Rezerv aktivlari
|
552,4
|
-256,0
|
-1
|
|
|
563,7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Rezerv aktivlari
|
552,4
|
-256,0
|
-1
|
|
|
563,7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
XVFdan toza qarz olish (rezerv pozitsiyasidan
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
|
tashqari)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boshqa moliyalashtirish
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
|
|
|
|
|
|
IV. Xatolar va yuqotishlar
|
72,3
|
-2
|
-939,6
|
|
|
023,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ushbu hisobot To‘lov balansi va xalqaro investitsiya pozitsiyasi Qo‘llanmasining 6-nashrida (XVF, 2009 y.) keltirilgan standart shakl asosida tuzilgan.
2018 yil yakuni bo‘yicha joriy operatsiyalar hisob varag‘i saldosi manfiy bo‘lib, 3,5 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMga nisbatan 7 foizni tashkil qildi.
Joriy operatsiyalar hisob varag‘ining manfiy saldosi, birinchi navbatda, import hajmining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu ichki bozorda tovarlarga talabning oshishi bilan bog‘liq.
2018 yil yakuni bo‘yicha tashqi savdo balansining manfiy saldosi xalqaro xizmatlarni inobatga olgan holda 9,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 5,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
Hisobot yilida tovarlar importi 47 foizga o‘sib, 18,3 mlrd. AQSh dollarini3, tovarlar eksporti esa 12 foizga o‘sib, 11,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bunda, tovarlar eksporti o‘sish sur’atining 2017 yilga nisbatan sekinlashuvi ichki bozorda eksportbop tovarlarga talabning oshishi bilan bog‘liq hisoblanadi.
261
2018 yilda xalqaro xizmatlar savdosi manfiy saldosi 2,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Bunda, xizmatlar eksporti 22 foizga o‘sib, 2,7 mlrd. AQSh dollarini, xizmatlar importi esa 27 foizga o‘sib, 5,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
Birlamchi daromadlarning ijobiy saldosi 1,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Rezidentlarning birlamchi daromadlari kelib tushishi 2017 yilga nisbatan 23 foizga oshib, 3,2 mlrd. AQSh dollarini, norezidentlarning birlamchi daromadlari bo‘yicha to‘lovlar esa 25 foizga oshib, 1,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi.
O‘z navbatida, ikkilamchi daromadlar ijobiy saldosi 4,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Ikkilamchi daromadlarning kelib tushishi 2 foizga oshib, 4,9 mlrd. AQSh dollarini, ular bo‘yicha to‘lovlar esa 24 foizga oshib, 615,2 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.
2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning sof o‘sishi 606,4 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Jumladan, xorijdan kirib kelgan investitsiyalar hajmi 1,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilib, shundan 674,2 mln. AQSh dollari neft-gaz sohasi korxonalari bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida, ular bo‘yicha daromadlar esa 1,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lib, uning 1,0 mlrd. AQSh dollari neft-gaz sohasi korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, 2018 yilda portfel investitsiyalar bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi.
2018 yilda joriy operatsiyalar hisob varag‘i manfiy saldosining moliyalashtirilishi asosan tashqi qarzlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |