joylashganligiga qarab ish haqini ko'paytirishning normativ ko'rsatkichidan iboratdir.
U qaysi ish haqiga tatbiq etiladigan bo'lsa, bevosita o'sha ish haqiga belgilanadi.
Ish haqini mintaqaviy tartibga solishning asosiy vazifasi mamlakatning barcha
iqtisodiy mintaqalarida barobar mehnat uchun bir xil real ish haqi to'lanishini
ta’minlashdan iborat. Buning uchun bir xil malakadagi xodimlaming ish haqi
iqtisodiy mintaqalar bo'yicha farqlanishi lozim va bunda farqlar o‘z-o‘zidan emas,
balki davlat tomonidan ongli va rejali ravishda belgilanishi kerak.
Mintaqa iqtisodiy-jo'g'rofiy o'mini baholashda uning yirik iqtisodiy markazlarga
nisbatan o'mini, xom ashyo, rekratsion imkoniyat manbalariga nisbatan o'mini,
mintaqaviy bozorlaiga nisbatan o'mini hisobga olgan holda tabaqalarga ajratiladi.
O'zbekistonda, umuman, Toshkent mintaqasi (Toshkent viloyat va Toshkent
shahri), Jizzax, Sirdaryo, Samarqand mintaqalari qulayroq iqtisodiy-jug'rofiy
o'rinni egallaydi.
Agroiqlim omillari mintaqadagi qayta ishlash jarayonining barcha bosqichlariga
faol ta’sir qiladi. Ayniqsa, agrar sektorning yer bo'yicha ixtisoslashuvida mazkur
omillar roli juda katta bo'lib, bu hoi o'z
navbatida, qishloq joylarda mehnat
qilish uchun qulay yoki noqulay shart-sharoitlar bilan bog'liqdir. Ana shu
shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda Toshkent viloyati oziq-ovqat
mahsulotlarini
yetishtirishga, Navoiy viloyati chorvachilik mahsuloti
tayyorlashga, Surxondaryo viloyati ingichka tolali paxta yetishtirishga
ixtisoslashgan.
Ekstremal iqlim sharoitidagi m intaqalarda (Surxondaryo viloyati,
Qoraqalpog'iston Respublikasi) mehnat faoliyatining
texnik-iqtisodiy
ко'rsatkichlari mo‘tadil iqlimli zonalar (Farg'ona viloyati)dagiga nisbatan
noqulayroqdir.
Iqtisodiy imkoniyat darajasini o'lchashda ham kompleks tahlil, ham ekspert
baholash uslublari qo'llanishi zarur.Mintaqalar tipologiyasi iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyot darajasini baholashning muhim vositasidir. O'zbekiston
mintqalarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko'ra, mintaqalarni
guruhlarga ajratish uslubi bu o'rinda muayyan qiziqish uyg'otadi:
I guruh
(yuqori daraja):
Toshkent shahri,
Toshkent,
Samarqand, Farg'ona va Andijon viloyatlari;
II guruh (o'rfa
daraja):
Qoraqalpog'iston Respublikasi,
Qashqadaryo, Namangan va Navoiy viloyatlari;
III guruh(<
7
wy/
daraja):
Buxoro, Surxondaryo, Xorazm,
Jizzax va Sirdaryo viloyatlari.
Mintaqaviy koeffitsiyentlar iste’mol
buyumlari narxlaridagi farqni,
tovarlaming byudjet to'plamidagi farqni (u tabiiy iqlim sharoitidagi tafovutlarga
bog'liq bo'lib, oziq-ovqat, kiyim-bosh, yoqilg'i va shu kabilarning o'ziga xos
to'plamini nazarda tutadi); bevosita mehnat jarayonida xodimga ta’sir ko‘rsatuvchi
85
va uning boshqa iqlim sharoitlaridagi xuddi shunday jismoniy zo‘riqishini
kuchaytirishni keltirib chiqaradigan iqlim sharoitlaridagi farqni hisobga olishini
nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: