1.1-jadval.
Loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanish bosqichlari
№
Qo’llash sohasi va usullar
Yillar
1970 1975 1980 1985 1990 1995
2000-
h.v.
1 Setli rejalashtirish texnikasi
+
+
+
+
+
+
+
2 Loyiha ustida ishlarni tashkil etish
+
+
+
+
+
+
3 Loyihani tizimli rejalashtirish
+
+
+
+
+
4 Logistika
+
+
+
+
+
5 Dasturlarning maxsus paketlarini ishlab chiqish
+
+
+
+
+
6 Loyihaning qayta tuzilishi usullari
+
+
+
+
+
7 Funktsiyalarni tizimli boshqarish
+
+
+
+
8 Tizim ostidagilarni tizimli boshqarish
+
+
+
+
9 Loyihani yopish fazasi va ekspluatatsiya fazasi
to’g’risida tizimli tasavvur
+
+
+
+
10 Maxsus,
shu
jumladan,
o’ta murakkab
loyihalarni boshqarish
+
+
+
+
11 Boshqaruvning
ob’ektga
yo’naltirilgan
tuzilmasini shakllantirish
+
+
+
+
12 Risklarni boshqarish
+
+
+
13 Loyihalarni
boshqarishning
psixologik
jihatlarini boshqarishning to’liq nazariyasini
ishlab chiqish
+
+
+
14 Loyihalar
komandasini
shakllantirish
metodologiyasi
+
+
15 “Loyihalarni boshqarish” intizomi to’g’risida
tizimli tasavvur
+
16 Loyihalarni boshqarish falsafasi
+
Loyihalarni boshqarish loyihaning mohiyatiga ko’ra amal qilinishi maqsadga
muvofiq sanaladi. Bunda loyihaning quyidagi alohida belgilariga e’tiborni qaratish
muhimdir:
- bir qator texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa talablarning bir
vaqtning o’zida bajarilishi bilan erishilishi zarur bo’lgan aniq maqsadlar;
- loyihani amalga oshirish jarayonida muvofiqlashtirilishi talab etiluvchi
vazifalar, operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o’zaro bog’liqligi;
- loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash;
- resurslarning cheklanganligi;
- loyiha maqsadlarining betakrorlik darajasi va amalga oshirilish shart-
sharoitlarini aniqlash;
30
- turli xil kelishmovchiliklardan qocha bilmaslik.
Iqtisodiyot transformatsiyasi va xalqaro integratsiyalashuvi, iqtisodiyotda
tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlar tobora kuchayib borgan sari yangi xo’jalik
sub’ektlarining paydo bo’lishi, ularning va mavjudlarining kuchli raqobat va turli
omillari ta’siri yuqori bo’lgan sharoitda yashab qolishi va rivojlanishi tobora
murakkablashib boraveradi. Bu holat investitsiya loyihalarini boshqarishga nisbatan
bo’lgan talab va mas’uliyatni ham yanada oshirishga olib keladi, o’z navbatida,
yangidan-yangi usullarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi.
Ta’sir etishi kuchaygan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:
1. Buyurtmachilarning talablar va ularning mas’uliyati oshishi.
2. Loyihalarning yakuniy mahsulotlarining xususiy murakkabligi.
3. Loyihalarning tashqi atrof bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri (iqtisodiy,
siyosiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy muhit).
4. Risk va noaniqlik darajasi.
5. Tashkiliy qayta qurish.
6. Texnologiyalar almashuvi chastotasi.
7. Rejalashtirish va narxni shakllantirishdagi xatoliklar va boshqalar.
Yuqoridagi omillarning ta’siri loyihalarning bajarilish muddati buzilishiga,
ortiqcha mablag’lar sarfiga, talablarning bajarilmasligiga, oxir-oqibat, foydaning
kamayishi va zararlarning ko’payishiga olib keladi. Bunga misol qilib, Sidneydagi
opera binosi qurilishini keltirish mumkin. Bunda mazkur bino qurilishi xarajatlari
boshlang’ich stema qiymatiga nisbatan 16 martaga oshib ketishi yuz bergan.
Amaliyotda minglab loyihalarning rejalashtirilgan xarajatlar va muddatlari bo’yicha
buzilishi natijalari va sabablari yuzasidan ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Bunga
quyidagi jadvalda keltirilgan tadqiqotlar natijalarini misol qilib keltirish mumkin.
Loyihada ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslik va unga sabab bo’lgan omillar
ta’siri oqibatini bartaraf etishda, odatda, an’anaviy usullardan, jumladan, rahbariyatni
almashtirish, buyruqbozlikni kuchaytirish asosida boshqaruvni yo’lga qo’yish kabi
usullardan foydalanilganlik holatlari amaliyotdan bizga ma’lum. Biroq, bunday
boshqaruv usullari loyihalarning samarali amalga oshirilishi, yakunlanishida maqbul
31
usullardan emasligi amalda o’z isbotini ko’rsatdi. Shu sababdan loyihalarni
boshqarishda yangicha, loyiha samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan
tanlangan, o’z ustuvorligiga ega usullardan foydalanishga bo’lgan talab orta bordi.
Umuman olganda, investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi va uni
qo’llashning dolzarbligini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
1. Investitsiya loyihalarini boshqarish usullarining paydo bo’lish sabablari:
- loyiha tushunchasi;
- jamiyatda, korxona va tashkilotlarda faoliyatning loyihaviy shakllari
kengayishi;
- hajmi, tuzilishi, qiymati, vaqti, atrof-muhit va jamiyatga ta’siri, risklarning
ortishi bo’yicha investitsiya loyihalarining murakkablashishi;
- an’anaviy tashkiliy shakllarning qanoatlantirmasligi;
- turli kelishmovchilik va muammolar sonining ortishi;
- samarasiz, omadsiz loyihalarning qo’llanilish holatlari.
2. Investitsiya loyihalarini boshqarishni qo’llashning dolzarblik kasb etishi va
uning ortib borishi.
3. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muqobillari yuzaga kelishi.
4. Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyatini o’rganishga bo’lgan
talabning ortib borishi:
-
maqsadning
natijaga
qaratilganligi.
Huquq
va
majburiyatlarning
ravshanlashib borishi;
- matritsali tashkil etish;
- kelishmovchilik va muammolardan ogohlantirish;
- investitsiya loyihalarini boshqarishni omadli qo’llashga misollarning
mavjudligi.
Shunga muvofiq, investitsiya loyihalarini boshqarish usullari quyidagilarni
ta’minlashi lozimligi muhim hisoblanadi:
- loyiha maqsadini aniqlash va uning asoslanishini amalga oshirish;
- loyihaning tarkibiy tuzilishini aniqlash (maqsad yo’nalishlari, bajariladigan
ishlarning asosiy bosqichlari);
32
- loyihani moliyalashtirishning zaruriy hajmi va manbalarini aniqlash;
- ijrochilarni aniqlash, jumladan, konkurs va tender jarayonlari orqali aniqlash;
- shartnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
- loyihani bajarish muddatini aniqlash, uni amalga oshirish garfigini ishlab
chiqish, zaruriy resurslarni hisoblab chiqish;
- loyiha smetasi va kapital byudjetini hisoblab chiqish;
- risklarni rejalashtirish va hisoblash;
- loyihaning bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash va boshqa
ishlar.
Yuqoridagilarga asoslanib, investitsiya loyihalarini boshqarishning quyidagi
mazmunini keltirib o’rinlidir: “investitsiya loyihalarini boshqarish – bu
Do'stlaringiz bilan baham: |