Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
2.3. Investitsiya strategiyasini shakllantirish va loyiha strategiyasini ishlab 
chiqish 
 
Investitsiya  faoliyatida  strategik  yo’nalishlarni    ishlab  chiqish,  bu  faoliyatni  
amalga oshirish  siyosatiga asoslanadi. 
Korxona  investitsiya  faoliyatida  strategik    yo’nalishlarni    ishlab  chiqishda 
quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
1. Korxona rivojlanishida investitsiya  turlarining  o’zaro nisbatini aniqlash; 
2. Korxona investitsion  faoliyatining tarmoq yo’nalishini belgilash; 
3. Investitsiya faolyatining hududlar yo’nalishi belgilash. 
Korxona  rivojlanishida  investitsiya  turlarining    o’zaro  nisbatini    aniqlash,  bu 
korxona faolyati funksional yo’nalishi bilan o’zaro bog’liq. Ko’p xollarda  investorlar 
o’zlarining  investitsion  faoliyatini  fond  bozorida  amalga  oshiradilar.  Bunda 
investorlar    uchun  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  o’z  mablag’larini  investitsiya  qilish 
yaxshi  samara    berishi  mumkin.  Ularning  uzoqqa  mo’ljallangan  investitsion 
faoliyatining    asosiy  shakli  aksiya,  obligatsiyalar  va  boshqa  xil  qimmatli  qog’ozlar 
bo’lishi mumkin. 
Bu  vaqtda  ba’zi  bir  korxonalar  (investorlar)  real  investitsiyalarga  mablag’lar 
sarflashni  o’zlari  uchun  maqsad  qilib  qo’yishadi.  Bu  esa  kelajakda  korxona  asosiy  
fondlarini yangilash,  texnik qayta jixozlash bilan  yangi raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqarishga zamin  yaratadi. 
Bu esa korxonaning  yangi tovar va hududiy bozorlarga kirishga imkon beradi. 
Bunday korxonalarning  moliyaviy  investitsiya faoliyatidagi  ishtirokini qisqa 
muddatli,  ya’ni  vaqtinchalik  bo’sh  mablag’larini  bu  investitsiya  turiga    qisqa 
muddatli  yo’naltirish  yoki  ma’lum  bir  korxona  moliya-xo’jalik  faoliyati  ustidan 
nazorat o’rnatishga  yo’naltirilgan bo’ladi. 


45 
 
Korxona rivojlanishida  investitsiya  turlarining o’zaro nisbati, kompaniya yoki 
korxona  hayotiy sikl bosqichlariga bog’liq bo’ladi. 
Iqtisodiyotning  umumiy  holati  barqaror  bo’lmaganda,  inflyatsiya  darajasi  
yuqori  bo’lsa,  soliq  siyosati  doimo  o’zgarib  tursa,  unda  real  investitsiyalar 
samaradorligi keskin kamayib ketadi va shu bilan birga investitsion risk oshib ketadi. 
Bunday  holatda   qisqa  muddatli    moliyaviy  investitsiyalar  samarali hisoblanadi.(shu 
shart    bilanki,  agar  bu  investitsiyadan  olingan  daromad  darajasi,  inflyatsiya  
darajasidan yuqori bo’lsa). 
Bu  shartlarni    hisobga  olgan  holda  korxona  investitsion  strategiyasi  har  bir 
bosqichi bo’yicha investitsiya  turlarining o’zaro nisbati differensiyalanib turadi. 
Korxona  yoki  kompaniya  investitsion  faoliyatining  tarmoq  yo’nalishini 
belgilash  investitsiya    strategiyasini  ishlab  chiqishning  eng  qiyin  va  og’ir  vazifasi 
hisoblanadi. 
Korxonaning  investitsiya  faoliyatini,  uning    umumiqtisodiy  rivojlanish 
strategiyasi bilan bog’liqlikda bosqichma-bosqich olib borishni taqazo etadi. 
Birinchi  bosqichda,  investitsiya  faoliyatining  tarmoq  konsentratsiyasi 
(markazlashuvi) yoki diversifikatsiyasi maqsadliligi ko’rib chiqiladi. 
Qoidaga ko’ra korxona investitsiya faoliyatinig boshlang’ich bosqichi investor 
uchun  yaxshi tanish bo’lgan bir tarmoqqa  konsentratsiya qilish bilan bog’liq bo’ladi. 
Ko’pgina  G’arb  davlatlari  kompaniyalari  amaliyoti  shuni  ko’rsatadiki,  ular  o’z  
strategiyasi  yo’nalishlarini  ko’p tarmoqli  emas, balki bir tarmoqqa  konsentratsiya 
qilish orqali boshlang’ich yaxshi samaraga erishganlar. Ko’p xollarda  kompaniyalar 
o’z  investitsion    faoliyatini    ilk  marta  amalga    oshirishda      bir  tarmoq  bo’yicha  
barcha resurslarini  konsentratsiya qilishmoqda, ya’ni  xozirgi kunda ko’p korxonalar 
kompyuter    texnikalar    ishlab  chiqarish,  kompyuter  dasturlari  yaratishga  sarf 
etmoqdalar. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday investitsion faoliyat strategiyasi 
korxonani  bankrot  holatiga  olib  kelishi  mumkin.  Shuning  uchun  ko’p  xollarda 
kompaniyalar    o’z  investitsion  strategiyasi  yo’nalishlarini  ishlab  chiqishda, 
investitsiya faoliyatini  tarmoqlar bo’yicha diversifikatsiya qilib beradilar. 
Ba’zi yirik kompaniyalar  investitsiya  faoliyatini  muvofiqlashtirish maqsadida  


46 
 
strategik  xo’jalik  markazlari  tuzmoqdalar.  Bunday    xo’jalik  markazlari    birinchi 
marta AQShning “Djeneral Elektrik” kompaniyasida paydo bo’ldi. 
Kompaniya  investitsion  faoliyat  strategiyasi  yo’nalishlarini  ishlab  chiqishda, 
kompaniya investitsiya faoliyatining hududlari yo’nalishi ham hisobga olinadi. 
Chunki,  bunday  kompaniyalar  iloji  boricha    yuqori  riskli  investitsion  faoliyat 
olib bormaydilar. 
Kompaniyalar  investitsion  faoliyat    strategiyasi  hudud  yo’nalishlarini  ishlab 
chiqishda,  mamlakat  hududlari  bo’yicha  investitsiyalarni  jalb  etish  bo’yicha  shart-
sharoitlar hisobga olinadi. 
Investitsion  faoliyat  yo’nalishlarini  hududiy  belgilash.  Bu  2  (ikki)  shart  bilan 
bog’liq.  Birinchi  shart  kompaniya  xajmi  hisoblanadi.  Bu  kompaniya  o’z  faoliyatini 
investorlar yashab turgan hududda (bir hudud doirasida) amalga oshirishi tushuniladi. 
Ikkinchi  sharti  kompaniya  faoliyatining  davomiyligi  hisoblanadi,  ya’ni  kompaniya 
o’z faoliyatini 1 ta hududda amalga oshira turib, uni ko’zda tutgan maqsadini uzoqqa 
mo’ljallanganligi  tushunish  mumkin  bo’ladi,  ya’ni  bir  hududda  uzoqroq  faoliyat  
yuritish  hisoblanadi.  Bu  esa  o’z  navbatida  kompaniyaning  investitsion  va  xo’jalik 
faoliyati yo’nalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. 
Investitsion  faoliyatning  tarmoq  yo’nalishlarini  belgilash  jarayoni  har  bir 
tarmoq  rivojlanish  prognozlari  bahosini  olgan  holda  investitsion  faoliyatini 
diversifikatsiya qilish hisoblanadi. 
Kompaniya  investitsiya  resurslarini  tashkil  etish  strategiyasini  ishlab  chiqish 
alohida  bosqichlar  bo’yicha  amalga  oshiriladi,  bu  jarayon  2.4-rasmda  o’z  aksini 
topgan. 
 
 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish