Byudjetdan moliyalash – davlat byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga
oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (ta’minlash) bilan
bog’liq xarajatlarga pul mablag’lari ajratish.
Byudjetdan tashqari jamg’armalar – davlatning davlat byudjetiga
kiritmaydigan va aniq maqsadlarga mo’ljallangan pul mablag’lari.
Byudjet dotatsiyasi – o’z daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa
261
mablag’lar etishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bilan daromadlari
o’rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik
sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.