Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 An’anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg‘unlashuvini



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

6.2. An’anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg‘unlashuvini 
ta’minlash  
 
Internet-loyihani  amalga  oshirishni  boshlash  haqida  qaror  qabul  qilishda  shuni 
hisobga olish kerakki, Internet tizimi bu – innovatsion marketingning oddiy bir yangi 
vositasigina emas, balki korxonada marketing majmuini kengaytirish vositasi hamdir. 
Eng  yangi  axborot  texnologiyalarining  ulkan  rol  o‘ynashiga  qaramay,  elektron 
marketing  an’anaviy  marketing  o‘rnini  bosmasdan,  uni  faqat  to‘ldirib  turadi,  shu 
tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya’ni amaliyotda integratsiyalangan 
yondashuv qo‘llaniladi.Shu sababli kompaniya faoliyatining muvaffaqiyati an’anaviy 
va elektron innovatsion marketing oqilona uyg‘unlashuviga erishish bilan belgilanishi 
lozim. Bu uyg‘unlashuvning oqilonaligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi. 


88 
 
1.  Internet-loyiha  haqiqatda  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  uchun  u  faqat  kompaniya 
umumiy  korporativ  strategiyasi  doirasida  yaratilishi  va  uning  tarkibiy  qismlaridan 
birini  ifodalashi  lozim.  Hozirgi  paytda  ko‘plab  kompaniyalar  ushbu  qoidaga  amal 
qilmayapti,  bu  esa  real  zarurat  bo‘lmagani  holda  sezilarli  kapital  qo‘yilmalar 
kiritishni  talab  qiladigan  yirik  miqyosli  loyihalar  yaratishga  yoki  aksincha,  bunda 
firma kichikkina axborot veb-sahifasi ochish bilan cheklanadigan internet-loyihalarni 
etarli darajada moliyalashtirmaslikka olib keladi. 
2. 
An’anaviy  va  internet-marketing  nisbati  universal  bo‘lmasligi, 
kompaniyaning  bozor  ulushi  va  uning  tarmoqdagi  o‘sish  sur’atiga  qarab  farqlanishi 
lozim. Qoidaga ko‘ra, umumiy korporativ strategiya tanlash Boston matritsasi asosida 
amalga  oshiriladi.  Ushbu  yondashuvga  ko‘ra  barcha  firmalar  yuqorida  ko‘rsatilgan 
ikki  ko‘rsatkich  bo‘yicha  to‘rt  guruhga  taqsimlanadi.  Internet-loyiha  kompaniyaning 
umumiy  strategiyasiga  muvofiq  ishlab  chiqilishi  lozim  ekanligini  ham  hisobga  olib, 
marketing  ikki  yo‘nalishi  o‘rtasida  resurslar  taqsimlash  sohasida  strategiya 
shakllantirishda  shuningdek,  Boston  matritsasidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq. 
Bundan tashqari, Boston matritsasi innovatsiyalar strategiyasini shakllantirishda ham 
foydalaniladi, istalgan internet-loyiha esa aynan innovatsion xarakterga ega bo‘ladi. 
3.  Mablag‘larni  an’anaviy  va  elektron  marketing  o‘rtasida  taqsimlash  hamda 
internet-loyihani  amalga  oshirish  va  uning  ko‘lamlari  haqida  qaror  qabul  qilishda 
firma  tomonidan  bir  qator  mezonlar  baholanishi  lozim  bo‘lib,  ularning  asosiylari 
quyidagilar hisoblanadi: 
▪ real va elektron bozordagi raqobat darajasi va uning o‘zgarish tendensiyalari; 
▪  loyiha  tashkilotning  maqsad  va  vazifalariga,  shuningdek,  uning  moliyaviy 
imkoniyatlariga mos kelishi; 
▪  real va elektron bozorlar sig‘imi nisbati; 
▪  internet-loyiha ishlab chiqish va amalga oshirish qiymati; 
▪  vaqt  jihati:  kompaniya  elektron  marketingni  amalga  oshirishdan  foyda  ola 
boshlaydigan paytgacha zarur bo‘lgan vaqt; 
▪ internet-marketingga qo‘yilmalar o‘zini qoplamasligi bilan bog‘liq risk; 


89 
 
▪  mos  keluvchi  kasbiy  daraja  va  malakaga  ega  bo‘lgan  qo‘shimcha 
mutaxassislar jalb qilishga ehtiyoj; 
▪ qo‘shimcha  texnik  va  texnologik  ta’minotga  ehtiyoj  va  uni  xarid  qilish 
xarajatlarini baholash. 
4.  Hozirgi  paytda  Internet  tizimida  savdoni  tashkil  qilishda  kompaniyalar 
xaridorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ham, vositachilar orqali ham topmoqda, bunda ko‘plab 
firmalar  Internetda  odatiy  taqsimot  kanallaridan  foydalanishga  harakat  qilmoqda. 
Internet  bu  –  real  bozordan  farq  qiladigan  va  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan 
bozor  ekanligi  sababli  internetda  faqat  interaktiv  muhitda  ishlashga  ixtisoslashgan 
elektron  vositachilar  bilan  ishlash  eng  samarali  hisoblanadi.  Real  bozorda  an’anaviy 
taqsimot  kanallaridan  foydalanishda  Internet  vositachilar  bilan  o‘zaro  aloqalarni 
engillashtirish uchun va qo‘shimcha axborot manbasi sifatida qo‘llanishi lozim.  
5.  Internet  tizimi  orqali  sotuvni  tashkil  qilishda  firmalar  e’tiborga  olishi  lozim 
bo‘lgan  yana  bir  muammo  vujudga  keladi.  Bugungi  kunda  xorijiy  internet-
magazinlarda tovar va xizmatlarning barcha turlari taklif etilmoqda. Biroq agar g‘arb 
mamlakatlarida  tarmoqa  taklif  etilayotgan  barcha  mahsulotlarga  xaridorlarda  talab 
mavjud  bo‘lsa,  bizning  mamlakatimizda  asosan  dasturiy  ta’minotna  talab  yuqori 
sanaladi.  
6. Muzokaralar olib borishda shaxsiy uchrashuvlar va internet-texnologiyalardan 
foydalanishni  uyg‘unlashtirish  zarur.  Xususan,  yakuniy  muzokaralarni  internetdan 
tashqarida o‘tkazish maqsadga muvofiq, bunda hamkorlarda qulay taassurot qoldirish 
va  psixologik  omil  katta  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Strategik  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
muhim  masalalarning  muhokamasini  ham  odatiy  usul  bilan  amalga  oshirish 
yaxshiroq bo‘ladi. 
7.  Reklama  kampaniyalari  o‘tkazishda  shubhasizki,  boshqa  mediakanallar  bilan 
taqqoslaganda  Internet  ustunliklarga  ega  bo‘ladi,  biroq  u  an’anaviy  kanallarning 
o‘rnini  bosa  olmaydi.  Internet  tizimidan  foydalanuvchilar  soni  mamlakat  aholisi 
umumiy sonining ma’lum bir foizinigina tashkil qilishi sababli faqat internet-reklama 
bilan  chegaralanish  yoki  undan  asosiy  fosita  sifatida  foydalanish  maqsadga  muvofiq 
emas.  Internet-reklamaga  mablag‘lar  an’anaviy  va  internet-bozor  hajmining 


90 
 
nisbatiga,  kompaniya  oldida  bozorlarni  kengaytirish  bo‘yicha  turgan  vazifalarga 
qarab proporsional ravishda taqsimlanishi lozim.  
Korxonada  innovatsion  marketing  samaradorligini  belgilab  beradigan  eng 
muhim  omillar  qatoriga  elektron  va  an’anaviy  marketing  uyg‘unlashuvidan  tashqari 
innovatsion  marketing  tizimi  ushbu  elementlarini  alohida  optimallashtirishni  ham 
kiritish  zarur.  Elektron  marketing  mahalliy  korxonalar  uchun  hali  yangilik 
hisoblanishini  hisobga  olib,  ushbu  yo‘nalishni  takomillashtirish  bugungi  kunda  eng 
dolzarb hisoblanadi. 
Bozorni  segmentlash  muammosi  internet-marketing  uchun  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi,  chunki  Internet  kompaniyalarga  bozor  segmentini  tashkil  qiladigan 
maqsadli  doiraga  o‘z  ta’sirini  maksimal  darajada  aniq  mujassamlantirishga  imkoln 
beradi.  Segmentlash  usulini  to‘g‘ri  tanlash  shartida  Internet  bu  jarayonni  ancha 
soddalashtirish  imkonini  beradi.  Bundan  tashqari,  yoki  umuman  xarajatlar  talab 
qilinmaydi, yoki ular minimal bo‘ladi; bunda segmentlashni juda tez o‘tkazish, ya’ni 
vaqtni ham tejash mumkin. 
Shunday  qilib,  firma  maqsadli  doiraga  yo‘naltirilishi  va  uning  hajmiga  qarab, 
taxmin  qilinayotgan  bozor  hajmini,  demak,  kutilyotgan  sotuv  hajmini  ham  aniqlashi 
mumkin. 
Internet-savdoning  an’anaviy  savdodan  muhim  bir  farqi  sotuvchi  tomonidan 
xaridorga  nisbatan  ruhiy  ta’sir  ko‘rsatish  imkonining  yo‘qligi  hisoblanadi.  Internet 
orqali  xarid  qilishda  foydalanuvchi  faqat  kompyuter  bilan  muloqot  qiladi  va  taklif 
etilayotgan  tovar  tavsifnomasini  diqqat  bilan  o‘rganish  uchun  etalicha  vaqtga  ega 
bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish