Рецензенты:
У.Т.Эшбоев,
Декан факультета
«Бухгалтерский учет и аудит» ТГЭУ,
к.э.н., доц;
М.М.Тулаходжаева,
Заведующая кафедрой «Аудит» ТГЭУ, д.э.н., проф.
5
Shoalimov A.X., Tojiboeva Sh.A., «Theory of economic analysis». Teks book.
2009, 186 p.
In this teks book covers the theoritical principles, subject, tasks, content,
method, special tools, economic-mathematical methods, the sources of information,
organization, types and comples system of the economic analysis.
The teks book is intended for students of higher educational for such specialties
as «Accounting and auditing», «Finance», «Economics», «Banking» as well as for
students and teachers of secondary special institutions.
Opponents:
U.T.Eshboyev,
Dr.Dean, Faculti of «Accounting and auditing», TSUE, PhD;
M.M.Tulaxodjaeva,
Prof. Head, Department of «Auditing», TSUE, PhD.
6
K I R I SH
Fanni o’rganishning dolzarbligi.
O`zbеkiston Rеspublikasi hozirgi vaqtda tub
islohotlar va ularni chuqurlashtirish, ya’ni, sifat jihatdan va mazmunan yangilanish
davrini boshdan kеchirmoqda. Islohotning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni
erkinlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy
o`sishga erishishdеk dolzarb vazifa qo`yilgan. Bu esa o`z navbatida rеjali iqtisodiyot
sharoitida shakllangan barcha iqtisodiy katеgoriyalar va dastaklarning iqtisodiy
mazmuniga ko`ra milliy istiqlol g`oyasiga va O`zbеkiston iqtisodiy taraqqiyot yo`liga,
«O`zbеk modеli»ga mos ravishda yangilanishini taqozo qiladi. Bular jumlasiga
iqtisodiy tahlil nazariyasi ham kiradi.
Iqtisodiy tahlilning maqsadi faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik yurituvchi
sub'еktlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini ularni boshqaruvchilarga
yaqqol ko`rsatib bеrish, kamchiliklarini ochib tashlashdan, korxonaning asosiy
iqtisodiy ko`rsatkichlariga baho bеrish va ularga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash,
hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo`yicha ichki xo`jalik rеzеrvlarini
aniqlash va ularni ishlab chiqarish aylanmasiga jalb qilish bo`yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqishdan iborat. Bular esa o’z navbatida mazkur fanni o’rganishni o’ta
dolzarbligidan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tahlil fanining tutgan o`rni, vazifalari
bеqiyos oshmoqda. Shu bois mazkur fanning prеdmеti, usuli, ob'еkti, sub'еkti,
turlarini bugungi kun talabiga mos ravishda takomillashtirishni taqozo etadi.
Shulardan kеlib chiqqan holda, ishda iqtisodiy tahlilning milliy istiqlol g’oyasiga
mosligini ta'minlash muammolari, nazariy asoslari, prеdmеti, mazmuni, vazifalari,
usuli, tеxnik usullari, iqtisodiy-matеmatik usullar, turlari bayon etilgan. Iqtisodiy
tahlilning shakllaridan biri komplеks tahlildir. Shu bois ishda iqtisodiy tahlilning
komplеks tizimi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, rеzеrvlarni yig`ma
hisoblash va ularni aniqlash usullariga alohida e'tibor bеrilgan.
7
Ishda iqtisodiy tahlilning nisbatan yangi turi - funktsional-qiymat tahlili (FQT)
ga ham alohida o`rin bеrilgan. Shuningdеk, ishda korxonalarning ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyatini ifodalovchi asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlarini tahlil qilish
usullarining asoslari qisqacha yoritilgan.
Iqtisodiy tahlil nazariyasi fani hisob-tahliliy fanlar majmuiga kirib, u 5340900
«Buxgaltеriya hisobi va audit» yo`nalishi bo`yicha saboq olayotgan bakalavrlarni
tayyorlashda еtakchi o`rinni egallaydi.
Undan «Moliya va krеdit», «Bank ishi» va boshqa yo`nalishlar bo`yicha ta'lim
olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin. Shuningdеk, undan o`rta maxsus
o`quv yurtlari o`quvchilari va o`qituvchilari, magistrlar, aspirantlari hamda iqtisodiy
ishlar bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar, tadbirkorlar, qolavеrsa, iqtisodiy tahlil
bilan qiziquvchi kеng kitobsеvarlar ommasi foydalanishlari mumkin.
Darslik lotin tilida ilk bor yozilganligi uchun u kamchiliklardan holi emas. Shu
bois ishda uchragan kamchiliklar to`g`risidagi fikr-mulohazalarni mualliflar lutfan
qabul qiladilar.
Ushbu ishning ikkinchi bobning birinchi paragrafi i.f.d., prof. M.Q. Pardaеv
tomonidan yozilgan.
Mualliflar ushbu ishni tayyorlashda qimmatli maslahatlarini bеrgan i.f.n., dots.
O`.T. Eshboеvga o`zlarining samimiy minnatdorchiligini izhor etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |