150
7-rasm. Investitsiya muhitini belgilovchi omillar
61
Investitsiya muhitni makroiqtisodiyot darajasida ikki tomonlama, ya’ni
investor va aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z
aksini topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’ektiv holat bo‘lib,
kapital qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin
investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi.
SHuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. SHu
ma’noda har bir davlat kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish
tizimiga ega bo‘ladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat
siyosatining va qonunlarining, me’yoriy hujjatlarining majmuasidir. O‘zbekistonda
ham ishlab chiqarishga kapital qabul qilish tizimi
yildan-yilga takomillashib
bormoqda. Hozirda xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan munosabatda zamonaviy
xalqaro xo‘jalik aloqalari qoidalariga asoslangan holda qonun va qarorlar ishlab
chiqilmoqda, shuningdek xorijiy investitsiyalarning infratuzilmalari yaratilmoqda.
Iqtisodiyotga safarbar qilingan investitsiyalarning samaradorligini baholashda
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichdan yana biri ICOR (incremental capital-output ratio)
61
Узоқов.А., Кенжаев Н. Инвестицияларни ташкил этиш ва молиялаштириш. Т.: Иқтисод-Молия, 2007.-б40.
xorijiy investitsiyalarga
nisbatan
davlat siyosati
- xalqaro shartnomalarga
amal qilish;
- davlatning
iqtisodiyotga
aralashish darajasi;
- xalqaro shartnomalarda
ishtirok
etish tizimi;
- davlat apparati
ishlarining samaradorligi;
iqtisodiyotning umumiy
holati (rivojlanish yoki
inqiroz);
- inflyasiya darajasi, valyuta
kursi
barqarorligi;
- turlicha soliq, boj
to‘lovlaridagi imtiyozlar;
- ishchi kuchi qiymati va
ishchi
kuchidan foydalanish
tartibi;
- aniq tovarlarga bo‘lgan
talab va taklif;
- xom ashyo bilan
ta’minlanganlik;
xorijiy kapitalga va
xususiy mulkka jamiyat
a’zolarining munosabati;
- jamiyatning mafkuraviy
bilim darajasi;
- ishchi
sinfining
tashkilotchiligi;
- boshqalar.
151
bo‘lib, u mamlakatdagi real sektorga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini
aniqlashda yordam beradi. Bu koeffitsent asosiy kapitalga qo‘yilgan mablag‘lar,
ya’ni YAIM dagi investitsiyalar salmog‘ining, keyingi yildagi YAIM ning
qo‘shimcha o‘sish sur’atiga nisbatini bildiradi, ya’ni:
ICOR = I : ∆YAIM
bu erda:
I
– investitsiya o‘sish darajasi (YAIM dagi salmog‘i);
∆YAIM
- yalpi
ichki mahsulotning qo‘shimcha o‘sish darajasi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ICOR ko‘rsatkichini quyidagi 7.1- jadval orqali
ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: