105
Masalani tez hal qilsa - shoshma-shoshar, o‗uylashni istamaydi. Sekin hal qilsa
– qat‘iyatsiz, ma‘suliyatdan qochuvchi.
Yangi shtat birligini talab ailsa - shtatni ko‗paytiradi. ―Bor kuchlar bilan
uddalaymi
z‖ d
esa - ―Bizni qurbon qilmoqchi
‖ de
b norozi bo‗ladilar.
Yuqoridagi ko‗rsatmalarsiz ish yuritsa - o‗zboshimcha, ko‗rsatmalarni aniq
bajarsa - eski byurokrat. Xazillashsa - ―Qitiqlamasang kulmaydi
‖.
Hazillashmasa
―Hech kulganini ko‗rganmisizlar?
‖
deb gapiradilar.
Do‗stona muomala qilsa - ishonchga kirib olmoqchi. O‗zini alohida tutsa-
manman.
Ishlar yaxshi ketayotgan bo‗lsa pirovardida, bu biz ishlayapmiz. Reja
bajarilmasa - qilmishiga yarasha, u bir o‗zi aybdor - deydilar.
Odatda rahbarlikni uch tipga ajratadilar - avtoritar, demokratik va erkin (liberal).
Ishga doir etiket xulqning qanday yo‗nalishini tanlashga maslahat beradi? O‗zingiz
hal qiling.
Avtoritar rahbar
qarorlarni yakka o‗zi qabul qiladi va bo‗ysinuvchilarning
xatti-harakatlarini, ularga tashabbus ko‗rsatish imkoniyatini bermay, qat‘iy ravishda
belgilaydi. Bunday rahbarga o‗z shaxsini yuqori baholash va qo‗l ostidagilarning
ishchanlik va insoniy sifatlariga yetarli baho bermaslik xos. U odatda o‗zini va u
boshqarayotgan firmani, o‗zini va unga bo‗ysungan jamoani bir-biriga tenglashtiradi,
ko‗pincha ishda ―yonadi
‖,
o‗zini
usiz tasavvur qila olmaydi, shaxsiy hayotini
unutadi, kuchini ayamasdan, lekin qo‗l ostidagilari haqida qayg‗urmasdan ishlaydi.
Avtoritar rahbar ko‗pincha hech qanday xarajatlarni, shu jumladan insonlarni ham
ayamasdan ishlab chiqarish maqsadlariga erishishni ko‗zlaydi. Bunday
rahbar bilan
birga kishilar o‗zlarini ―vulqon
‖
dagidek, favqulotdagi vaziyat holatida his qiladilar.
Ularni zaruriyatsiz bezovta qiladilar, asablariga tegadilar, xaddan tashqari
ishlatadilar. Bunday tipni ―Rahbar o‗zini qanday tutmasligi kerak
‖
degan
qo‗llanmaga kiritish mumkin. Biroq avtokratni qattikqo‗l rahbar bilan
adashtirmaslik kerak.
Rahbarlikning
demokratik uslubi
bo‗ysinuvchilarga ularning
malakasi va
ish xususiyatlariga mos bo‗lgan mustaqilikni berish, ishlab chiqarish masalalarini
106
ularning bevosita ishtirokida yoki hech bo‗lmaganda ular bilan muhokama
qilingandan so‗ng hal qilish, ularning ishlashi uchun
zaruriy sharoitlarni yaratish,
ularning harakatlarini holis baholash, insonlarga ijobiy munosabatda bo‗lish va
ularning ehtiyojlari haqida o‗ylash kabilarni ko‗zlaydi. Rahbarning bunday
harakatlari nafaqat yakkaboshchilik prinsiplarini barbod qilib anarxiyaga olib keladi,
balki rahbarning real hokimligini va obro‗sini mustahkamlaydi, jamoada unumli ish
sharoitini yaratishga ko‗maklashadi. Rahbarlikning bu uslubida qo‗l ostidagilarning
tashvishlari va qiziqishlarini bilish zarur. Yirik yapon firmalarining
birida shunday
qoida mavjud: ―Haftada soat, oyda kun
‖
. Aynan shunday davriylik bilan yuqori
rahbarlikni o‗z ichiga olgan ma‘muriyat tsexga keladi va ishchilar bilan yonma-yon
konveyyerda ishlaydi. Bunday amaliyot tashabbuskorlari hisoblaganidek, bu ishchilar
bilan aloqani saqlashga, ularning kayfiyati, ish va turmush
sharoitlarini bilishga
imkon beradi. Rahbarlikning bunday uslubi eng ma‘qul hisoblanadi.
Liberal uslub
. Buni ko‗pincha rahbar ishni o‗z holiga tashlab qo‗yganda albatta,
samarasiz sifatida ko‗radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: