19.3-rasm. Valuta taklifidagi o‘zgarishlarning real almashtirish kursiga ta’siri Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo‘lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valuta kursini oshiradi va to‘lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag‘batlantiruvchi budjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg‘armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi.