Toshkent davlat iq tiso diyo t universiteti q. X. Abdurahmonov


«Ishsizlik» tushunchasi va uning sinflashuvi


bet31/128
Sana18.02.2022
Hajmi
#457045
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
Bog'liq
Mehnat iqtisodiyoti va satsiologiyasi

4.2. «Ishsizlik» tushunchasi va uning sinflashuvi
Ishsizlik va u bilan bog‘liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy-mehnat 
munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ishsizlik muammosini 
o‘rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini oshirish orqali 
mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada 
yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik 
darajasini pasaytirish uchun qo‘shimcha ishchi o'rinlari yaratish, ulami 
ishga tushirish, aholining tabiiy o'sishidan orqada qolmasligi lozim.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston dunyo ham jam iyati davlatlari o ‘rtasida 
aholisining jadal o ‘sib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz 
aholisi soni har yili o ‘rtacha 550-600 ming kishiga, mehnatga layoqatli 
aholi soni esa 250-300 ming kishiga ko‘paymoqda.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi 
bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biror bir qonuniy daromad 
manbaiga ega bo'lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda, 
jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini Birlashgan MillatlarTashkiloti
41


(BMT), Xalqaro M ehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va 
rivojlanish jamiyati talablariga ko'ra ishlab chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlariiing beigan ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda 
— ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. 
Mana shu asosiy shartlaiga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni 
ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo'shimcha shartlar talab qilinadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 
Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (16 yoshdan boshlab 
to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga 
(mehnat daromadiga) ega bo'lmagan ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy 
mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbiy tayyorlash 
va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga 
qobiliyatli shaxslar e’tirof etiladi.
Amaliyotdagi iqtisodiy hayotda ishsizlik ishchi kuchi taklifining unga 
bo'lgan talabdan oshib ketishi tarzida namoyon bo'ladi.
«Iqtisodiyot» fani uchun ishsizlik muammosini o ‘rganishdan asosiy 
maqsad - aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat 
(korxonalar) ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini 
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Ishsizlikni yaqindan o ‘rganish, iqtisodiy tabiatini bilish uchun uning 
sinflashuvini bilish maqsadga muvofiqdir. Kelib chiqish mazmuniga ko‘ra, 
ishsizlikni quyidagi asosiy turlarga ajratish mumkin:
tabiiy ishsizlik;
• majburiy ishsizlik.
Tabiiy ishsizlik deyilganda ishchi kuchi harakati va uning ma’lum bir jamiyat 
a’zosi sifatidagi mehnat hulqiga aloqador bo'lgan ish bilan band bo‘lmaganlik 
holatiga aytiladi. Aniqroq qilib aytiladigan bo'lsak, tabiiy ishsizlik guruhlariga 
kiruvchi ishchi kuchi uning egasi — fuqaroning istak-xohishlariga muayyan 
ma’noda bog'liq holda ishsizlik holatida bo‘lishiga tabiiy ishsizlik deyiladi.
Majburiy ishsizlik turlari esa ishsizlikning ishchi kuchiga aloqador 
boim agan holda kelib chiqishini tavsiflaydi.
Friksion ishsizlik deyilganda, ishchi kuchining bir ish joyidan boshqa 
ish joyiga ishga o ‘tayotganda ishsiz qolish holatiga aytiladi.
Tarkibiy ishsizlik ishchi kuchiga bo'lgan taklif umumiy tarkibining 
o'zgarishi bilan bog'liq bo‘lib, uning tarmoqlar bo'yicha taqsimlanishi 
o‘zgarishiga olib keladi. Bu, odatda, ba’zi kasblar va tarmoqlaming paydo 
bo‘lishi, b a’zilarining yo‘qolishi, gohida esa tarmoqlardagi iqtisodiy 
inqirozlar tufayli mehnat zahiralari qayta taqsimlanishi bilan bog'liq.
42


Davriy ishsizlik deyilganda, iqtisodiy tushkunlikning muayyan davrida 
(ishlab chiqarishning pasayishi) yuzaga keladigan ishsizlik turi tushuniladi.
Iqtisod ilmida ishsizlikning boshqa turlari to‘g‘risida ham so‘z yuritiladi. 
Chunonchi, institutsional ishsizlik, iqtisodiy ishsizlik, yashirin ishsizlik va hokazo.
Ishsizlik t arkibi uning sabablariga ko‘ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini 
o £z ichiga oladi: ishdan bo‘shatilishi natijasida o'zjoyini yo'qotganlar, ishdan 
ixtiyoriy ravishda bo‘shaganlar, tanaffusdan so‘ng mehnat bozoriga kelganlar, 
mehnat bozoriga birinchi bor kelganlar. Bu toifalaming o'zaro nisbatlari 
awalambor iqtisodiy sikllar fazalariga (bosqichlariga) bog‘liq.
Ishsizlik darajasi doimo noldan yuqori, chunki ixtiyoriy va tarkibiy 
ishsizlik u yoki bu ko'rinishda mavjud bo‘ladi. Lekin ishsizlikning tabiiy 
darajasi inflyatsiyaning kuchayishini to'xtatib turadi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo‘q. Hali hech 
kim iqtisodiyot u ch u n m a’lum ishchining ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullangandan ko‘ra, ishsiz bo'lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgan 
emas. Aksincha, ayrim hisoblaidan ko'rinadiki, yalpi milliy mahsulotni yuqori 
darajada ishlab chiqarish natijasida ishsizlikning tabiiy darajasi pasayadi.
Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo'lib qolaveradi. Chunki, yalpi milliy 
mahsulot ishlab chiqarish o‘z imkoniyat darjasiga yetmagan bo‘ladi. Yalpi 
milliy mahsulotni potensial darajasiga yetkazish esa, haddan tashqari iqtisodiy 
farovonlikka olib keladi va oqibatda inflyatsiya kuchayishi mumkin. Quyidagi 
tadbirlar ishsizlik tabiiy darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
• aholini mavjud ish o‘rinlari haqida xabardor etishni yaxshilash;
• mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish;

ishsizlami davlat tomnidan muhofaza qilish darajasini pasaytirish;
Xalqaro Mehnat Tashkiloti standarti bo'yicha, tabiiy ishsizlik darajasi 
1,5-2,5% ni tashkil etadi.
Amerikalik iqtisodchi Artur Ouken notabiiy yoki davriy ishsizlikning 
salbiy ta’siiga ega ekanligini matematik holda isbotlab berdi. Ouken qonuniga 
ko‘ra, ishsizlikning tabiiy darajasi 1 foizga oshganda yalpi milliy mahsulot 
2,5 foizga kamayadi yoki 2,5 foiz yalpi milliy mahsulot yo‘qotiladi. Demak, 
mos ravishda ulaming nisbati 1:2,5 ga teng. Shu nisbatga asoslanib, yo‘qotilgan 
yalpi milliy mahsulotning mutlaq qiymatini aniqlash mumkin.
Ishsizlikning ko'payishi iqtisodiyotning o ‘sish sur’atlarini pasaytiradi. 
Shuning uchun ham potensial hajmdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy 
mahsulot 
ri)
haqiqatdagi yalpi milliy mahsulot (yalpi milliy mahsulot 
x)
dan katta bo'ladi, ya’ni:
Yalpi Milliy Mahsulot n

Yalpi Milliy Mahsulot x.
43



Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish