Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot" fakulteti investitsiya loyihalari tahlili



Download 1,37 Mb.
bet1/14
Sana03.12.2019
Hajmi1,37 Mb.
#28106
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
investitsiys (Восстановлен)

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI



“IQTISODIYOT” FAKULTETI

INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

ORALIQ NAZORAT ISHI

MAVZU: HUDUDLARDA SANOAT TARMOG’INI RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSIYA LOYIHALARI VA ULARNING MOLIYAVIY TAHLILI

O’QUV LOYIHA

EK-91 guruh talabalari:

Axmadxo’jayev A

Bahromov B

Valixonova F

Akromxo’jayev S

Toshkent-2019

Reja:

Kirish


  1. O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni va unda hududlar ishtiroki

  2. Navoiy va Namangan Erkin Iqtisodiy Zonalarida investitsion loyihalar

  3. LEGOPACK NAMANGAN” MCHJ loyihasi va uning moliyaviy tahlili

  4. Mamlakatimizda hozirda va kelgusida amalga oshirilayotgan loyihalar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Oraliq nazorati mavzusining dolzarbligi. Sanoat har bir mamlakatning eng asosiy sektori hisoblanib, ko’p davlatlar unga qilingan yirik investitsiyalar hisobiga iqtisodiy barqarorlikka erishmoqda. Hozirda mamlakatimiz tomonidan yuqori texnologiyalardan foydalanib, a’lo sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo’llab quvvatlanishi va turli hududlarda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini tashkil etilishi investitsiyalarning ko’payishiga olib kelmoqda.

Oraliq mavzu maqsadi. O’zbekistonning turli hududlarida sanoatni rivojlantirish bo’yicha qilinayotgan ishlar va investitsiyalarni tahlil qilish. Hududlar salohiyatini aniqlash orqali ularga investitsiyalarni jalb etish yo’llarini aniqlash va xorijiy investorlar uchun qulay hududlarni taklif etish.

Vazifakari. Biz kichik guruh a’zolari bilan birgalikda avval vazifalarni belgilab oldik shular orqali barcha ishlarni amalga oshirdik. Bular ya’ni dastlab O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni va unda hududlar ishtirokini ahamiyati va mamlakatimizdagi sanoati rivojlangan viloyatlarimizdan Namangan va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini tahlil qilsh. Hamda ularning moliyaviy natijalarini tahlil qilish va so’ngra kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari haqida yoritib berish va yakuniy qismida barcha to’plangan ma’lumotlar va materiallarni ozimoizning xulosa va takliflarimizni berish.

Mavzuning obekti. Biz bu mavzuni yoritb berishda ikkita ya’ni mamlakatimizda sanoatida kata ulushga ega bo’lgan Navoiy va Namangan viloyatlarini tanladik, va ularda amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tahlil qildik.

Mavzuning predmeti. Yaqin yillar davomida iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.

Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:

Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish ko’zda tutilgan.


  1. O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SANOATNING O’RNI VA UNDA HUDUDLAR ISHTIROKI

Sanoat tarmoqlarini isloh qilish, tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash dasturlarining amalga oshirilishi, moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, respublika sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishiga zamin yaratdi.

Shuni ta`kidlash lozimki, 2018 yilda respublikaning jami sanoat ishlab chiqarilishi hajmi asosan Toshkent shahri (21,0%), Toshkent (15,1%), Navoiy (9,5%), Qashqadaryo (8,6%), Farg`ona (7,2%), Andijon (7,1%) va Samarqand (6,7%) viloyatlari hisobidan shakllangan bo`lib, juda katta bo`lmagan ulushi esa Jizzax (1,8%), Surxondaryo (2,0%) va Xorazm (2,5 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.



1-jadval

 

mlrd. so'm

Fizik hajm indeksi, % da

YaIM o'sishidagi hissasi, % da

2017 y

2018 y

YaIM -jami

shu jumladan:

302 536,80

407 514,50

105,1

5,1

Tarmoqlarning yalpi qo'shilgan qiymati

267 744,80

361 951,10

105,1

4,5

qishloq, o'rmon va baliq ho'jaligi

90 983,90

117 315,80

100,3

0,1

sanoat

59 570,40

95 083,90

110,6

2,1

qurilish

15 228,60

20 734,40

109,9

0,5

savdo, yashah va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar

21 540,60

26 493

104,4

0,3

tashish va saqlash, axborot va aloqa

25 305,50

29 868,30

106,3

0,5

boshqa xizmat tarmoqlari

55 115,80

72 455,70

105,4

1

Mahsulotlarga sof soliqlar

34 792

45 563,40

105,5

0,6

O’zbekiston iqtisodiyotida sanoatning o’rni1

Sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, jahon bozorida yuqori raqobatbardosh bo`lgan ishlab chiqarishlarni manzilli qo`llab-quvvatlanishi, ishlab chiqarishlar tarkibida qayta ishlash sanoatining ulushini oshishiga ko`maklashdi.

Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida yuqori qo`shimcha qiymat bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi sohalarda o`sdi: oziq-ovqat, tekstil, kimyo, farmatsevtika preparatlari va boshqa sohalarda.



Faqat 2018 yilning o`zida, o`tgan yilga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sishi, qayta ishlash sanoatida – 6,4%ni, shu jumladan, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlar ishlab chiqarish bo`yicha – 40,3%ni, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 34,4%ni, boshqa nometall mineral mahsulotlar – 20,9%ni, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, tamaki mahsulotlari – 10,8%ni, to`qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechaklar, charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo`yicha – 9,0%ni tashkil etdi.



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish