Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Reklama va uning samaradorligi tahlili



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
9.4. Reklama va uning samaradorligi tahlili 
 
Innovatsiyalarni  bozorga  siljitish  usullari  o‘ziga  xosliklarga  egadir.  Reklama 
tadbirlari  maksimal  axborot  berish  xarakteriga  ega  bo‘lishi  lozim.  Reklamaning  eng 
muhim shakllari bu – reklama prospektlari va kataloglari, ixtisoslashgan jurnallardagi 
nashrlardir.  Tovarni  siljitishning  samarali  usullari  sifatida  o‘quv  seminarlari  va 
ko‘rgazmalarni ham ko‘rsatish mumkin. 
Iste’molchi  tovarni  xarid  qilishni  istashi  uchun  uning  mavjudligi  va  sifatlari 


154 
 
haqida  bilishi  lozim.  «Ishlab  chiqaruvchi  –  iste’molchi»  aloqa  kanalini  esa  reklama 
ta’minlaydi. 
Reklama  uni  yaratishda  inson  psixikasining  xususiyatlari  hisobga  olingan 
holdagina  maqsadga  erishadi.  Reklamani  qabul  qilishning  umum  e’tirof  etilgan 
modeli sanalgan AIDMAmodel «e’tibor - qiziqish - istak - motiv - harakat» zanjirini 
nazarda tutadi. 
Reklamaning ta’siri undagi reklama qilinayotgan mahsulot bahosiga ham, uning 
foydasiga  xizmat  qiladigan  dalillarga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  iste’molchi  bunday 
baholar  va  dalillarni  topmasa,  reklama  ta’siri  ham  susayadi.  Dalillarni  reklama 
qilinayotgan  mahsulotning  mahsulotini  va  ajralib  turadigan  xislatlarini  mantiqiy 
ochib  beradigan  ob’ektiv  dalillarga  hamda  ma’lum  bir  hissiyotlar  va  tasvvurlar 
uyg‘otadigan  dalillarga  ajratish  mumkin.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  reklama 
quyidagi hollarda samarali bo‘ladi: 
 mahsulot standartlashtirilgan; 
 
ko‘plab yakuniy iste’molchilar mavjud; 
 
qo‘shimcha xizmat ko‘rsatilishi muhim; 
 ishlab chiqaruvchi sotuvining katta qismini yangi mahsulotlar tashkil qiladi. 
Umuman  olganda  reklama  faoliyatida  harakatlarning  uchta  asosiy  guruhi 
mavjud: 
 axborot  berish  (mahsulot  mavjudligi  va  sifatlari  qanady  ekanligi  haqida 
xabardor qilish); 
 ishontirish  (ijobiy  hissiyotlar  uyg‘otish,  tovarni  tan  olish  pozitsiyasiini 
shakllantirish); 
 moyillikni 
qo‘llab-quvvatlash 
(mavjud 
iste’molchilarni 
kelusidagi 
sotuvlarning asosiy manbasi sifatida mustahkamlash). 
Sanoat  iste’moli  yo‘nalishidagi  innovatsion  mahsulotlarni  reklama  qilish  o‘z 
xususiyatlariga  ega.  U  ko‘p  jihatdan  shaxsiy  muloqotlarda  amalga  oshirilib,  ko‘p 
axborot talab etadi. Bu kampaniyalar uzoq vaqt davom etadi, reklama kampaniyalari 
byudjeti nisbatan kamroq (sotuv birligiga hisob-kitob qilganda). Kampaniya, qoidaga 
ko‘ra,  har  bir  xaridor  tashkilotda  xarid  uchun  javob  beradigan  tor  doiradagi 


155 
 
shaxslarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Ta’kidlash  joizki,  reklama  ko‘pincha  yangi  mahsulotni  sotuvga  keng  taklif 
etishdan oldin keladi. Shuningdek, yangi mahsulot reklamasi iste’molchilarni u bilan 
dastlabki  tanishtirishning  o‘rnini  olmasligi  lozim.  Aks  holda  reklama  axborotga 
keragidan ortiq to‘yingan va shu sababli samarasiz bo‘ladi. 
Hozirgi  paytda  ko‘rgazma  o‘tkazishning  yangi  shakli  –  ko‘rgazma-savdolar 
foydalanilmoqda.  Bu  erda  tovarni  magazinda,  savdo  markazida,  ko‘chada  yangi 
tovarni sinab ko‘rish uchun taqdim etgan holda namoyish qilish amalga oshirilmoqa. 
Tovar uni tabiiy qo‘llash shaklida namoyish etiladi. 
Internet  tarmog‘idan  foydalanishning  keng  tarqalishi  ko‘rgazmalarning  boshqa 
bir noan’anaviy shakli – internet orqali ko‘rgazmalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu 
ko‘rgazmalar  virtual  reallik  va  multimedia  vositalarni  qo‘llagan  holda  ishlab 
chiqiladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish