117
stavkasiga teng. Obligatsion qarzlar bo’yicha holat ham shunday. Birinchidan, har
qanday kompaniya ham obligatsiya chiqarolmaydi va uni ochiq bozorga
joylashtirolmaydi. Ikkinchidan, bunday manbaning bahosi bank krediti bahosiga
solishtirganda ko’proq stixiyalidir. Har xil kompaniyalar hal xil shartlar ostida kredit
olishi mumkin. Shunga qaramasdan bunday holatda foizlar stavkasini ma’lum vaqt
oldindan aytib berilishi mumkin. Lekin, gap obligatsion qarz kapital bahosining
amaliy qiymati haqida ketar ekan, bu yerda holatni oldindan aytib berish qiyin.
Uchinchidan, obligatsion qarzlarni joylashtirish maxsus dallollar (bankirlar uylari,
brokerlik va moliyaviy kompaniyalar uchun va boshqalar) uchun bunday manbaning
bahosi qo’shimcha parametriga bog’liq.
Kapital bahosi hisobi holati maqsadga muvofiq kompaniyaning 3 ta o’z
mablag’lari manbasidan tashkil topadi: oddiy va imtiyozli aksiyalar, shuningdek,
taqsimlanmagan foyda. Oldindan shuni qayd qilish kerakki, oxirgisida biz ustav
kapitalidan tashqari jami o’z mablag’lari manbasini hisoblaymiz. Albatta, bunda bir
qancha shartlar bor, masalan, «taqsimlanmagan foyda» va «qaytarib berilmaydigan
mablag’lar» nafaqat turli xususiyat va shakllanish sharoitiga, balki turli kapital
bahosiga egadir. Ustav kapitalining ikki bo’linish sababi shuki, ko’pgina ilmiy
ishlarda imtiyozi aksiyalar hech qanday asossiz oddiy aksiya va qarz kapitali
xususiyatlarini jam etgan ko’rsatkich sifatida qaraladi. Kapital bahosini baholashdagi
prinsipial farqlar oddiy va imtiyozli aksiyalar manbasi sifatida qaraladi.
Kompaniya mablag’larini to’ldirishda asosiy manba bu reinvestitsiyalash
foydasi hisoblanadi. (Ya’ni kompaniyaning joriy faoliyatini kengaytirishda
foydalanilgan va yangi investitsion loyihalarda qo’llashdir). O’z navbatida bu bir
nechta xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu mablag’ tez va maksimal
mobilizatsiyalashadi va qandaydir maxsus mexanizm talab qilmaydi, ya’ni aksiya va
obligatsiya emissiya qilishdagidek. Ikkinchidan, bir qancha fikrlar bo’yicha
bu manba
boshqalarga qaraganda arzon, ya’ni emissiya xarajatlari yo’qdir. Uchinchidan, bu
mablag’larni investitsiya qilish jarayoni bir muncha osonroq bo’ladi.
Amaliyotda har bir kompaniya o’z faoliyatini, shu bilan birga investitsiya
faoliyatini turli manbalardan moliyalashtiradi. O’z faoliyatida foydalanilgan
118
moliyaviy resurslar uchun foizlar, dividendlar va boshqalar to’laydi. Shu bilan birga
o’z iqtisodiy salohiyatini ko’tarish uchun zarur xarajatlar qiladi. Har bir mablag’
manbasi joriy manbalarni ta’minlashdagi xarajatlar summasidagidek o’z bahosiga
ega. Bu baholar orasidagi aniq bog’liqlikni ko’rsatish qiyindir.
Do'stlaringiz bilan baham: