Kurs ishining predmeti: Braziliya, Argentina va Meksika davlatlarini iqtisodiyoti va uning umumiy xozrgi holatiga qanday yetishganligi, rivojlanishning iqtisodiy omillarini tahlil qilamiz.
1.Jahon xo`jaligida vujudga kelgan Lotin Amerikasi YaIM va Braziliyaning iqtisodiy rivojlanish omillari
Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192 million kishi (2020). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan. Hududida ham ekin maydonlari, ham tropik oʻrmonzorlar juda katta joyni egallaydi. Tabiiy resurslar va katta miqdordagi ishchi kuchiga boy boʻlgan Braziliya, Janubiy Amerika iqtisodiyotining yetakchilari hisoblanadi. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti – Brazilia shahri. BMT aʼzosi. Maʼmuriy jihatdan 26 shtat va federal (poytaxt) okrugga boʻlinadi Braziliya – federativ respublika. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5-oktyabrda qabul qilingan; 1994-yil mart va 1997-yil iyunda tuzatish kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident. Prezident bilan vitseprezident aholi tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish orqali 4 yil muddatga saylanadi. Prezident ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy kongress (parlament). Parlament ikki palata: deputatlar palatasi va federal senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni prezident va u tuzgan hukumat amalga oshiradi.
Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor. Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 38 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik millim bogʻlar va bir necha quriqxona bor. Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi – indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili – portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu Alegri, Salvador, Belen va shu kabilar.
Oʻzbekiston bilan Braziliya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga va buning uchun shartnomaviyhuquqiy negiz yaratishga kirishildi. Oʻzbekistonning Braziliya bilan 2016-yildagi tovar aylanmasi 7,16 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2017-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston — Braziliya tovar aylanmasi 16,75 mln. AQSH dollariga yetdi va avvalgidek tovar aylanmasi hajmining deyarli hammasi importdan iborat boʻldi. Uning 93,8 % ini moyli urugʻlar va mevalar, 6,2 % ini tamaki tashkil qildi. Mamlakat jadal rivojlanayotgan sanoat-agrar davlatdir. Lotin Amerikasi davlatlari orasida eng katta iqtisodiy salohiyatga ega, ammo daromadlardagi farq juda katta, chunki Sharqiy va g'arbiy mintaqalarning rivojlanishidagi farq bor. Braziliya iqtisodiyotining eng xarakterli xususiyatlaridan biri uning ichki yopilishining juda yuqori darajasi bu esa, o'z navbatida, bir qator muammolarni keltirib chiqaradi, ulardan biri "Braziliya bahosi" deb ataladi — tovarlarning juda yuqori qiymati va mamlakat aholisining ko'pchiligining nisbatan past turmush darajasida biznes operatsiyalari. Lotin Amerikasidagi eng yirik davlat sektori mamlakat iqtisodiyotida muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |