Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

Fanni o‘rganishning dolzarbligi. 
0 ‘zbekiston Respubiikasi Prezidenti
I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining qo‘shma 
majlisidagi m a’ruzasida ta’kidlanganidek, *Asosiy ustuvor vazifa awalgidek- 
bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirishdan 
iborat*1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mehnat to‘g‘risidagi nazariy va 
amaliy tasawurlami o ‘zgartirib, jamiyat faoliyati rivojining mutlaqo yangi 
asoslari ishlab chiqilishi taqozo etiladi. Mehnat muhim iqtisodiy kategoriya 
bo‘Iib, u muntazam ravishda tatqiq etish va aniqlashni talab qiladigan ko‘p 
qirrali tushunchadir. Demak, jam iyatning barcha iqtisodiy va ijtimoiy 
muammolariga mehnat tushunchasi nuqtai nazaridan yondashish mumkin.
Inson o‘z tabiatiga ko‘ra, ijtimoiy mavjudotdir. U o'ziga va yaqin kishiiariga 
turmush kechirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Shu tariqa iqtisodiyot 
olami vujudga keladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixi — iqtisodiy va ijtimoiy 
m unosabatlar, shu ju m lad a n , ijtim oiy m ehnat taqsim oti sohasidagi 
munosabatlaming rivojlanish tarixidir. Payg'ambarimiz Muhammad Sallollohu 
Alayhi Vasallam ezgulik, xayrli ishlar va olijanoblik kuchini o ‘z shaxsiy 
hayoti orqali ko'rsatib berishga intilgani va yaxshilik urug‘ini sochishga 
chaqirganligi hamma uchun ibratlidir. U jamiyatda mehnatning tutgan o'm ini 
yuksak baholab, «M ehnat qilishdan uyalmang. Mehnat qilish - ibodat 
qilishga barobar», - deb uqtirganligini ta’kidlagan holda, bugungi kunda 
ham mehnat va u bilan bog'liq jarayonni o‘rganishga bo‘lgan intilish yanada 
rivoj topib, iqtisodiyotda muhim o ‘rin tutishini yana bir bor ta’kidlamoq 
darkor.

H.A.KapuMoe.
«EH3HHHr 6oui Ma^cajiHMHa - xaMHHTHH fleMOKpaTJiauiTpHiii Ba 
HHrHJlam, 
M 3 M JiaK aT H H M O flC p H H 3 aU H » B a
HCJIO^ 
S T H lU flH p * . 
- T . , 2005.


Aynan mehnat to‘g‘risida juda ko‘p maqollar va hikmatlar vujudga 
kclganligi, ko'pgina mumtoz san’at asarlarida ham mehnat munosabatlari 
o‘z ifodasini topganligi bejiz emas. Ular madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, 
an’analar va tajribalarni aks ettiradi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan 
islohotlar mehnat m unosabatlarining mazmuni va xarakterida ham tub 
o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Sobiq ittifoq davridagi davlat tizimida 
aslini olganda yagona mulkdor va ish beruvchi mavjud bo‘lib, xodim siyosiy 
iqtisodning klassik qonunlariga ko‘ra yollanma ishchi hisoblanmas edi. 
Mamiakatimiz mustaqillikka erishgach, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar 
mulk shakllarining xilma-xilligini vujudga keltiridi, mehnat yollanadigan 
bo'lib, ishchi kuchi tovarga aylandi.
M ehnat to ‘g‘risidagi fanlardan biri «M ehnat iqtisodiyoti* fanidir. 
Odamning moddiy va m a’naviy boyliklar yaratish borasidagi maqsadga 
yo'naltirilgan, ongli faoliyati bo‘lmish m ehnat ushbu fan o'rganadigan 
obyekt bo'lib hisoblanadi. M ehnat, shuningdek, ko'plab boshqa fanlar, 
jumladan mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, mehnat statistikasi, mehnat 
gigiyenasi, mehnat huquqi va shu kabi bir qator fanlami ham o ‘rganish 
obyektidir. Ushbu fanlar tadqiqot predmeti, ya’ni obyektning qaysi tomonini 
o'iganishi bilan bir-biridan farqlanadi.
♦Mehnat iqtisodiyoti* fan sifatida mehnat munosabatlari sohasidagi 
qonuniyatlarni, shu jum ladan, m ehnat mohiyati nam oyon b o ‘lishining 
o'ziga xos shakllari, chunonchi, ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, 
unga haq to‘lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiologiyasi bilan bog'liq 
bir qator muammolarni o ‘rganadi. ♦Mehnat iqtisodiyoti* iqtisodiy va ijtimoiy 
fan sifatida jam iyatdagi o ‘zaro muvofiqlik va moslashuv jarayonlarini 
tushuntirib beradi. ♦Mehnat iqtisodiyoti * asoslarini bilish mutaxassisga ro‘y 
berayotgan voqea-hodisalami o'rganishga asbtraktsiyalashgan holda va asosli 
ravishda yondashish, ulaming harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirish va 
ahamiyatini baholash imkonini beradi.
♦Mehnat iqtisodiyoti* fanini o ‘rganishda mehnat jarayonida amalga 
oshadigan turli om illar — texnikaviy, tashkiliy, ijtim oiy yoki boshqa 
xarakterdagi omillar ta ’siri ostida qaror topadigan ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy 
munosabatlaiga katta e’tibor beriladi. Bunday yondashuv tasodifiy narsalami 
chiqarib tashlab, asosiy e’tibomi obyektiv vatipiknarsalargaqaratish, fanni 
yanada chuqur o‘ rganish uchun mehnat munosabatlari sohasidagi to‘g‘ri 
dunyoqarashni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ifodalash imkonini yaratadi.
♦ M ehnat iqtisodiyoti* kursining m azm uniga m ehnat va m ehnat 
munosabatlari sohasidagi ham nazariy, ham amaliy masalalar kiritilgan 
bo‘lib, ular qanday natijalar berishiga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan baho 
berish nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Har qanday nazariya tushuntiruvchi 
va prognoz qiluvchi kuchga ega. Biroq amaliyot nazariy kontekssiz mustaqil 
ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kurs masalalarini o‘rganish
6


talabalarga konlcret faoliyat sharoitida shaxsiy bilimlaridan yanada chuqurroq 
foydalanish imkonini beradi. Kurs korxona miqyosida m ehnatni tashkil 
etish va uni amalga oshirish omillari, shart-sharoitlari, mehnat bozorining 
mavjud boiishi, ish bilan bandiik, ish haqi va uni tashkil etishda davlat 
siyosati, kishilaming ehtiyojini qondirish uchun mo'ljallangan moddiy va 
m a’naviy qadriyatlarning oshib borishida m ehnatning roli singari asosiy 
kategoriyalar va tushunchalarni o'rganish, shuningdek, «Mehnat iqtisodiyoti 
va sotsiologiyasi* ko'rsatkichlarini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan tahlil qilishni 
e ’tiborda tutadi. Bundan maqsad — uiaming o'zgarib borish tamoyillarini 
aniqlash, rejalashtirish va prognoz qilishdir.
TD IU olqtisodiyot va statistika» fakulteti tomonidan o ‘qitiladigan «Mehnat 
iqtisodiyoti* fani iqtisodiyot fakultetining iqtisodoyot (mehnat) yo'nalishida 
o'qiydigan barcha talabalarga o‘qitiladi. Bu fan ijtimoiy-mehnat munosabatlari 
sohasidagi qonuniyatlarni, shu ju m lad an m ehnat m ohiyati nam oyon 
bo‘lishining o ‘ziga xos shakllari, chunonchi ish bilan bandiik, mehnatni 
tashkil etish, unga haq toiash, uning samaradorligi, mehnat iqtisodiyoti va 
mehnat sotsiologiyasi bilan bogiiq bir qator muammolami o'rgatadi.
TDIUda «Mehnat iqtisodiyoti* fani jami 214 soatdan iborat bo'lib, shu 
jumladan 72 soat m a’ruza, 72 soat seminar va 70 soat mustaqil ta’Iimdan 
iborat. Bu fanda, shuningdek, 16 ta mavzu mavjud. Endi buni boshqa chet 
davlatlardagi universitetlar bilan taqqoslaydigan bo'lsak, Kislovodsk Ijtimoiy 
Texnik Instituti (KGTI)da «Mehnat iqtisodiyoti » fani bo'yicha 12 ta mavzu 
mavjud, umumiy 80 soatni tashkil etadi, shundan 18 soat ma’ruza, 16 soat 
seminar, 44 soat mustaqil ta ’Iimdan iborat. Shuningdek, Penza Davlat 
Universitetida va Penza Texnologiya Institutida bu fan bo‘yicha 14 ta mavzu mavjud 
bo'lib, jami fan bo‘yicha ajratilgan soatlar 54 soatdan iborat, shundan 36 soat 
ma’ruza, 18 soat seminar, mustaqil ta’lim bo'yicha soatlar rejalashtirilmagan.

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish