Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

 
 
 
                                                
2
 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 30 октябрдаги ПФ-5564-сонли “Товар бозорларида 
савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожоантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги  Фармони. -// Халқ 
сўзи, 2018 йил 31 октябрь, № 225 (7183). 


13 
 
1-BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH 
SHAROITIDA MARKETINGNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY 
ASOSLARI 
 
1.1. Innovatsiyalarni boshqarishning nazariy asoslari 
 
Iqtisodiyot  globallashuvining  yangicha  sharoitida  iqtisodiy  rivojlanishning 
asosiy  belgisi  ishlab  chiqarishning  texnologik  usuli  va  ularning  butun  jamiyat 
iqtisodiy  salohiyatiga  ta’siridagi  o‘zgarishlar  hisoblanadi.  Ko‘pchilik  zamonaviy 
tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ro‘y berayotgan innovatsion 
o‘zgarishlar  nafaqat  jamiyatning  ishlab  chiqarish  kuchlarini  o‘zgartiradi,  balki 
ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlar  tizimidagi  markaziy  bo‘g‘inni  ham  ifodalaydi. 
Innovatsion  rivojlanish  konsepsiyasiga  ko‘ra,  texnika  va  texnologiyalardagi 
innovatsiyalarning  har  bir  yangi  avlodi  o‘zining  ijtimoiy  hayotdagi  ta’sir  doirasini 
kengaytiradi.  Agar  XX  asrning  o‘rtalarida  hukmronlik  qilgan  texnokratik 
tendensiyalar  va  texnologik  determinizm  nazariyalari  «texnologik  oqilonalik», 
texnologiyalarning  shubhasiz  foydali  ekanligi  va  ularni  amalga  oshirish  uchun 
tadbirkorlik  erkinligi  zarurligi  haqidagi  tasavvurlarga  asoslangan  bo‘lsa,  innovatsion 
rivojlanishning 
zamonaviy 
nazariyalari 
ijtimoiy 
va 
tashkiliy 
o‘zgarishlar 
konsepsiyalari  bilan  juda  bog‘liqdir.  Texnologik  o‘zgarishlar  ilmiy  tadqiqotlar 
yo‘nalishlarida,  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  sotishda  o‘zgarishlarga  olib  keladi, 
ko‘plab  ijtimoiy  va  tashkiliy-boshqaruv  innovatsiyalari  yuzaga  kelishiga  sababchi 
bo‘ladi. Barcha darajadagi innovatsion tizimlar uchinchi mingyillikda iqtisodiy o‘sish 
yangi modeli shakllanishida hukmron g‘oyaga aylanadi. 
Ularning  asosiy  tarkibiy  qismlari  sifatida  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining 
barcha  bosqichlarida  yuzaga  keladigan,  kelib  chiqishi,  yangilik  darajasi,  predmetli-
mazmunli 
tuzilishi, 
iqtisodiy 
jarayonlarga 
ta’siri  bo‘yicha  farqlanadigan 
innovatsiyalar namoyon bo‘ladi. 
Raqobatning  asosiy  vositasiga  kapital  resurslar  va  moddiy  boyliklarga  egalik 
qilish emas, balki innovatsiyalarni ishlab chiqishga  joriy qilishdir. 


14 
 
Shu  boisdan  texnologiya  asosiy  etakchi  kuchga  aylanadi  va  biznesning 
rivojlanishini belgilab beradi. U hattoki kichik kompaniyalarga ham xalqaro bozorda 
katta  o‘yinchi  bo‘lishga  imkon  beradi.  Bu  kichik  va  o‘rta  kompaniyalar  uchun 
innovatsiyalarni  amalga  oshirishda  juda  katta  rag‘batlantiruvchi  kuch(stimul)dir. 
Yirik  kompaniyalarda  personalning  jalb  etlganligi  bilan  birgalikda  iste’molchiga 
yo‘naltirilganlik  boshqaruvning  loyihali  uslubi  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Loyiha 
doimo  muayyan  iste’molchiga  yo‘naltiriladi  va  iste’molchi  mavjud  ekanligi 
sababidan  ham  mavjud  bo‘ladi.  Bunda  boshqaruv  mehnatini  taqsimlash  jarayonlari 
natijasida  asr  boshlarida  vujudga  kelgan  boshqaruvning  qat’iy  vertikal  ierarxik 
tuzilishi  va  tashkil  qilishning  ierarxik  pog‘onalari  yo‘qolib  ketadi,  moslashuvchan 
matritsali tashkil qilish bilan almashinadi. 
Raqobatli  ustunliklar  innovatsion  omilining  muhimligi  shundaki,  resurs 
omilidan  farqli  ravishda,  u  importchi-mamlakatlarga  bog‘liq  emas  va  eksport 
pasaygan  hollarda  mahsulot  chiqarish  ichki  ishlab  chiqarishning  o‘sishi  bilan 
qoplanadi. Mana shu sababdan davlatning iqtisodiy siyosati shunday ishlab chiqilishi 
kerakki, ishlab chiqaruvchilar  ichki bozorning kengayishi birinchi  navbatda shunday 
tovarlar  hisobiga  ro‘y  berishi  uchun  mahsulot  hayotiylik  davrining  ilk  bosqichlarida 
ishlashdan manfaatdor bo‘lsin. 
Iqtisodiyotning tarmoqlarida innovatsiyalar harakati kabi raqobatli ustunlik bilan 
bog‘liq omillar ko‘pligi haqida gapirish imkonini beradigan tendensiyalar mavjud. Bu 
omillar  ichki  ishlab  chiqaruvchilar  mahsulotlariga  talabning  innovatsion  tarkibiy 
qismlari bilan ifodalanadi. Birinchi navbatda, bu qatorga barcha ichki talab omillarini 
kiritish lozim.  
Mahsulotning  hayotiylik  davri  nazariyasi  ham,  M.Porterning  xalqaro  raqobat 
nazariyasi  ham  jahon  bozorida  yangilik  kiritishning  yo‘li  ichki  bozorni 
o‘zlashtirishdan  boshlanishini  rad  etmaydi,  chunki  yangiliklar  kiritishning  o‘zi 
avvalboshdan  aynan  ichki  iste’molchilar  tomonidan  amalga  oshiriladigan 
ehtiyojlariga bog‘lab qo‘yiladi.  
Shu sababdan  iqtisodiyotning  globallashuvi sharoitlarida  innovatsion  marketing 
birinchi  navbatda  tashqi  emas,  ichki  bozorga  yo‘naltiriladi.  Boshqacha  qilib 


15 
 
aytganda,  «innovatsiyalar  harakati»  turidagi  raqobatli  ustunliklarni  amalga  oshirish 
uchun ichki bozor hayotiylik davri qisqa bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirilishi lozim. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish