’ nogironlami ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
• aholini sanatoriya-kurortlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash;
• uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar
To'la ma’noda olganda, ijtimoiy muhofaza quyidagi yo'nalishlarni qamrab
oladi:
• jamiyat a’zolariga kun kechirish uchun zarur narsalarning eng kam
miqdorini ta’minlash va muhtojlarga moddiy yordam ko'rsatish,
turmush
darajasini pasaytirish omillaridan
muhofaza qilish;
• fuqarolarning qonunga zid kelmaydigan har qanday yo‘llar bilan tirikchilik
vositalarini hech bir to'siqsiz o'zlari uchun ishlab topishlariga imkon beradigan
shart-sharoitlar yaratish;
• fuqarolarning ta’lim, tibbiy yordam va shu kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirishni ta ’minlaydigan shart-sharoitlar yaratish, bunda jamiyat
imkoniyatlari va o'ziga xos milliy-tarixiy xususiyatlarni hisobga olish;
• yollanib ishlayotganlarga qulay sharoitlarni ta’minlash, ularni sanoat ishlab
chiqarishining salbiy ta’sir ko'rsatishidan muhofaza qilish;
■
jamiyat a’zolarining ekologik xavfsizligini ta’minlash;
■
fuqarolarni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish;
• huquqiy, demokratik davlat tamoyillariga mos keluvchi fuqarolik va siyosiy
huquqlar hamda erkinliklami muhofaza qilish;
• qurolli ijtimoiy va millatlararo nizolarga barham beruvchi shart-sharoitlar
yaratish;
• siyosiy ta’qib va ma’muriy zo'ravonlikdan muhofaza qilish;
• ma’naviy hayot erkinligini ta’minlash, mafkuraviy tazyiqlardan muhofaza
qilish;
• umuman, jamiyatda, ayrim qatlam va tarkibiy bo'linmalarda qulay psixologik
iqlim yaratish, ruhiy tazyiq o'tkazishdan muhofaza qilish.
XX asrda an’anaviy kapitalistik jamiyat o'zgarib, yangi ijtimoiy-iqtisodiy
tizimga - ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor xo'jaligiga aylandi.Ayni paytda jamiyatni
va xo'jalik organizmining tarkibiy tuzilmalarmi qamrab oladigan qudratli ijtimoiy
muhofaza tizimlari qaror topmoqda, ular korxonalar va firmalar,
hissadorlik
jamiyatlari, kooperativlar, mehnat tashkilotlari va hokazolardir. Hozirgi vaqtda
G'arbda fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilishning amerikacha, yevropacha,
yaponcha va hokazo andozalari mavjud bo'lib, ular doirasida yana o'ziga xos
ko'rinishlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Bu andozalaming umumiy xususiyatlari
bilan bir qatorda o'ziga xos belgilari va milliy jihatlari ham mavjuddir.
0 ‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiy
islohotlarning o'ziga mos yo'li tanlandi. O'tish
davri jarayonlari Prezident
I.A.Karimov olg‘a surgan beshta asosiy tamoyillaridan biri: «xalq turmush
darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy muhofaza
119
qilishni» ifoda etadi.
2005 yilning to‘qqiz oyida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish jarayonlarini
chuqurlashtirish yuzasidan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi
muhokamasiga bag‘ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005 yil 20 oktyabrdagi majlisida ta’kidlab o‘tilganidek, «Ijtimoiy
sohaga va
aholini ijtimoiy qo‘llab-quwatlashga yo‘naltirilgan xarajatlar byudjet umumiy
xarajatlarining 51 foizini tashkil qildi* l.
Ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy-iqtisodiy munosabat sifatidagi mohiyati
jamiyat va aholi o'rtasidagi muhtojlik hollarida yordam, qariyalarga
ko‘maklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ahvol,
hayotiy zaruriy vositalar
bilan ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlardan iborat.
Ijtimoiy muhofazaning iqtisodiy negizini moddiy ishlab chiqarish tashkil
etadi. Taqsimotchilik munosabatlari natijasida jamiyatning oldiga qo‘yilgan bosh
maqsadga muvofiq yalpi milliy mahsulotning muayyan qismi aholi ijtimoiy
muhofazasiga sarflanadi. Ijtimoiy muhofaza fondining aksariyat qismi
taqsimotchilik jarayonida davlat byudjetida shakllanadi. Uning to'planish
mexanizmi soliqlar va maqsadli jamg‘armalardan iborat.
Mamlakatimizda davom etayotgan va bozor iqtisodiyotini qaror toptirishga
qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar umum.an, fuqarolarni samarali
ijtimoiy muhofaza qilishni, xususan, korxonalar xodimlarini muhofaza qilishni
nihoyatda muhim vazifalardan biriga aylantirdi.
Bir tomondan, bu o‘zgarishlar
fuqarolarning ijtimoiy muhofazalanishini kuchaytiradi, ikkinchi tomondan
esa, inson faoliyatining ayrim muhim tomonlarida ijtimoiy muhofaza qilish
b o ‘yicha ko‘proq k uch-g‘ayrat sarflanishini: ishsizlikdan,
pulning
qadrsizlanishidari, fliqarolarning mablag‘ga muhtoj bo‘lishdan va shu kabilardan
muhofaza qilishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: