Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov, H. A. Hakimov makroiqtisodiyot darslik toshkеnt – 2019


Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari



Download 1,19 Mb.
bet40/238
Sana31.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#201641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238
Bog'liq
Makro2019 4

4.1. Inflatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflatsiya - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.30 Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan bog‘liq.
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865
yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi
muomaladagi qog‘oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan
haddan ziyod ko‘payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish




  1. N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 101

54

darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.


Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:


  1. valuta kururslarining o‘zgarishi;




  1. kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi tomon o‘zgarishi;




  1. kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.

Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida aniqlanadi.


Baholaro‘rtacha (umumiy) darajasiningnisbiy o‘zgarishi

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish