Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 


60 
 
3.1-jadval. 
Investitsiya oldi fazasi 
Investitsiya oldi fazasi 



Loyihani  amalga  oshirish 
imkoniyatlarining tahlili 
Loyihani 
asoslashning 
tayyorgarlik bosqichi 
Loyihani baholash va investitsiya 
qilish  to’g’risida  qaror  qabul 
qilish 
Investitsiyalash  uchun  kerak 
bo’ladigan  mablag’lar  hajmi 
va  salohiyatli  (potensial) 
investorlar 
Loyihani mavjud muqobillar 
bilan 
solishtirgandagi 
dastlabki asoslash. 
Yakuniy  qaror  sifatida  loyihani 
ijtimoiy-iqtisodiy baholash. 
Loyihani 
amalga 
oshirishning  ichki  va  tashqi 
shart-sharoitlarini baholash 
Qo’shimcha 
(funksional) 
izlanishlar. 
Investitsiyalashning 
salohiyatli 
manbalarini aniqlash. 
Loyihani  amalga  oshirish 
imkoniyatlarini  makro  va 
mikroiqtisodiy 
darajada 
tahlil qilish 
Loyihani  texnik  iqtisodiy 
asoslash (TIA). 
Investitsiyalashning 
tadbirlarining ishlab chiqish. 
 
Loyihani  amalga  oshirishga 
kelishish 
va 
tasdiqlash 
(ishchi hujjatlar) 
 
 
TIA  tushunchasi  iqtisodchi-olimlar  tomonidan  turlicha  talqin  qilinadi. 
Fikrimizcha,  eng  avvalo,  «loyihani  asoslash»  tushunchasini  anglab  olish  lozim. 
Keng  ma’noda  loyihani  asoslash  besh  asosiy  jihatni  tahlil  qilish  va  baholash  bilan 
tavsiflanadi: texnik; institutsional; moliyaviy; iqtisodiy va ijtimoiy.  
Loyihani  texnik  asoslash  texnik  nuqtai  nazardan  qabul  qilingan  maqbul  qaror 
iqtisodiy  jihatdan  maqbul  bo’lmasligi  mumkin.  Bu  shu  bilan  bog’liqki,  turli  texnik 
qarorlar  o’zi  bilan  birga  turli  xarajatlar  va  samaralarga  ega  bo’ladi  va  ular 
taqqoslangandan keyingina qaysi qaror maqbul ekanligini aytish mumkin.  
Loyihani  ishlab  chiqish  jarayonida  hisobga  olish  lozim  bo’lgan  texnik 
qarorlarning bir qancha jihatlarini ko’rib chiqamiz: 
-  texnologiya  –  texnologiya  ilmiy  jihatdan  asoslanganmi  va  amaliyotga  joriy 
etilganmi? Texnika mazkur texnologiyani qo’llashga tayyormi? 
-  vaqti-vaqti  bilan  yuzaga  keluvchi  xarajatlar  –  loyiha  bo’yicha  vaqti-vaqti 
bilan  yuzaga  keluvchi  xarajatlar  hisobga  olinganmi,  masalan,  texnika  va  uning 
ishlash holati; 
-  atrof  muhitga  ta’siri  –  loyihada  qo’llanilayotgan  texnikaning  atrof-muhitga 


61 
 
yetkazadigan zarari darajasi qanday. 
Loyihaning  iqtisodiy  asoslanishi  esa  uning  cheklangan  resurslarni  ishlatish 
nuqtai  nazaridan  butunligicha  milliy  iqtisodiyotga  qanday  sof  foyda  berishi  bilan 
aniqlanadi.  Barcha  resurslar  u  yoki  bu  darajada  cheklangan  va  ularning  barchasini 
bir emas, bir qancha usullar bilan ishlatish mumkin. Masala shundaki, mazkur loyiha 
mavjud resurslarni samarali ishlatishni ta’minlaydimi? Loyihani iqtisodiy asoslashda 
undagi xarajatlar va daromadlar hisob-kitob qilinadi, ya’ni baholanadi. 
 Taniqli  xorijlik  iqtisodchi-olimlardan  V.Berens,  P.M.Xavraneklar  fikricha: 
«texnik-iqtisodiy  asoslash  –  bu  salohiyatli  investorlar,  loyiha  quruvchilari  va 
moliyachilarni  investitsiyalash  va  moliyalash  usullari  bo’yicha  qaror  qabul  qilish 
uchun  zarur  bo’lgan  ma’lumotlar  bilan  ta’minlovchi  vositadir»
6
.  Rossiyalik  olim 
V.G.Zolotogorov  esa:  «texnik-iqtisodiy  asoslash  -  bu  investitsion  loyihaning 
samaradorligi va maqsadliligini ko’rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy 
qarorlar,  hisob-smeta,  baholash  va  boshqa  ko’rsatkichlarni  aks  ettiruvchi  hisob-
analitik hujjatlar to’plamidir»
7
, deya tavsiflaydi.  
Prof.  D.G’ozibekov  ta’kidlaydiki:  «texnik-iqtisodiy  asoslash  o’z  mazmuniga 
ko’ra  loyihani  amalga  oshirishning  maqsadga  muvofiqligini  texnik-iqtisodiy  tadqiq 
etish  atamasi  bilan  aynan  bir  xil»
8
.  Texnik-iqtisodiy  asoslash  potensial  investorlar 
hamda  boshqa  barcha  ishtirokchilarni  investitsiyalashning  ijtimoiy-iqtisodiy, 
moliyaviy  va  ekologik  jihatlarini  oydinlashtiruvchi  vosita  sifatida  xizmat  qiladi. 
Shuningdek,  loyihaning  muqobil  strategiyasi  va  doirasiga  baho  beruvchi  vosita, 
resurslar  marketingi,  joylashgan  o’rni, ishlab chiqarish  quvvatlari va texnologiyalar 
haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi hisoblanadi
9
.  
Iqtisod fanlari doktori N. Karimov bu to’g’rida fikr bildirib, «loyihani texnik-
iqtisodiy asoslanishi loyihaviy tahlilning ob’ekti bo’lib hisoblanadi va u loyihaning 
iqtisodiy,  moliyaviy  samaradorligini  va  loyiha  bo’yicha  xarajatlarni  aniqlash, 
                                                 
6
  Беренс  В.,  П.М.Хавранек.  Руководство  по  оценке  эффективности  инвестиций:  Пер.  с  англ.  перер.  и  дополн. 
Изд-во. – М.: «Интерэксперт», «Инфра-М», 1995. – С. 6. 
7
 Золотогоров В.А. Инвестиционное проектирование: Учеб.пос. – Мн.: «Экоперспектива», 1998. – С. 33. 
8
 Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. – Т.: «Молия», 2003. – Б. 76. 
9
 Ғозибеков Д.Ғ. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. Т.: «Молия», 2003. – Б. 76. 


62 
 
moliyalashtirish  manbalari va xatarlarni baholashdek  o’z  maqsadiga ega bo’ladi»
10

deb ta’kidlab o’tadi.  
TIAning  mohiyati  va  mazmuni  bo’yicha  yuqorida  bildirilgan  fikrlarni 
umumlashtirib,  unga  quyidagicha  ta’rif  berish  maqsadga  muvofiqdir:  loyihani 
amalga  oshirishga  ta’sir  qiluvchi  ichki  va  tashqi  omillarni  tahlil  qilish  asosida 
loyihaning  maqsadiga  erishishning  samarali  yo’llarini  aniqlovchi  moliyaviy, 
iqtisodiy, texnik va unga oid hujjatlar to’plamiga texnik-iqtisodiy asoslash deyiladi. 
TIA  loyihani  amalga  oshirishning  imkoniyatlarini  asoslaydi  va  bir  muncha  optimal 
bo’lgan  qarorni  tanlashga  imkon  beradi.  U  loyihaning  barcha  jihatlarini  ochib 
berishini hisobga oladigan bo’lsak, uni ishlab chiqishdan oldin, loyiha tashabbuskori 
yoki  loyihani  ishlab  chiquvchi  u  bo’yicha  barcha  ma’lumotlarni  to’plashi  lozim. 
Ma’lumotlar manbai bo’lib, qarz oluvchining faoliyatiga bevosita taaluqli hujjatlar, 
shuningdek,  turli  iqtisodiy  adabiyotlar  hamda  shaxsan  o’zining  tajribasi  xizmat 
qiladi.  
TIA  –  bu  loyihaning  samaradorligi  va  maqsadga  muvofiqligini  ko’rishga 
imkon  beruvchi  boshlang’ich  ma’lumotlar,  shuningdek,  asosiy  texnik  va  tashkiliy 
qarorlar, 
hisob-smeta, 
baholash 
va 
boshqa 
ko’rsatkichlarni 
o’zida 
mujassamlashtiruvchi  hisob-analitik  hujjatlar  to’plamidir.  TIAni  loyihaning 
maqsadliligi yuzasidan olib boriladigan texnik-iqtisodiy tadqiqotlar sifatida ifodalash 
mumkin.  
 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish