chiqarish sohasida sarflangan mehnatning ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mahsulotning texnik darajasi - baholanayotgan mahsulotning texnik takomil- lashganligini belgilovchi, uning bazis ko’rsatkichlariga mos keluvchi ko’rsatkichlarni taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifnomasi. Mahsulotning hayotiylik davri - mahsulot hayotining beshta bosqichinining al- mashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorn- ing to’yinishi va ma ’naviy eskirish.
Mehnat unumdorligi -insonlar ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligi; xo- dim moddiy ishlab chiqarish sohasida ish vaqti birligida ishlab chiqargan mahsulotlar miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bilan o’lchanadi. Mehnatning ijtimoiy unumdorligi ishlab chiqarilgan milliy daromadning moddiy ishlab chiqarish taromqlarida band bo’lgan har bir xodimga nisbatan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |