Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie)



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie). Xabar berishga oid kanallar 
dinamik,  vaqt  bo‘yicha  o‘zgaradigan  axborot  uzatish  xususiyati  bilan  ajralib  turadi. 
Bu  qatorga  birinchi  o‘rinda  radio  va  televidenie,  jumladan,  sun’iy  yo‘ldoshli 
teleko‘rsatuvlar va o‘ziga xos bo‘lgan kabelli radio kiradi. 
Televidenie  kommunikatsiyalar  jarayonida  foydalanish  mumkin  bo‘lgan 
ifodalash  vositalari  eng  keng  majmui  bilan  ajralib  turadi.  Barchaga  ma’lumki, 
axborotning  katta  qismini  inson  ongi  ko‘rish  orqali  qabul  qiladi  va  televidenie, 
o‘zining harakatlanayotgan rangli tasvirlarni ovoz (shuningdek, seterofonli yoki besh 
kanalli hajmli ovoz va telematn) jo‘rligida uzatish imkoniyatlari bilan birgalikda vaqt 
birligida  tomoshabinga  eng  ko‘p  hajmda  ma’lumot  etkazishga  qodir  bo‘lgan  eng  tez 
axborot uzatish kanali hisoblanadi. 
Biroq  barcha  ustunliklar  bilan  birgalikda  televidenie  va  xabar  berishga  oid 
boshqa  kanallar  ayrim  jiddiy  kamchiliklarga  yoki  to‘g‘riroq  aytadigan  bo‘lsak, 
cheklovlarga  ham  ega  bo‘lib,  ularni  iste’molchilar  bilan  kommunikatsiya  kanallarini 
tanlashda hisobga olish zarur. Xabar berishga oid kanallarga xos bo‘lgan xususiyat bu 
– uzatiladigan axborotning yozib olish imkoniyati bilan biroz yumshatilgan bo‘lsada, 
lekin  to‘liq  bartaraf  qilinmaydigan  lahzalik  xarakterga  egaligidir.  Bu  real  vaqt 
rejimida  signal  faqat  belgilangan  vaqtda  qabul  qilinishi  va  agarda  tomoshabin  yoki 
tinglovchini  shu  paytda  teleko‘rsatuv  yoki  eshittirishdan  nimadir,  masalan,  uy 
tashvishlari  chalg‘itgan  bo‘lsa,  axborotning  bir  qismi  uzil-kesil  yo‘qotilishi 
mumkinligini  anglatadi.  Namoyish  etiladigan  va  eshittiriladigan  dasturlarning 
lahzalik  xarakteri  xabar  berishga  oid  kommunikatsiya  kanallarini  bosma  nashrlarga 
nisbatan  ishonchlilik  darajasi  pastroq  qilib  qo‘yadi,  vaholanki  amaliyotda  bu 
teleko‘rsatuvlarning  misli  ko‘rilmagan  darajada  ifodalash  qobiliyati  va 


148 
 
translyasiyalarning  muhim  joylarini  ko‘p  martalab  takrorlash  imkoniyati  bilan 
qoplanadi. 
Xabar  berishga  oid  kanallarini  texnik  xususiyatlardan  tashqari  odatda  ushbu 
ayditoriyalarning  bir  qator  psixologik  va  ijtimoiy  xususiyatlari  ham  ajratib 
ko‘rsatiladiki, ular faqat xabar berishga oid kanallarga xos bo‘lgan maxsus usullardan 
foydalanishni talab qiladi. 
Televidenie  uchun  ular  uchun  boshqa  ko‘rsatuvlar  to‘xtatib  turiladigan  yoki 
ko‘rsatuvlar  orasidagi  pauzalar  to‘ldiriladigan  reklama  bloklari  vaqtida  ketma-ket 
keltiriladigan, 10 dan 30 sekundgacha davom etadigan reklama roliklari xarakterli. 
E’tiborliligi shundaki, tomoshabinlar qoidaga ko‘ra bunday qisqa vaqt davomida 
reklama  roligida  berilayotgan  axborot  mohiyatini  to‘liq  anglab  ololmaydi. 
Iste’molchilar  uni  eslab  qolishi  va  ushbu  xabarga  reaksiya  bildira  boshlashi  uchun 
reklama  roligini  bir  necha  marta  takrorlash  talab  etiladi.  Qoidaga  ko‘ra,  televizion 
reklamani  tanib  olish,  eslab  qolish  va  unga  reaksiya  paydo  bo‘lishi  uchun 
iste’molchilarda  bir  necha  haftadan  bir  necha  oygacha  vaqt  ketadi  va  bu  vaqt 
davomida  reklama  roligi  tez-tez  namoyish  etib  turilishi  talab  qilinadi.  Bu  holat 
reklama  kompaniyasining  kumulyativ  samarasi  nomini  olgan.  Xabar  berishga  oid 
kanallarning  bu  xususiyati  reklama  roligining  bir  marta  namoyish  etilishi  maqsadga 
muvofiq  emas  qilib  qo‘yadi  va  reklama  roliklari  ko‘p  marta  va  tez-tez  takrorlanishi 
tufayli televizion reklama kampaniyalari davomida ulkan xarajatlarga olib keladi. 
Kumulyativ  samaraning  teskari  tomoni  ma’lum  vaqt  o‘tgach  reklama  roliklari 
berish  tez-tezligini  pasaytirish  yoki  ularni  umuman  to‘xtatib  qo‘yish  imkoniyati 
hisoblanadi.  Teletomoshabinlar  va  radiotinglovchilar  bu  holatda  birdaniga  emas, 
balki  biroz  vaqt  o‘tgach  reaksiya  bildiradi,  bu  esa  ushbu  samaradan  to‘g‘ri 
foydalanishda  reklama  kampaniyasi  davomida  mablag‘larni  tejab  qolishga  imkon 
beradi. 
Radio 
orqali 
reklama 
ham 
o‘ziga  xosliklari  bilan  ajralib  turadi. 
Radioeshittirishlarni qabul qilishning asosiy psixologik xususiyati shundaki (umuman 
olganda,  bu  oxirgi  paytlarda  doimiy  ravishda  yoqilgan  turadigan  televizorlarga  ham 
taalluqli)  radioeshittirishlarning  ayni  paytda  tinglovchi  band  bo‘lgan  boshqa  faoliyat 


149 
 
uchun  qandaydir  bir  fon  ekanligi  tufayli  e’tiborning  pasayishi  hisoblanadi. 
Radiotinglovchi  o‘z  ishi  bilan  to‘laligicha  mashg‘ul  bo‘lgan  paytlarda  umuman 
radioga  e’tibor  bermay  qo‘yadi,  psixologik  jihatdan  undan  uzoqlashadi  va  bor 
e’tiborini o‘z ishiga qaratadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish