Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Azlarova inson resurslarini



Download 3,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/145
Sana10.11.2022
Hajmi3,06 Mb.
#863158
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145
Bog'liq
Inson resurslarini boshqarish Azlarova @iqtisodchi kutubxonasi

Psevdoyangiliklar.
Kadrlar yangiliklari haqida gapirganda har qanday 
yangiliklar ham ijobiy, progressiv va samarali bo‗lavermasligini e'tiborga olish lozim. 


184 
Ular orasida maxsus ko‗rib chiqilishi lozim bo‗lgan psevdoyangiliklar mavjud 
bo‗ladi. 
Psevdo (grek tilida yolg‗on, xayoliy) – bizning holatimizda tashkilotning kadrlar 
va boshqa tizimlari uchun foyda keltirish o‗rniga zarar yetkazadigan yolg‗on, xayoliy 
yangiliklarni anglatadi. 
Kadrlardagi psevdoyangiliklar – bu subyektivizm oqibatida vujudga kelgan KT 
yangiliklari bo‗lib, ularning darajasi va samarasini oshirmaydi (yoki buni vazifa qilib 
qo‗ymaydi) va yo sun‘iy ravishda kadrlar bilan ishlashning eski usullarini ozgina 
yangilash (innovatsion imitatsiya), boshqa real faoliyatda bo‗lgan va psevdonovatorni 
qoniqtiruvchi usullarni yashirish (innovatsion spekulyatsiya), yoki progressiv 
yangiliklarga to‗siq qo‗yib va ultrazamonaviy vaqti kelmagan yangiliklarni kiritib 
kadrlarni yangilashning progressiv kursini diskreditatsiya qilish (innovatsion 
diskreditatsiya) maqsadida amalga oshiriladi. 
Kadrlar tizimida uchraydigan psevdoyangiliklarga misollar keltiramiz: 

yetarlicha obyektiv asoslarsiz va uni amalga oshiruvchilarda yangi kadrlar 
faoliyatining dasturi bo‗lmagan holda kadrlarni tez-tez almashtirib turish; 

zaruriy kompleks kadrlar islohotlari o‗rniga lokal, qisman va ikkinchi darajali 
kadrlar yangiliklarini kiritish

qisman kadrlar o‗zgarishi bilan cheklanish mumkin bo‗lgan holda kadrlar 
islohotlarini o‗tkazish; 

eski usullar va kadrlar ballastini yo‗?otmasdan turib kadrlar islohotlarini 
o‗tkazish; 

kadrlar zahirasi bo‗lmagan holda va yetarli bo‗lmagan tanlov sharoitida 
rahbar kadrlarni o‗zgartirishga harakat; 

elita kadrlari va novatorlar ishini qiyinlashtiruvchi kadrlar yangiliklari («teng» 
huquqlar, ish haqi to‗lashda hammani bir xil qo‗yish va h.k.); 

yangi, lekin noprofessional sabablarga ko‗ra regressiv kadrlar tanlovi va 
buyruqlari, bunda ushbu davrda kuchsizroq kadrlar keladi; 

novator kadrlarni «tinchlikni buzuvchilar» sifatida mo‗tadil, lekin kamroq
ijodkor kadrlar bilan almashtirish; 


185 

yuqori tashkiliy darajada kadrlar ishini yangilamay turib, pastki tashkiliy 
darajada kadrlar ishini yangilashga harakat.

yangi progressiv rahbariyat kelishi va lekin konservativ jamoa yoki jamoa 
yadrosini yangilash huquqiga ega bo‗lmaslik. 

Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish