Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, apatridlar – muayyan mamlakatning fuqarosi
hisoblanmaydigan va biron chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan
dalillari bo’lmagan shaxslar. Shaxs o’z fuqaroligini yo’qotgan va yangidan fuqarolik
huquqini olmagan vaqtda fuqarosizlik kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasida
yashab turgan, lekin, O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’xtatilgan, boshqa
davlat fuqarosi bo’lmagan shaxslarga ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi
bo’lmagan shaxslarga mo’ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
Fyuchers (lot. futurus – kelajak) – tovar yoki fond birjalarida xom ashyo
tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog’ozlarni amalda bo’lgan narxlarda, lekin,
etkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi
qilish bo’yicha bitishuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |