Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Soliqlar    qonunda  belgilangan  tartibdagi  stavka  bo’yicha  xo’jalik  yurituvchi 
sub’ektlardan  va  fuqarolardan  davlat  tomonidan  davlat  yoki  mahalliy  byudjetga 
olinadigan majburiy to’lovlar.  
Soliq  og’irligi  (yuki)  –  davlat  va  jamiyat  hayotida  soliqlarning  rolini 
xarakterlab (ko’rsatib) beradigan eng umumlashgan ko’rsatkich. Ishlab chiqarishning 
umumiy  hajmi  va  daromadlarda  soliq  ajratmalarining  salmog’ini  (hissasini) 
ko’rsatuvchi,  bozor  iqtisodiyotining  amalga  oshirilayotgan  modelidan  kelib 
chiqadigan  o’lcham.  Soliq  yig’imlarining  jami  milliy  mahsulotga  (yalpi  ichki 
mahsulotga) nisbati bilan aniqlanadi.  
Soliq  imtiyozi  –  soliq  to’lovchi  soliq  majburiyatlari  hajmining  to’liq  yoki 
qisman  qisqarishi,  to’lov  muddatining  kechiktirilishi  yoki  orqaga  surilishi. 
Soliqlarning  rag’batlantiruvchi  funktsiyasi  soliq  imtiyozlari  tizimi  orqali  amalga 
oshiriladi.  Soliq  imtiyozi  soliqqa  tortish  ob’ektining  o’zgarishida,  soliqqa  tortish 
bazasining  kamayishida  (qisqarishida),  soliq  stavkalarining  pasaytirilishida  va 
boshqalarda o’z ifodasini topadi. 
Soliq  stavkasi  –  soliqqa  tortish  birligiga  to’g’ri  keluvchi  soliqning  hajmi 
(miqdori, darajasi). 


279 
 
Soliq  tizimi  -    mamlakat  doirasida  (hududida)  to’lovchilardan  (yuridik  va 
jismoniy  shaxslardan)  belgilangan  tartibda  olinadigan  soliqlar,  yig’imlar  va  boshqa 
to’lovlar hamda ular tarkibiy tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi. 
Ssuda (rus.) – moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to’lash va qaytarib berish 
sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boylik.  
Ssuda  kapitali  –  vaqtincha  foydalanib  qaytarish,  ma’lum  foiz  haq  to’lash 
sharti  bilan  qarzga  beriladigan  pul  kapitali.  Ssuda  kapitalining  iqtisodiy  ma’nodagi 
o’ziga xos xususiyati shundaki, u foiz ko’rinishida foyda keltiradi. 
Subventsiya  (lot.  subvenire  –  yordamga  kelmoq)  –  markaziy  organlar 
tomonidan  muayyan  tadbirni,  ob’ektni  maqsadli  moliyalash  uchun  ajratiladigan  pul 
nafaqasi.  Maqsadli  foydalanish  talablari  buzilganda  subventsiya  uni  bergan  organ 
tomonidan  qaytarib  olinadi.  Davlat  ma’qullagan  iqtisodiy  va  madaniy  rivojlantirish 
dasturlari, loyihalari subventsiya orqali pul bilan ta’minlanadi.     
Subsidiya  (lot.  subsidium  –  yordam,  nafaqa,  qo’llab-quvvatlash)  –  davlat 
byudjeti, mahalliy byudjetlar mablag’lari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik 
shaxslarga,  mahalliy  organlarga,  boshqa  davlatlarga  beriladigan  pul  mablag’i  yoki 
natura  shaklidagi  yordam.  Subsidiyalar  davlat  tomonidan  qaytarib  olmaslik  sharti 
bilan ajratiladi.  
Sug’urta  –  1)  tabiiy  ofatlar,  har  xil  baxtsiz  hodisalar  ro’y  berishi  natijasida 
ko’rilgan  zararni  qoplash  va  boshqa  pul  qoplamalari  to’lash  uchun  maqsadli  pul 
jamg’armalarini  tashkil  etish  va  undan  foydalanish  bilan  bog’liq  iqtisodiy 
munosabatlar  tizimi;    2)  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslar  to’laydigan  sug’urta 
mukofotlaridan  shakllantiriladigan  pul  fondlari  hisobidan  muayyan  voqea  (sug’urta 
hodisasi)  yuz  berganda  ushbu  shaxslarga  sug’urta  shartnomasiga  muvofiq  sug’urta 
tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish