Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Brendni shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

 
5.3. Brendni shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish  
 
O‘tkazilgan  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  mahalliy  iqtisodchi  olimlarning 
aksariyat  asarlarida  brend  yaratish  mexanizmi  etarli  darajada  to‘liq  ko‘rib 
chiqilmagan,  xorijiy  tadqiqotchilarning  brend  shakllantirish  texnologiyalari  esa 
ko‘pincha  mahalliy  bozor  xususiyatlarini  hisobga  olmaydi.  Biroq  aynan  brend 
yaratish  uslubiyati  masalalari  bugungi  kunda  sanoat  tovarlari  bozorida  faoliyat 
ko‘rsatayotgan  va  hali  o‘z  brendiga  ega  bo‘lmagan  ko‘pchilik  mahalliy  korxonalar 
uchun dolzarb hisoblanadi. 
Brend  yaratish  va  uning  iste’molchilar  orasida  muvaffaqiyatga  erishishi  brend 
shakllantirish mexanizmining samarali faoliyat yuritishiga asoslanib, bu erda korxona 
va  iste’molchilar  o‘zaro  aloqalarining  ketma-ketlikdagi  yig‘indisi,  ular  yordamida 
brending  sohasidagi  korxona  faoliyatining  asosiy  maqsadi  ta’minlanadigan  usullar 
tushuniladi. 
Brend  shakllantirish  mexanizmining  asosini  innovatsiyaning  o‘zi,  iste’molchi 
uchun  sotuvga  taklif  etiladigan  va  innovatsiyaga  bildiriladigan    funksional 
ehtiyojlarga  javob  beradigan  brendning  moddiy  tarkibiy  qismi  tashkil  qiladi. 
Bo‘lg‘usi  brendning  iste’molchila  ongida,  kelgusida  esa  –  uzoq  muddatli  ishonchli 


80 
 
munosabatlardagi  individual  obrazini  yaratishda  tovar  sifati  birinchi  darajali  rol 
o‘ynaydi. 
Hozirgi  paytda,  M.Plank  nomidagi  Germaniya  ilmiy-tadqiqot  institutining 
ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlarning 60%i tovar belgisini tovarning ma’lum bir sifati 
bilan barqaror ravishda bog‘lab keladi, yana 30%i – sifati va uning aynan shu firmaga 
tegishli  ekanligi  bilan  bog‘laydi,  qolgan  10%i  esa  tovar  yoki  xizmatlarni  tanlashda 
tovar  belgisiga  e’tibor  qaratmaydi.  Shu  sababli  jahonda  chiqarilayotgan  jami 
tovarlarning 80%dan ortig‘i tovar belgilari bilan markalanadi. 
Marketing  sohasidagi  mashhur  mutaxassis  Piter  Doyl,  brendni  shakllantirish 
mexanizmi  elementlarini  ko‘rib  chiqar  ekan,  uch  bosqichni  ketma-ketlikda  bosib 
o‘tgan holda brendni yaratish mumkin deb hisoblaydi: 

 
xaridorlar ehtiyojlarini qoniqtiradigan sifatli mahsulot yaratish; 

 
samarali taqdimot o‘tkazish; 

 
uni  boshqa  mahsulot  va  xizmatlar  bilan  to‘ldirgan  holda  savdo  markasi 
bazasini kengaytirish. 
Birinchi bosqich sifatida sifatli tovar yaratishni ajratib ko‘rsatar va unga alohida 
e’tibor  qaratar  ekan,  afsuski,  P.Doyl  brendni  shakllantirish  mexanizmining  butun 
zanjirini  ko‘rib  chiqmaydi,  balki  faqat  asosiy  jihatlarini  ko‘rsatadi,  bizningcha,  ular 
o‘z  navbatida,  batafsil  tahlilga  ehtiyoj  sezadigan  alohida  mustaqil  elementlardan 
tarkib topadi. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pchilik  mahalliy korxonalar  uchun sifatli tovar 
mavjudligi  o‘z  brendini  muvaffaqiyatli  shakllantirish  uchun  zaruriy,  lekin  etarli 
bo‘lmagan  shart  hisoblanadi.  Buning  sababi  shundaki,  bitta  tovar  guruhida  raqobat 
kuchli  va  ishlab  chiqarilayotgan  raqobatchi-tovarlar  sifatining  yuqori  darajada 
ekanligi kuzatilmoqda. 
Turli  mahalliy  korxonalar  amaliy  tajribalarini  tadqiq  etish  natijasida 
aniqlanadiki,  brendni  shakllantirish  mexanizmini  quyidagi  elementlardan  iborat 
bo‘lgan ma’lum bir algoritmik struktura ko‘rinishida aks ettirish mumkin. 
1.Brendning biznes-g‘oyasini shakllantirish. 


81 
 
2.Bozorni  tahlil  qilish:  segmentlash,  bozor  sig‘imini  va  uning  segmentlarini 
baholash, bozor dinamikasi va raqobatchilarni o‘rganish. 
3.Sifatli tovar yoki xizmat yaratish. 
4.Tovarni identifikatsiya qilish va individuallashtirish. 
5.Bo‘lg‘usi brend hududida sotuv hajmini oshirish. 
6.Iste’molchi tomon reklama kommunikatsiyalari. 
7.Korxonada brend mafkurasi muhimligini shakllantirish. 
8.Ko‘pchilikning moyilligi va sodiqligiga erishish. 
9.Iste’molchi ongida brend g‘oyasini mustahkamlash. 
10.Iste’molchining  brend  qimmatiga  ishonishi  va  uni  o‘z  qadriyatlariga 
tenglashtirishi. 
11.Brendni kelgusida boshqarish. 
Ta’kidlash 
joizki, 
brendni 
shakllantirish 
mexanizmining 
dastlabki 
bosqichlaridan  biri  sifatida  yangi  ttovar  yaratish  emas,  balki  biznes-g‘oya  ishlab 
chiqish va ifodalashni ko‘rsatmoqdamiz. 
O‘z  brendini  yaratayotgan  har  qanday  korxonaning  asosiy  iqtisodiy  maqsadi 
innovatsiyalarning  bozor  qiymati  va  raqobatbardoshligini  oshirish  hisoblanadi. 
Biznes-g‘oya 
ishlab 
chiqish 
brendni 
shakllantirishda 
ko‘zda  tutiladigan 
kompaniyaning aniq  maqsadlarini  ifodalashga  imkon beradi:  uzoq  muddatli va qisqa 
muddatli  rejalar,  muvaffaqiyatlilikni  aniqlash  mezonlari,  tadbirkorlik  faoliyatining 
taktik va strategik jihatlari va h.k. 
Biznes-g‘oya  ishlab  chiqish  masalasi  bugungi  kunda  ko‘plab  kompaniyalar 
uchun dolzarb sanaladi va birlamchi ahamiyat kasb etadi. Mahalliy korxonalar amaliy 
tajribasi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda kompaniyalar biznes-g‘oya 
ishlab chiqishni pisand qilmasdan, o‘z faoliyatini ma’lum bir tovar ishlab chiqishdan 
boshlamoqda.  Taklif  etilayotgan  brend  shakllantirish  mexanizmi  elementi  –  biznes-
g‘oya  ishlab  chiqish  –  brendni  strategik  rivojlantirish,  shuningdek,  korxonaning 
o‘zini rivojlantirish masalalarini samaraliroq hal etishga imkon beradi. 
Shakllantirilgan  biznes-g‘oyani  aniqlashtirish,  brendning  bozordagi  asosiy 
pozitsiyalarini  aniqlash,  uning  sig‘imi,  dinamikasi  va  tovar  nishasidagi  raqobat 


82 
 
darajasini  baholashga  dastlabki  bozor  tahlili  yordam  beradi.  Bo‘lg‘usi  brendning 
bozordagi  pozitsiyalarini  ishlab  chiqish,  iste’molchilarni  segmentlash  zarur. 
Fikrimizcha,  brend  shakllantirish  doirasida  iste’molchilarni  segmentlash  masalalari 
sohaning kam o‘rganilganligi sababli alohida e’tibor talab qiladi. 
Quyidagi  5.1-jadvalda  innovatsiyalar  bozorida  brendni  shakllantirishning 
alohida bosqichlarini bajarish usullari aks ettirilgan. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish