Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

 
4.3.Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash 
 
Iste’mol  yo‘nalishidagi  pozitsiyadan  yangi  tovarlarni  siljitishning  asosiy 
yo‘nalishlari:  tovarni  almashtirish,  tovarni  mavjud  assortiment  guruhlariga  qo‘shish, 
yangi  assortiment  guruhlari,  jahon  uchun  yangilik  sanalgan  va  yangi  foydalanish 
sohalari  va  sotuv  bozorlari  hosil  qiladigan  tovarlar  hisoblanadi.  Quyida  innovatsion 
mahsulotga  narx  belgilashning  asosiy  usullari  keltirilgan  va  ulardan  amaliy 
foydalanish   ko‘rsatilgan.  
Innovatsion  mahsulotga  narx  shakllantirishning  asosiy  usullari  bo‘lib 
quyidagilar hisoblanadi:  

 
"bozorda qaymog‘ini olish" usuli; 

 
bozorga kirib borish usuli; 

 
iste’mol qiymatini baholash usuli; 

 
maqsadli daromad me’yori olish usuli; 

 
xarajatlarni tez qaytarish usuli. 
Yangilik-tovarlarga  narx  shakllantirishning  shu  va  boshqa  usullarini  shartli 
ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:  
xarajatli yondashuv (narx mahsulot tannarxi va rentabellik normativlariga qarab 
belgilanadi) guruhi; 
yangilik kiritishning umumiy foydaliligidan kelib chiqadigan usullar guruhi. 
Narx  belgilashda  asosiy  iste’molchilar  guruhining  ehtimoliy  reaksiyasini  ham 
hisobga  olish  zarur.  U  ishlab  chiqaruvchining  nufuzi  va  iste’molchining  umidlariga 
qalin  bog‘liqdir.  Iste’molchi  qimmatroq  bo‘lsada,  o‘zini  yaxshi  tomonidan 
ko‘rsatishga  ulgurgan  markadagi  mahsulotni  xarid  qilishni  afzal  ko‘rish  ehtimoli 
yuqori.  Biroq  bunda  hattoki  ishlab  chiqaruvchining  nufuzi  yuqori  bo‘lgan  taqdirda 
ham  jamoatchilikning  «ortiqcha  foyda»  deb  ataladigan  salbiy  fikri  shakllanishining 


66 
 
oldini  olish  lozim.  Bu  iste’molchi  buyurtmasini  maqbul  keladigan  muqobil  variant 
mavjud tomon burib yuborishi mumkin.  
Innovatsion  mahsulotga  yakuniy  narx  belgilash  masalasini  hal  qilishga 
kirishishda  shuni  esdan  chiqarmaslik  kerakki,  uning  hajmini  aniqlash  bozordagi 
vaziyatni  va  korxonaning  umumiy  strategiyasini  hisobga  olmasdan  turib  amalga 
oshirilishi mumkin emas.  
Amaliyotning  ko‘rsatishicha,  yakuniy  narx  hajmi  marketing  bo‘limi,  sotuv 
bo‘limi,  iqtisodiyot  bo‘limi  va  moliya  bo‘limi  rahbarlari  tomonidan  belgilanishi 
lozim.  Ulardan  har  birining  narx  darajasi  haqida  o‘z  tasavvuri  bo‘ladi  va  ba’zida 
murosaga kelish uchun ko‘p ishlarni bajarishga to‘g‘ri keladi.  
Innovatsion  mahsulot  narxini  belgilashda  hisobga  olinadigan  asosiy  omil 
raqobatchilar narxlarini o‘rganish hisoblanadi. Real va potensial raqobatchilar doimo 
ishlab  chiqarishdan  olinadigan  foyda  va  narxlar  strukturasini  baholashga  harakat 
qiladi.  Real  raqobatchilar  xuddi  shunday  yoki  bundan  yaxshiroq  mahsulot  taklif 
qilishga,  potensial  raqobatchilar  esa  –  agar  ularning  fikriga  ko‘ra  foyda  yuqori 
bo‘ladigan bo‘lsa, bozorga kirishga intiladi.  
Narx  raqobatbardoshlik  tarkibiy  qismlari  ichida  eng  sezilarlisi  hisoblanadi, 
shunday  ekan,  uning  o‘zgarishi  tezroq  aniqlanadi  va  javob  tariqasidagi  reaksiyaga 
sababchi  bo‘ladi.  Boshqa  elementlar  o‘zgarishi  unchalik  sezilarli  bo‘lmasligi 
mumkin,  ularni  aniqlash  va  javob  tariqasidagi  harakatlarni  tashkil  qilish  qiyinroq 
bo‘ladi.  
Yangi  tovar  yoki  xizmatlarga  narx  belgilashda  asosiysi  shundaki,  narx  (tovar 
yoki  xizmatlarning  o‘zi  kabi)  oson  tushunilishi,  mijoz  narx  tovar  yoki  xizmatning 
«asl» qiymatini aks ettirishini ko‘rishi lozim, bu esa mijozning kompaniyaga bo‘lgan 
ishonchini  oshiradi  va  takroriy  xaridlarga  olib  keladi.  Agarda  gap  yangi  tovar  yoki 
xizmat  haqida  boradigan  bo‘lsa,  kompaniyaning  faol  siyosati  mijozning  ishonmaslik 
darajasini pasaytiradi, mijozlar ishonchini motivatsiyalaydi.  
Innovatsion  mahsulotlar  narxini  shakllantirishga  yondashuvlarni  birinchidan, 
sotuv  ob’ektiga  qarab,  ikkinchidan,  innovatsion  faoliyat  bosqichiga  qarab  taqsimla 


67 
 
lozim  bo‘lib,  bu  mahsulot  haqidagi  axborot  hajmi  va  uni  detallashtirish  darajasi 
turlicha ekanligi bilan izohlanadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish