Pulning hozirgi qiymati kelajakda kelib tushadigan pul mablag’larining belgilangan foiz stavkasini («diskont stavkasi») hisobga olgan holda hozirgi davrga keltirilgan miqdorini ifodalaydi. Pulning hozirgi qiymatini aniqlash bu qiymatning diskontllashuvi bilan bog’liq bo’lib, pul mablag’larining belgilangan yakuniy hajmida o’sishiga teskari operatsiyani ifodalaydi. Bu holda foiz (diskont) miqdori pul mablag’larining yakuniy miqdoridan (kelajakdagi qiymatdan) chiqarib tashlanadi.
Bunday holat ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng oldindan belgilangan summani olish uchun bugungi kunda qancha mablag’ investitsiya qilish kerakligini aniqlash zarur bo’lgan hollarda vujudga keladi.
Pul mablag’larini investitsiyalash bilan bog’liq moliyaviy-iqtisodiy hisob- kitoblarni amalga oshirishda qiymatning o’sish va diskontlashuv jarayonlari oddiy hamda murakkab foizlar bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Oddiy foizlar odatda qisqa muddatli investitsiyalashda, murakkab foizlar esa uzoq muddatli investitsiyalashda qo’llaniladi.
Oddiy foiz deb pul mablag’larini investitsiyalash shartlari bilan belgilangan to’lov davri (chorak, oy va hokazo) yakunida qo’yilmaning boshlang’ich (hozirgi) qiymatiga hisoblanuvchi summani anglatadi.
Qo’yilmaning o’sish jarayonida oddiy foiz summasini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
J = P x n x i,
bu erda
J - investitsiyalashning belgilangan davri uchun foiz summasi;
R - boshlang’ich qo’yilma (investitsiya) summasi;
n - investitsiyalash muddati (har bir foiz to’lovi amalga oshiriluvchi davrlar
soni);
i - foiz stavkasi (o’nli kasr bilan ifodalanadi).
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra bir yil uchun oddiy foiz stavkasini aniqlash kerak bo’lsin: boshlang’ich qo’yilma miqdori -1000 so’m; har chorak to’lanuvchi foiz stavkasi - 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz.
J = 1000 x 4 x 0,2 = 800 so'm.
Bu holda qo’yilmaning kelajakdagi qiymati (S) hisoblangan foiz summasini inobatga olgan holda quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
S = P + J = P ( l + ni).
Bizning misolda qo’yilmaning kelajakdagi qiymati 1800 so’mga teng bo’ladi (1000Q800).
(1+ni) ko’paytiruvchi oddiy foizlarni o’stirish koeffitsienti deb ataladi. Uning qiymati doimo birdan katta bo’lishi lozim.
Pul mablag’larining diskontlash jarayonida oddiy foiz summasini (ya’ni diskont summasini) hisoblashda quyidagi formula qo’llanadi:
Murakkab foiz deb, investitsiyalash natijasida har bir davr bo’yicha hisoblangan foiz summasi har safar to’lanmasdan, asosiy qo’yilma miqdoriga qo’shib borilgan hamda keyingi to’lov paytida o’zi ham foyda keltirgan hollarda shakllanuvchi daromad summasiga aytiladi.
Uning miqdorini hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ss=Px(l+i)n
Mos ravishda foiz summasi (Jc) bu holatda quyidagi formula bo’yicha topiladi:
Js= Ss - P
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra qo’yilmaning kelajakdagi qiymati va murakkab foiz summasini hisoblash zarur: qo’yilmaning boshlang’ich qiymati -1000 so’m. Foiz stavkasi har chorak uchun 20%; investitsiyalash muddati - bir yil. Ushbu ko’rsatkichlarniformulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
Ss =1000 x (1+0,2)6 = 2074 so’m; Js =2074-1000=1074 so’m.
Murakkab foizlar bo’yicha (Rs) diskontlash jarayonida pul mablag’lari hozirgi qiymatini hisoblashda quyidagi formula qo’llanadi:
Ps=S/(1+i)n.
Mos ravishda diskont summasi (Dc) bu holatda quyidagi formula bo’yicha topiladi:
Ds = S - Ps.
Misol. Quyidagi shartlarga ko’ra bir yil uchun pul mablag’lari haqiqiy qiymati va murakkab foizlar bo’yicha diskont summasini topish kerak bo’lsin: pul mablag’larining kelajakdagi qiymati -1000 so’m; murakkab foiz bo’yicha foydalaniladigan diskont stavkasi har chorak uchun 20%. Ushbu ko’rsatkichlarni formulaga qo’yib, quyidagiga ega bo’lamiz:
Ps=1000/(1+0,2)4 = 482 so’m, Ds = 1000 - 482 = 518 so’m.
(1+i)n va 1/(1+i)n ko’paytiruvchilar mos ravishda o’sish ko’paytiruvchisi va murakkab foizlarni diskontlash ko’paytiruvchisi deb ataladi. Matematik usullar bilan aniqlangan o’sish va murakkab foizlarni diskontlash ko’paytiruvchilarini hisobga olgan holda maxsus jadvallar ishlab chiqilgan bo’lib, ular yordamida belgilangan foiz stavkalari va to’lov davri soni bilan pul mablag’larining hozirgi yoki kelajakdagi qiymatini aniqlash oson bo’ladi.
Inflyatsiyani baholash
Investitsiya amaliyotida inflyatsiya omili bilan muntazam hisoblashishga to’g’ri keladi. U vaqt o’tishi bilan pul mablag’lari qiymatini pasaytirib boradi. Inflyatsiyaning (o’rtacha narxlar indeksining) o’sishi mos ravishda pulning xarid
qobiliyatini pasayishiga olib keladi.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda investitsiya jarayonlarida pul oqimlarini to’g’rilash bilan bog’liq hisob-kitoblarda ikkita asosiy tushuncha - pul mablag’larining nominal va real (haqiqiy) qiymatidan foydalanish qabul qilingan.
Nominal qiymat pul mablag’larining kattaligini pulning xarid qobiliyatidagi o’zgarishlarni hisobga olmagan holda baholashni ifodalaydi.
Real qiymat esa pul mablag’lari kattaligini inflyatsiya jarayoni natijasida pulning xarid qobiliyatini yo’qotishini hisobga olgan holda baholashni nazarda tutadi. Bunday baholashni pul mablag’larining kelajakdagi qiymatini aniqlashda ham, hozirgi qiymatini aniqlashda ham qo’llash mumkin.
Investitsiya faoliyati bilan bog’liq moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarda inflyatsiya quyidagi holatlarda hisobga olinadi va baholanadi:
pul mablag’larining o’sgan qimatini to’g’rilashda;
diskontlash uchun foydalaniluvchi foiz stavkasini inflyatsiyani hisobga olgan holda shakllantirishda;
inflyatsiya sur’atlarini hisobga olgan holda investitsiya daromadlari darajasini shakllantirishda.
Inflyatsiyani baholash jarayonida ikkita asosiy ko’rsatkich qo’llanadi:
inflyatsiya sur’ati (Tj) - ko’rib chiqilayotgan davrda (n) o’rtacha narx darajasining o’sishini tavsiflaydi va o’nli kasr bilan ifodalanadi;
inflyatsiya indeksi (Ij) - ko’rib chiqilayotgan davrda (n), 1QTj ko’rinishida aniqlanadi.
Inflyatsiyani hisobga olgan holda pul mablag’lari qiymatining o’sishini to’g’rilash (korrektirovka qilish) quyidagi formula bo’yicha amalga oshiriladi:
Sp = S / Ij
Ushbu formula bo’yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar pul mablag’larining o’sish jarayonida uning inflyatsion tarkibiy qismi hisobga olinmagan holda pul mablag’larining kelajakdagi real qiymatini aniqlashga imkon beradi.
Agarda bu jarayonda real foiz stavkasi va kutilayotgan inflyatsiya sur’atini ajratib ko’rsatish mumkin bo’lsa, unda pul mablag’larining real qiymatini quyidagi formulaga asosan aniqlash mumkin bo’ladi:
Sp- R X ((l+i)/(l+Tj))“.
Do'stlaringiz bilan baham: |