Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
6.2. Loyihani investitsiyalash imkoniyatlari va kapitalni muqobil ishlatish 
variantlari 
 
Investitsiyalarning  safarbar  etilishi,  ko’p  jihatdan,  loyihalarning  yuqori 
samaradorlikka  egaligiga  asoslanadi.  Sababi,  bunday  investitsiya  loyihalari  katta 
foyda  olish  imkonini  beradi.  Odatda,  yuqori  foyda  olish  aksariyat  investorlarning 
asosiy  maqsadi  bo’lganligi  bois,  bunday  loyihalarni  moliyalashtirishdan  investorlar 
manfaatdor  bo’ladilar.  Lekin,  hamma  investorlar  ham  investitsiya  loyihasini 
moliyalashtirishdan  avval  ularning  turli  iqtisodiy  ko’rsatkichlarini  baholaydilar  va 
loyihani  moliyalashtirish  uchun  o’zlarining  turli  xil  talablarini  qo’yadilar, 
shuningdek,  o’z  imkoniyatlarini  ham  hisobga  olishga  majburlar.  Xohish  va 
maqsadlarga  mos  bo’lgan  loyihalarning  ular  tomonidan  moliyalashtirishga  qabul 
qilinishlari tabiiydir. 
Odatda,  barcha  investitsiya  loyihalari  ham  bir  xil  ko’rsatkichlarga  ega 


120 
 
bo’lavermaydi.  Ayrim  ko’rsatkichlar  bir  loyihada  yuqori  ijobiy  bo’lsa,  boshqa 
loyihada  esa  aksincha  bo’lishi  mumkin  va  yana  bir  ayrim  ko’rsatkichlari  esa  bir 
loyihada  boshqa  loyihadagiga  nisbatan  pastroq  miqdorga  ega  bo’lishi  mumkin.  Bir 
sohaga  xos  bo’lgan  loyihalarning  bunday  (o’zaro  ziddiyatli)  ma’lumotlarga  ega 
bo’lishi,  ular  o’rtasidagi  raqobatni  vujudga  keltiradi.  Investitsiya  qarorlarini  qabul 
qilish,  ayniqsa,  raqobatli  investitsiyalar  sharoitida  birmuncha  qiyin  vaziyatlarni 
keltirib chiqaradi. 
Investitsiya  loyihalari  o’rtasidagi  raqobat kurashining vujudga kelishi, odatda, 
quyidagi sabablarga asoslanadi: 
1. Investitsiyalarning  eng  qisqa  fursatda  (tez)  qoplanishi  va  yuqori  foyda 
keltirishi. 
2. Investorning kapital byudjeti cheklanganligi. 
Investitsiyalar u yoki bu natijalarga erishish yoki muayyan turdagi cheklangan 
resurslardan  foydalanishning  muqobil  imkoniyatlari  ta’minlangan  hollarda  o’zaro 
ziddiyatli  investitsiyalar  hisoblanadi  va  raqobatlashuvchi  investitsiyalar  deb  ataladi. 
Muqobil  (o’zaro  ziddiyatli)  investitsiyalarni  taqqoslash  esa  ular  ichidan  eng  yuqori 
samaralisini  aniqlashga  va  uni  ko’zlangan  maqsad  yo’lida  moliyalashtirishga  imkon 
beradi. Muqobil loyihalarni o’zaro taqqoslashda, eng avvalo: 
- ishlab chiqarish rejasi va hajmi yoki loyiha quvvatiga
- vaqt omiliga; 
- yangi texnika yoki progressiv texnologiya bo’yicha bajariladigan ish (xizmat) 
hajmiga; 
- ishlab chiqarish va mahsulotni iste’mol qilishning ijtimoiy omillariga (atrof-
muhitga ta’sirini ham hisobga olgan holda); 
-  moliyaviy  ko’rsatkichlarga  (baho  darajasi,  inflyatsiya  va  kredit  uchun  foiz 
stavkalari darajalari va shu kabilar) e’tiborni qaratish lozim. 
Investitsiya  loyihalarining  samaradorligi  yuqori  ko’rsatkichlar  asosida  ishlab 
chiqilgan  reja  (bashorat)larning  haqiqiy  bajarilishiga  bog’liq  bo’ladi.  Bu 
bashoratlarning hammasi yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga va 
yuqori  foyda  asosida  sotishga  qaratilgan  bo’ladi.  Lekin,  loyihalarning  texnologik 


121 
 
tarkibi  (ishlab  chiqarish  jarayonining  murakkabligi  va  uzoq  davom  etishi),  loyiha 
quvvatining  bosqichma-bosqich  o’zlashtirilishi  va  mahsulotni  sotish  jarayoni 
kabilarning loyiha samaradorligiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish zarur.  
Odatda,  ob’ektni  ishga  tushirishning  birinchi  bosqichining  o’zidayoq  to’liq 
loyiha quvvatiga erishishni rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining aksariyat qismi 
noreal  hisoblanadi.  Sababi,  turli  xil  texnologik,  ishlab  chiqarish  va  tijorat 
qiyinchiliklari oqibatida (sotish hajmining tushib ketishi, xom ashyo va ishchi kuchi 
ta’minotidagi  nomuvofiqliklar  va  shu  kabilar)  loyihalar  ishlab  chiqilgan  rejalariga 
mos  kelmay  qolishligi  mumkin.  Ayniqsa,  bunday  holat  loyiha  quvvatining  birinchi 
yilining  o’zidayoq  to’liq  o’zlashtirilishi  rejalashtirilgan  investitsiya  loyihalarida 
kuzatilishi mumkin. Chunki,, aksariyat hollarda, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish 
ishlarida  ayrim  muammolar  yuzaga  kelishi  mumkin.  Shu  sababdan  loyiha  rejasini 
ishlab  chiqishda  uni  loyihaning  to’liq  quvvatiga  erishishini  investitsiya  ob’ektini 
ishga  tushirgan  vaqtning  uchinchi-to’rtinchi  yillariga  kelib,  yirik  va  murakkab 
loyihalarda  esa  4-7  yillar  ichida  o’zlashtirishga  moslashtirishga  harakat  qilinadi. 
Odatda,  bunday  rejalashtirish  soha,  loyiha  xususiyatlaridan,  ishlab  chiqarishning 
turlaridan,  bozor  holatidan  kelib  chiqib  amalga  oshiriladi  va  mahsulotning  uzluksiz 
va  maksimum  imkoniyatlar  bilan  sotilishiga  qaratilgan  bo’ladi.  Loyihalardagi  bu  va 
boshqa  jihatlar  ular  ichidan  eng  samaralisini  tanlashda  ziddiyatli  holatlarni  keltirib 
chiqarishi  sababli  to’g’ri  qaror  qabul  qilish  muammosi  har  doim  dolzarb  masala 
hisoblanadi. 
Misol.  Faraz  qilaylik,  yirik  kompaniya  moliyalashtirish  uchun  bir  nechta 
loyihalarni  qabul  qildi.  Biroq  u  o’zining  130000  ming  doll.  atrofidagi  byudjetidan 
kelib  chiqib,  eng  samarali  loyihalarni  tanlashi  lozim.  Taqdim  etilgan  loyihalar 
quyidagi ko’rsatkichlarni tashkil etadi. 
 
 
 
 
 


122 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish