Boshlang’ich kapital – investitsiya qilish uchun to’plangan dastlabki summa
yoki ish boshlash uchun kerak bo’ladigan sarmoya.
Bojxona to’lovlari – mamlakat chegarasi orqali o’tkaziladigan (olib
kiriladigan va chiqariladigan) tovar-moddiy boyliklar uchun to’lanadigan haq.
Bozor infratuzilmasi – bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini
ta’minlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor kon’yunkturasi – muayyan davrdagi bozor holati; bozorda
muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan tavsiflanadi.
Byudjet – (ingl. budget – hamyon, mablag’) – belgilangan muddat uchun
ishlab chiqilgan, me’yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan
daromadlar va xarajatlar yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |