Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Kapital qiymatini baholash 
Kapital  bahosi  aniqlash,  bu  birinchidan,  tijorat  tashkilotining  uzoq  muddatli 
holatini  xarakterlaydi,  ya’ni  kompaniyaning  o’z  kapital  bahosi  uning  potensial 
investorlar  tomonidan  mablag’  jalb  qilinishi  darajasini  ko’rsatadi;  ba’zi  bir  qarz 
mablag’larining  bahosi  kapitalining  uzoq  muddatli  kapital  jalb  qilish  imkoniyatini 
ko’rsatadi.  (bu  narsa  tushunarli  hol,  masalan,  «obligatsion  qarz»  manbasining 
summasi turli firmalar uchun turlichadir, chunki bu tabiiyki, daromadlilik va foydaga 
ta’sir  ko’rsatadi).  Ikkinchidan,  firma  kapitalining  o’rtacha  tortilgan  bahosi  kapital 
mablag’lar byudjetini tuzishda asosiy ko’rsatkichlardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Keltirib  o’tilgan  mablag’lar  manbasining  bahosi  turlichadir,  shuning  uchun 


115 
 
tijorat  tashkilotining  kapital  bahosi  o’rtacha  arifmetik  tortilgan  formula  asosida 
topiladi.  Ko’rsatkichlar  yillik  ma’lumotlar  bo’yicha  foizlar  ko’rinishida  hisoblanadi. 
Hisob-kitoblarda  asosiy  qiyinchilik  konkret  mablag’lar  manbaidan  olingan  kapital 
bahosi birligini hisoblashda yuzaga keladi. Ba’zi manbalar uchun uni hisoblash juda 
oson (masalan, bank krediti bahosi), ba’zi bir manbalar uchun juda qiyin, ya’ni aniq 
hisoblash  deyarli  mumkin  emas.  Shunga  qaramasdan  tijorat  tashkilotining  kapital 
bahosini taxminan bilish, uni faoliyatiga mablag’larni avanslashtirish samaradorligini 
tahlil  qilishda  foyda  bergani  kabi  o’z  investitsion  siyosatini  amalga  oshirishda  ham 
yordam beradi. 
«Kapital baho»si ko’rsatkichining iqtisodiy interpritatsiyasi yetarlicha aniqdir. 
U  ma’lum  manbadan  jalb  qilingan  kapitalning  bir  birligi  uchun  qanday  summani 
to’lash  kerakligini  ko’rsatadi.  Biz  bu  yerda  «kapital  bahosi»ning  o’ziga  xos 
kategoriyasiga duch kelamiz. Agar oddiy tovar munosabatlari uchun bahosi ba’zi bir 
mutloq  bahoni  ifoda    etsa,    ya’ni  bitta    kelishilgan  summani    sotib  oluvchi  to’lashi 
kerak.  Mablag’larning  ba’zi  manbalari  munosabatida  esa  ya’ni  sotuvchi  va  sotib 
oluvchi holatida baholar tangligi ma’lum ma’noda buziladi, masalan, ya’ni bankdan 
kredit  olar  ekan  tashkilot  kelishilgan  foizlarni  to’lab  borishga  majburdir.  Bu  foiz 
kreditor pozitsiyasida, ya’ni kredit oluvchi pozitsiyasidan ko’rsatilgan xizmat uchun 
olinadigan  summa  o’z  bahosidan  ko’pdir.  Ba’zi  bir  hollarda  kredit  oluvchi  olgan 
krediti real bahosi nominal bahosidan kam bo’ladi. 
Moliyaviy  menejer  o’z  kompaniyasi  kapital  bahosini  juda  ko’p  sabablarga 
ko’ra  bilishi  lozim.  Birinchidan,  o’z  kapital  bahosi  kompaniya  faoliyatiga  resurslar 
qo’ygan investorlarga qaytimni ifodalaydi va o’z kapitalining bozor bahosini aniqlash 
uchun  (masalan  Gordon  modeli  yordamida),  kutilayotgan  foydani  o’zgarishiga 
bog’liq  holda  (aksiya)  firma  aksiyalari  bahosi  o’zgarishidan  yuzaga  keladigan 
tushumlar  va  dividendlarni  bashorat  qilishda  zarur  bo’ladi.  Ikkinchidan,  qarz 
mablag’lari bahosi to’lanadigan foizlar bilan umumlashtiriladi. Shuning uchun kapital 
jalb  qilishning  mumkin  bo’lgan  bir  necha  variantidan  eng  yaxshisi  tanlab  olinishi 
kerak.  Uchinchidan,  bir  qancha  omillarni  (hisobga  olish  va  tanlab)  amalga  oshirish 
natijasida firma bozor bahosining maksimallashishi barcha ishlatilayotgan mablag’lar 


116 
 
bahosining  minimallashtirish  hisobiga  erishish  mumkin  bo’lgan  boshqaruv 
personallari  oldidagi  muhim  vazifa  hisoblanadi.  To’rtinchidan,  kapital  bahosi 
investitsion loyihalarni tahlil qilishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. 
Bank  ssudalari  va  qarzlari,  obligatsion  qarzlar,  imtiyozli  aksiyalar,  oddiy 
aksiyalar, taqsimlanmagan foyda, ya’ni bu manbalardan har biri turlicha bahoga ega, 
lekin,  uni  shakllantirish  mantiqi  bir  xil  va  umumiy  ko’rinishda  moliyaviy 
resurslarning  bu  tipiga  bo’lgan  talab  va  taklifning  muvozanati  modeli  ko’rinishida 
ifodalanishi mumkin. 
Keltirib  o’tilgan  rasm  oson  va  aniq  interpritatsiyaga  ega.  Kapital  bozorning 
muvozanati  holatida  manba  bahosi  bu  bozor  qatnashchilarining  o’zaro  aloqalari 
natijasida  stixiyali  tarzda  o’rnatiladi.  AV  egri  chiziq  mazkur  tipdagi  kapitalda 
takliflarni ko’rsatadi:  taklif qanchalik  yuqori  bo’lsa, narx  shunchalik past bo’ladi va 
uni  potentsial  foydalanuvchilar  to’lashga  rozi  bo’ladi.  CD  egri  chiziq  talab  egri 
chizig’i  u  taklif  egri  chizig’iga  umuman  qarama-qarshidir.  Egri  chiziqlar  kesishish 
nuqtasida  yuzaga  keladigan  kapital  bahosi  darajasi  kapital  bozorida  mazkur  vaqtda 
o’rnatilgan optimal yechimdir. 
Qarz  kapitalining  asosiy  elementlaridan  biri  bank  ssudalari  va  korxona 
tomonidan  chiqarilgan  obligatsiyalar  hisoblanadi.  Birinchi  element  bahosi  foydaga 
soliq  hisobga  olingan  holda  ko’rib  chiqilishi  kerak.  Normativ  hujjatlarga  muvofiq 
bank  ssudasidan  foydalanganlik  uchun  to’lovlar  mahsulot  tannarxida  ko’rsatiladi. 
Shuning  uchun  mablag’larning  bunday  manbasining  bir  birligining  bahosi  (

bankka to’lanadigan foizga qaraganda kamroq. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish