Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


 Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

3.2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish. Loyihaning investitsion g’oyasini 
shakllantirish 
 
Ba’zi  xollarda  investitsiya  loyihasining  bu  hayotiy  sikl  bosqichining 
davomiyligini aniqlash juda qiyin kechadi.  
Jahon amaliyotida investitsiya oldi fazasini quyidagi bosqichlari mavjud: 
1.  Investitsiya  g’oyalarining  shakllanishi,  ya’ni  g’oyani  tanlash  va  dastlabki 
asoslash yoki dastlabki investitsion konsensiyani shakllantirish (opportunity studies); 
                                                 
10
 Каримов Н.Ғ. Инвестицияларни лойиҳавий молиялаштириш. «Бозор, пул ва кредит» журнали, 2000. – Б. 41. 


63 
 
2.  Investitsiya  imkoniyatlarini  izlash,  ya’ni  ishlab  chiqariladigan  mahsulotga 
talabni  o’rganish, loyihaning qiymati  va uning  samarasini  aniqlash  (pre  –  feasibility 
studies); 
3.  Loyihaning  texnik-iqtisodiy  asoslanishi  yoki  uning  texnik  -  iqtisodiy  va 
moliyaviy maqbulligini baholash (feasibility studies); 
4. Baholovchi xulosani tayyorlash va investitsiyalash uchun qaror qabul qilish 
(final evaluation). 
Investitsiya  g’oyalarining  shakllanishi  bosqichida,  bu  g’oyani  tanlash,  uni 
dastlabki  asoslash,  loyihada  ko’rsatilayotgan  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  texnik, 
innovatsion va ekologik nuqtai nazardan bir qarorga kelish, loyihani amalga oshirish 
davomida  qo’yiladigan  boshqa  talablarga  javob  berish,  investitsiya  g’oyasining 
ustunligini  tarmoq,  xududiy  va  davlat  idoralari  bilan  dastlabki  kelishuv,  loyihani 
amalga oshira oladigan  korxonani dastlabki tanlash va ma’lumotlar memorandumini 
tayyorlash ishlari ko’rib chiqiladi.  
Investitsiya imkoniyatlarini izlash bosqichi, eksport va importni  hisobga olgan 
xolda  mahsulot  va  hizmatlarga    bo’lgan  talabni  dastlabki  o’rganish,  mahsulot  va 
hizmatlar  bazaviy,  joriy  va  prognozlashtirilayotgan  narhlari  darajasini  baholash, 
loyihani amalga oshirish bo’yicha huquqiy-tashkiliy takliflar va loyiha ishtirokchilari 
tarkibi,  tahmin  qilinayotgan  investitsiya  xajmlarini  baholash,  loyihaning  texnik-
iqtisodiy  asoslari  bo’limlari  bo’yicha  dastlabki  baholashni  tayyorlash,  shu  jumladan 
loyihaning samaradorligini baholash, potensial investorlar uchun investitsion takliflar 
tayyorlashni o’z ichiga oladi.  
Mablag’larni loyihaga investitsiyalashdan oldin bajariladigan muhim ishlardan 
biri  bu  loyiha  bo’yicha  investitsiya  imkoniyatlarini  aniqlashdir.  Salohiyatli 
investorlar,  ular  qanday  bo’lishidan  qat’iy  nazar  rivojlangan  yoki  rivojlanayotgan 
davlatlarda yuzaga kelayotgan investitsiya imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot olishga 
qiziqishadi. Bunday investitsiya loyihalari bo’yicha ma’lumotlarni o’rganish va tahlil 
etish ikki xil yo’nalishda amalga oshiriladi: 
1.  Iqtisodiyot sektori darajasi bo’yicha yondashish (makro). 
2.  Korxona darajasi bo’yicha yondashish (mikro). 


64 
 
Iqtisodiyot  sektori  darajasi  bo’yicha  izlanishlarni  olib  borish  o’sha  davlatning 
butun  investitsiya  salohiyatini  (potensialini)  hamda  bu  davlatga  boshqa  davlatlar 
tomonidan  investitsiya  qilinishi  mumkin  bo’lgan  mablag’lar  hajmini  o’rganish  va 
taxlil qilishni o’z ichiga oladi. 
Korxona  miqyosidagi  tahlil  aniq  investitsiya  loyihasi  bo’yicha  qo’yilayotgan 
talablardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 
Loyiha  bo’yicha  investitsiya  imkoniyatlarini  o’rganish  va  taxlil  qilishda 
quyidagi omillarga alohida e’tibor beriladi: 
- umumiy investitsiya muhiti, shart-sharoitlar; 
- qayta ishlanishi mumkin bo’lgan tabiiy boyliklar va xom ashyo resurslari; 
-  ishlab  chiqarilishi  mo’ljallanayotgan  tovarga  (xizmatga)  kelgusidagi  talab 
(aholini  o’sishi  hisobiga,  aholi  xarid  qobiliyatining  o’sishi  hisobiga  va  boshqa 
omillar); 
- loyihaning atrof-muhitga ta’siri; 
- boshqa tarmoqlar bilan kelgusidagi o’zaro aloqasi va imkoniyatlari; 
-  diversifikatsiyalash  imkoniyati.  Masalan,  neft-ximiya  majmuasidan 
formatsevtik ishlab chiqarishga o’tish; 
- ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi va ularning qiymati; 
- eksport imkoniyatlari; 
- import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. 
Investitsiya  imkoniyatlari  bo’yicha  izlanishlar  yuqorida  keltirilgan  omillar 
bo’yicha har birining aloxida tahliliga emas, balki umumiy baholashga asoslanadi. 
Loyiha  g’oyasini  rivojlantirish  uchun  aniq  takliflar  kiritishda  talab  etiladigan 
ma’lumotlarni  miqdoriy  baholash  uchun  investitsiya  imkoniyatlarini  tadqiq  etish 
asosiy vosita hisoblanadi. Bunda quyidagi jihatlar tahlil etiladi: 
- qayta ishlovchi sanoat uchun kerakli bo’lgan tabiiy resurslar; 
- qishloq xo’jaligiga asoslangan sanoat tarmog’i uchun asos bo’lgan amaldagi 
qishloq xo’jaligi tarkibi; 
-  muayyan    iste’mol  talablariga  kelgusi  talab,  aholi  o’sishi  hisobiga  ortib 
boruvchi talab; 


65 
 
- atrof-muhitga ta’sir ko’rsatish; 
- qayta ishlovchi sanoat sektori; 
-  mahalliy  yoki  transmilliy  va  boshqa  tarmoqlar  bilan  mumkin  bo’lgan 
aloqalar; 
- umumiy investitsiya muhiti; 
- ishlab chiqarish siyosati; 
- ishlab chiqarish omillarining mavjudligi va qiymati; 
- eksport salohiyati va boshqalar. 
Umumiy  imkoniyatlarni  tadqiq  etishni  quyidagi  uchta  kategoriyaga  ajratish 
mumkin: 
1. Hududdagi imkoniyatlarni aniqlash uchun belgilangan izlanishlar. 
2.  Sanoat  sohasidagi,  masalan,  qurilish  materiallari  yoki  oziq-ovqat 
mahsulotlarini  ishlab  chiqarishdagi  imkoniyatlarni  -  aniqlash  uchun  belgilangan 
izlanishlar. 
3.  Tabiiy  resurslar,  qishloq  va  sanoat  mahsulotlaridan  foydalanishga  (neft, 
ximiya,  metallurgiya,  yog’ochni  qayta  ishlash)  asoslangan  imkoniyatlarni  aniqlash 
uchun belgilangan izlanishlar. 
 
 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish