Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


 Investitsion loyiha variantlarini ishlab chiqish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.3. Investitsion loyiha variantlarini ishlab chiqish 
 
 
Odatda,  barcha  investitsiya  loyihalari  ham  bir  xil  ko’rsatkichlarga  ega 
bo’lavermaydi.  Ayrim  ko’rsatkichlar  bir  loyihada  yuqori  ijobiy  bo’lsa,  boshqa 
loyihada  esa  aksincha  bo’lishi  mumkin  va  yana  bir  ayrim  ko’rsatkichlari  esa  bir 
loyihada  boshqa  loyihadagiga  nisbatan  pastroq  miqdorga  ega  bo’lishi  mumkin.  Bir 
sohaga  xos  bo’lgan  loyihalarning  bunday  (o’zaro  ziddiyatli)  ma’lumotlarga  ega 
bo’lishi,  ular  o’rtasidagi  raqobatni  vujudga  keltiradi.  Investitsiya  qarorlarini  qabul 
qilish,  ayniqsa,  raqobatli  investitsiyalar  sharoitida  birmuncha  qiyin  vaziyatlarni 
keltirib chiqaradi.  


66 
 
Investitsiya loyihalari  o’rtasidagi raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, 
quyidagi sabablarga asoslanadi:  
1.  Investitsiyalarning  eng  qisqa  fursatda  (tez)  qoplanishi  va  yuqori  foyda 
keltirishi. 
2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. 
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan 
resurslardan  foydalanishning  muqobil  imkoniyatlari  ta’minlangan  hollarda  o’zaro 
ziddiyatli  investitsiyalar  hisoblanadi  va  raqobatlashuvchi  investitsiyalar  deb  ataladi. 
Muqobil  (o’zaro  ziddiyatli)  investitsiyalarni  taqqoslash  esa  ular  ichidan  eng  yuqori 
samaralisini  aniqlashga  va  uni  ko’zlangan  maqsad  yo’lida  moliyalashtirishga  imkon 
beradi. Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda, eng avvalo: 
- ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga; 
- vaqt omiliga; 
- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat) 
hajmiga; 
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-
muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda); 
-  moliyaviy  ko’rsatkichlarga  (baho  darajasi,  inflyatsiya  va  kredit  uchun  foiz 
stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim. 
Investitsiyalarning 
muqobil 
variantlarini 
ishlab 
chiqish 
ularning 
samaradorligini  oshirish  imkonini  beradi.  Muqobil  loyihalar  ichida  afzali  deb 
topilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish investor xarajatlarini samarali tashkil 
etish,  investitsiya  xarajatlarining  tezroq  qoplanishi  va  yuqori  foyda  olish  imkonini 
ta’minlaydi.  Investitsiya  loyihasining  hayotiylik  davri  ancha  uzoq  bo’lgan  davrda 
investitsiya xarajatlarining qisqa vaqt ichida to’liq qoplanishi qolgan davr mobaynida 
loyihadan  katta  foyda  olishga  imkon  beradi  va  investitsiyalarning  yuqori 
samaradorligini ta’minlaydi. 
Amaliyotda  shunday  holatlar  ham  yuz  beradiki,  bunday  paytlarda 
investitsiyalashning  qaysi  variantlarini  qabul  qilish  masalasi  jiddiy  muammoga 
aylanishi mumkin. Masalan, transport kompaniyasi foydalanilgan, lekin, yana 3-4 yil 


67 
 
xizmat qilishi mumkin bo’lgan yuk tashish mashinasini yoki xizmat muddati 8-10 yil 
bo’lgan  yangi  yuk  tashish  mashinasini  sotib  olishi  mumkin.  Bunday  paytda 
kompaniya  investitsiyalashning  qaysi  varianti  afzal  ekanligini  aniqlash  uchun  ularni 
qanday taqqoslash lozimligi muhim vazifa hisoblanadi.  
Investitsiya  loyihalarining  samaradorligi  yuqori  ko’rsatkichlar  asosida  ishlab 
chiqilgan  reja  (bashorat)larning  haqiqiy  bajarilishiga  bog’liq  bo’ladi.  Bu 
bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va 
yuqori  foyda  asosida  sotishga  qaratilgan  bo’ladi.  Lekin,  loyihalarning  texnologik 
tarkibi  (ishlab  chiqarish  jarayonining  murakkabligi  va  uzoq  davom  etishi),  loyiha 
quvvatining  bosqichma-bosqich  o’zlashtirilishi  va  mahsulotni  sotish  jarayoni 
kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur. 
Odatda,  ob’ektni  ishga  tushirishning  birinchi  bosqichining  o’zidayoq  to’liq 
loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi 
noreal  hisoblanadi.  Sababi,  turli  xil  texnologik,  ishlab  chiqarish  va  tijorat 
qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyo va ishchi kuchi 
ta’minotidagi  nomuvofiqliklar  va  shu  kabilar)  loyihalar  ishlab  chiqilgan  rejalariga 
mos  kelmay  qolishligi  mumkin.  Ayniqsa,  bunday  holat  loyiha  quvvatining  birinchi 
yilining  o’zidayoq  to’liq  o’zlashtirilishi  rejalashtirilgan  investitsiya  loyihalarida 
kuzatilishi mumkin. Chunki,, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
ishlarida  ayrim  muammolar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Shu  sababdan  loyiha  rejasini 
ishlab  chiqishda  uni  loyihaning  to’liq  quvvatiga  erishishini  investitsiya  ob’ektini 
ishga  tushirgan  vaqtning  uchinchi-to’rtinchi  yillariga  kelib,  yirik  va  murakkab 
loyihalarda  esa  4-7  yillar  ichida  o’zlashtirishga  moslashtirishga  harakat  qilinadi. 
Odatda,  bunday  rejalashtirish  soha,  loyiha  xususiyatlaridan,  ishlab  chiqarishning 
turlaridan,  bozor  holatidan  kelib  chiqib  amalga  oshiriladi  va  mahsulotning  uzluksiz 
va  maksimum  imkoniyatlar  bilan  sotilishiga  qaratilgan  bo’ladi.  Loyihalardagi  bu  va 
boshqa  jihatlar  ular  ichidan  eng  samaralisini  tanlashda  ziddiyatli  holatlarni  keltirib 
chiqarishi  sababli  to’g’ri  qaror  qabul  qilish  muammosi  har  doim  dolzarb  masala 
hisoblanadi.  
Amaliyotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim mashhur yirik kompaniyalar 


68 
 
bir vaqtning o’zida bir necha xil loyihalarni moliyalashtirish imkoniga ega bo’ladilar. 
Bunday  paytda  ushbu  kompaniya  bir  qancha  investitsiya  loyihalarini  ko’rib  chiqish 
va  tanlashga  qabul  qiladi.  Bunda  kompaniya  ularning  eng  samaralilarini  tanlab 
oladilar.  Tanlab  olingan  investitsiya  loyihalarining  qiymati  esa  o’zining  kapital 
byudjetiga  (moliyalashtirish  imkoniyatiga)  mos  qilib  olinadi  va  ularni  amalga 
oshirishdan ko’radigan foydani hisoblaydi. 
Loyiha  maqsadlari  uni  moliyalashtiruvchi  tashkilotning  operativ  vazifalarini 
aks  ettiradi.  Masalan,  transport  sohasi  bo’yicha  loyiha  maqsadi  transport  qatnovi 
samaradorligini  ta’minlash,  sanoat  loyihasining  maqsadi  esa  ma’lum  turdagi 
mahsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish bo’lishi mumkin. 
Muqobil  variantlarni  ko’rib  chiqish  loyihani  tayyorlash  va  uni  ishlab 
chiqishning  muhim  qismi  hisoblanadi.  Texnik,  muqobil  variantlar  (ya’ni  yoqilg’i 
uchun  yo  ko’mir  yoki  gazni  qo’llash,  temir  yo’lni  uzaytirish  yoki  yangi  avtomobil 
shossesini  qurish)ni  bir-biri  bilan  taqqoslash  va  eng  maqbulini  tanlab  olish  kerak. 
Agar hamma variantlar miqdor va sifat jixatdan bir xil natija bersa, ham investitsiya, 
ham  ekspluatatsiya  xarajatlarini  hisobga  olganda  eng  kam  xarajat  talab  etiladigan 
loyiha tanlanadi. 
Loyiha  bilan  va  loyihasiz  vaziyatlarni  solishtirish  loyihani  amalga  oshirish 
natijasida  olinadigan  qo’shimcha  va  o’sgan  daromadlarni  hisoblashning  asosiy 
uslubidir.  Loyihasiz  vaziyatlarni  istiqbolga  baholashda  xarajatlarning  taxmin 
qilinayotgan  o’suvi  yoki  daromadlarning  pasayishiga  nisbatan  reaksiyani  hisobga 
olish kerak. Bu loyihani amalga oshirish yuzaga keltiradigan o’zgarishlarni to’liq aks 
ettirish imkonini beradi. 
 
 
 
 
 
 
 


69 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish