Bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi talablari – bank tizimining barqaror
amal qilishi hamda o’z majburiyatlarini bajara olishini ta’minlash uchun o’rnatilgan
xalqaro me’yorlar majmui bo’lib, u kapitalning etarlilik darajasini, banklarni nazorat
qilish jarayoniga hamda bozor intizomiga qo’yilgan talablarni ifodalaydi.
Bankrot – 1) qarzdorlik, nochorlik, tadbirkorning o’z qarz majburiyatlari
bo’yicha mablag’i bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi; 2) xo’jalik sudi
tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar
talablarini to’la hajmda qondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z
majburiyatini bajarishga qodir emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |