4. Likvidatsiya fazasi.
Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga
oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida
taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab
chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda loyiha siklining bosqichlari muhim
ahamiyatga ega. «Loyiha sikli» tushunchasiga loyihani ishlab chiqish va uni amalga
oshirishning turli bosqichlari kiradi. Loyiha siklining boshlang’ich va tugallanish
davrlari, g’oyadan to uning moddiy qiymatga ega bo’lganga qadar davrlarni o’z
ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |